Takrorlash uchun savollar
Innovatsiyalarni amalga oshirishda tanlovning ahamiyati nimada.
Innovatsion faoliyatning bugungi infratuzilmasini tushuntiring.
Iqtisodiyotning tarmoq korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta‘minlash bo’yicha qanday davlat dasturlari ishlab chiqilgan.
Mavzu bo„yicha tavsiya etilgan adabiyotlar
Sengupta J.Theory of Innovation, A New Paradigm of Growth, 2014 by Pearson Education, Inc.p.154.
Christine G. Mark R. Innovation, intellectual property, and economic growth, 2014 by Pearson Education, Inc.p.385.
Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. T.: TDIU, 2013 y.
Atkinson, Robert D. Innovation economics : the race for global advantage Robert D. Atkinson and Stephen J. Ezell. USA: Yale University Press, 2012.
https://www.youtube.com/watch?v=vWM08DzTuhY Innovation Economics: The Race for Global Advantage.
bob. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga ta‟sir etuvchi omillar 2.1.Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari
Xizmatlar sohasidagi mahsulotlar bo’yicha innovatsiyalar o’z ichiga quyidagi jarayonlarni olib, prinsipial jihatdan yangi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish, mavjud xizmatlarga yangi funksiyalar va xususiyatlar qo’shish orqali uni takomillashtirish, xizmatlar bilan ta‘minlashda (masalan, ularning samaradorligi va tezligi nuqtai-nazaridan) sezilarli darajada yaxshilanishlarni kiritish mumkin.
Xizmatlar sohasidagi jarayonlar bo’yicha innovatsiyalar xizmatlarni ishlab chiqarish va taqdim etishning yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqish va joriy etishni o’z ichiga oladi6.
Innovatsion faoliyatda agar ular yangi yoki sezilarli yaxshilangan xizmatlarni, ularni ishlab chiqarish va etkazib berish usullarini joriy etishga bevosita bog’liq bo’lmasa, bular texnologik innovatsiyalar hisoblanmaydi. Tashkiliy va boshqarish bo’yicha o’zgartirishlar (boshqarishning ilg’or usullariga o’tish, jiddiy o’zgartirilgan tashkiliy tuzilishni joriy etish, korxonaning iqtisodiy strategiyasida yangi yoki sezilarli o’zgartirilgan yo’nalishlarni amalga oshirish) hamda sifat standartlarini joriy etish bilan bog’liq bo’ladi.
Shu sohada faoliyat yuritayotgan ekspertlarning hisoblashicha, korxonalarni yangi mahalliy va xorijiy texnologiyalarni joriy qilishga rag’batlantiruvchi, asosiysi buning uchun imkoniyat taqdim etuvchi tashkiliy va institutsional muhit yaratish birlamchi ahamiyat kasb etadi deb hisoblashadi. Innovatsion bozorda faqat hukumatgina innovatsiyalar ruhini uyg’otishi mumkin degan yolg’on tasavvur vujudga kelishi mumkin. Faqat uning strategik muammosi kuchli iroda, real foyda va resurslar bilan ta‘minlangan holda tadbirkorlikning rivojlanishida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin.
Demak, davlatning iqtisodiy siyosatida top-down va bottom-up yondashuvlari imkoniyatlarini birlashtiruvchi kompleksli innovatsion
6Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2013. 29б.
siyosat zarur bo’ladi. Mahalliy kompaniyalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy o’quv yurtlari bu faoliyat jarayonlarida faollikni oshirishi lozim.
―Sanoat evolyusiyasi asosan innovatsiyalar va bozor strukturasi dinamikasi orqali tanlov mexanizmiga bog’liqdir. Bu erda yangi texnologiyalar va firmalarning kirish va chiqishi muhim ahamiyat kasb etadi‖.
Umumiy jihatdan innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketma- ketlikdagi zanjiri bo’lib, uning davomida yangilik oddiy bir g’oyadan muayyan mahsulot, texnologiya yoki xizmatgacha ―pishib etadi‖7 va xo’jalik amaliyotida tarqaladi.
Bu jarayonni quyidagi sxema ko’rinishida aks ettirish mumkin: Ft ↔ At ↔ I ↔ L ↔ Q ↔ O’ ↔ Si ↔ M ↔ S;
bu erda:
Ft - fundamental tadqiqotlar; At - amaliy tadqiqotlar;
I - ishlanmalar;
L - loyihalashtirish; Q - qurilish;
O’ - o’zlashtirish;
Si - sanoat ishlab chiqarishi; M - marketing;
S - sotuv.
Iqtisodiyotda har qanday tizimning innovatsion faoliyati uning rentabelligini yuqori suratlarda amalga oshishini va raqobatbardoshliligini ta‘minlovchi asosiy yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Ta‘kidlash joizki, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar innovatsiya hayotiy sikli bo’yicha turli xil vazifalarni bajaradilar. Innovatsion faoliyat jarayonni o’zi ham 5 ta bosqichdan tashkil topadi (2.1.1-rasm):
Bugungi kunda eng keng tarqalgan variantda tadqiqot va texnik bosqich vazifalari ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga mo’ljallangan korxonalar tomonidan amalga oshirilsa, ishlab chiqarish korxonalari innovatsiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish vazifalarini bajaradi.
7Салихов С.А. Инновацион фаолиятни бошқариш. Дарслик. – Т.: ТДИУ, 2013. 34-б.
Do'stlaringiz bilan baham: |