Innovatsion iqtisodiyot tushunchasi va o„ziga


-rasm. Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rivojlanishga ta‟sir etuvchi omillari



Download 0,53 Mb.
bet7/16
Sana03.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#525584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
Документ Microsoft Word

1.3.2-rasm. Innovatsion faoliyat infratuzilmasini rivojlanishga ta‟sir etuvchi omillari


Innovatsion asosga ega bo’lgan iqtisodiy rivojlanish masalasini echish jarayonida, korxonada innovatsion faoliyatning asosiy maqsadlar tizimini ifodalashi lozim. Bu ayniqsa, o’z rivojlanishining faol strategiyasini amalga oshirayotgan korxonalar uchun muhimdir.
Bunday strategiyani amalga oshirish umumiy ko’rinishda bir nechta omillarga bog’liq bo’lib, ularning mazmuni va yo’nalishi quyidagilar bilan belgilanadi:

    • ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlanish darajasi;

    • boshqaruv mexanizmi va tizimining holati;

    • korxonaning moddiy-texnik salohiyati darajasi;

    • tashkiliy tuzilmalarning turlari va yo’nalishlari;

    • o’zgarishlarga ehtiyoj sezish va xodimlarning ularga tayyorgarlik darajasi.

Innovatsiyaviy jarayonni boshqarish zaruriyati va imkoniyatlarini aniqlash, uni amalga oshirish sharoitlarini ifodalash imkonini beradi. Bularga birinchi navbatda turli xil ehtiyojlar kiradi. Ularni ichki va tashqi muhit ehtiyojlari hamda shaxsiy ehtiyojlarga ajratish mumkin bo’ladi.
Birinchi guruhni biror yangi tovar ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan makrodarajadagi ehtiyojlarni shakllantiradi. Ular mazkur mahsulot bozorining shakllanishi va faoliyati xususiyatlari, raqobatbardoshlik darajasi, etkazib beruvchilar va iste‘molchilar hatti-harakati, ushbu soha yoki tarmoqdagi davlat siyosati, umumjahon bozor tendensiyalari va hokazolar bilan aniqlanadi.
Ikkinchi guruh korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatining turli jihatlarini, umumxo’jalik siyosatining istiqboli va tendensiyalarini, ilmiy- texnik va resurs salohiyatini aks ettiruvchi korxona ehtiyojlaridan iborat.
Uchinchi guruh murakkab tizim sifatidagi innovatsion jarayonni rivojlanishini ta‘minlovchi, ichki ehtiyojlar yig’indisidan iborat bo’lib, innovatsion jarayonlarni ayrim elementlarini (tashkiliy, texnik, texnologik, kadrlar va hokazo) holati va o’zaro aloqalarini ko’rib chiqish lozim.
Ko’rsatilgan omillarni hisobga olgan holda, innovatsion jarayonlarni boshqarishning samarali tizimini yaratish, zaruriy nazariy ishlanmalar mavjudligini talab qiladi. Bu erda, tegishli tushunchalarni ta‘riflash zaruriyati muammosi alohida turadi. Uning tarkibiga umumiy boshqaruv usul, uslub va vositalari bilan bir qatorda, faqatgina innovatsion boshqaruv tizimida samarali bo’lgan o’ziga xos elementlar ham kirishi lozim. Innovatsion faoliyat ta‘minotining uslubiy muammolarini hal etish, undan samarali foydalanish shartlaridan biri hisoblanadi.
Yangi mahsulotlarning o’ziga xosligini tadqiq etgan holda, innovatsion faoliyatni boshqarishni tashkil etish bo’yicha bir qator muammolarni mavjudligini ko’rishimiz mumkin:
ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishini tashkil etishning universal shaklini shakllantirishning murakkabliligi;
innovatsion va kundalik ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishda boshqaruv sifatini turli-tumanligi;
innovatsion jarayonlarni amalga oshirish bosqichlarida turli xil boshqaruv tizimlariga bo’lgan talabi;
bozor ehtiyojlarida kelib chiqqan holda innovatsion faoliyatni boshqarishning moslashuvchan tizimini barpo etish mexanizmini murakkabligi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion siyosatni amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmiga quyidagilarni kiritish mumkin:

      • innovatsion faoliyatni shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha huquqiy-me‘yoriy bazani yaratish;

      • innovatsion tizimda sof raqobatli muhitni shakllantirish;

      • xususiy korxonalar tomonidan amalga oshirilgan innovatsion- texnologik ishlanmalarni rag’batlantirish;

      • raqobatbardosh mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotishni ta‘minlashga xizmat qiluvchi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish;

      • innovatsion sohadagi kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va ularni malakasini nazoratini ta‘minlash;

      • innovatsion faoliyatni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan moliyaviy- iqtisodiy mexanizmlarini shakllantirish;

      • ilmiy va ilmiy-texnik mahsulot uchun davlat buyurtmalar tizimini takomillashtirish;

      • soliq, bojxona va boshqa imtiyozlarni joriy etish hisobiga mablag’ kiritilayotgan investorlarni va yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash;

      • innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida innovatsion loyihalarga investitsiyalar kiritish manbasi sifatida ammortizatsion jamg’armalarga ajratmalar miqdorlarini bozor talabidan kelib chiqqan holda o’zgartirish;

      • chet ellik hamkorlar bilan birga ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxonalarni tashkil etish maqsadida qulay sharoitlarni yaratishni ko’zda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish;

      • rivojlangan turli mamlakatlar bilan hamkorlikda ko’rgazma va yarmarkalar faoliyatini muntazamligini ta‘minlash;

      • milliy innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha turli mamlakatlar bilan axborot almashishi uchun xalqaro innovatsion axborot tizimiga kirish;

      • ilmga oid texnika va tajriba-sinov parklarini shaklantirishda innovatsion uskunalar lizingini rivojlantirish zarur.

Mamlakatimiz innovatsion tizimini shakllantirishda hududiy ilmiy- innovatsion tizimi (HIIT) asosiy elementlardan hisoblanadi (1.3.3-rasm).







Oliy ta‘lim muassasalari, Fanlar akademiyasi, ilmiy muassasalar



Innovatsiya va texnologiyalar transferi markazlari



Innovatsiyalarga qaratilgan iqtisodiyot tarmoqlari (iinovatsion faol korxonalar)
















Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish