2. Innovatsion sohada davlat tomonidan tartibga solish usullari
Davlatning innovatsiyalar sohasida ta’sir ko‘rsatish usullarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvositaga ajratish mumkin. Ularning nisbati mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatga va davlat tomonidan tartibga solishning shu munosabat bilan tanlangan konsepsiyalariga qarab belgilanadi.
Innovatsion jarayonni davlat tomonidan tartibga solishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullari asosan ikki shaklda amalga oshiriladi:
1) ma’muriy-idoraviy va dasturiy-maqsadli. Ma’muriy-idoraviy shakl innovatsiyalarga bevosita ko‘maklashish maqsadida qabul qilinadigan maxsus qonunlarga muvofiq amalga oshiriladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
2) Innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solishning dasturiymaqsadli shakli yangilik kiritishlarni, shu jumladan, kichik yuqori texnologiyali firmalarda, qo‘llab-quvvatlashning davlat maqsadli dasturlari vositasida innovatsiyalarni shartnomali moliyalashtirishni taqozo etadi.
Bilvosita usullarga soliq imtiyozlari va chegirmalarini, kredit imtiyozlarini kiritish mumkin. Soliq imtiyozlari va chegirmalari quyidagilarda ifodalanadi: korxona va tashkilotlar foydasining istiqbolli innovatsion ishlanmalarni amalga oshirishga, ilmiy-texnik zaxirani yaratishga yo‘naltirilgan qismini soliqqa tortishdan ozod qilish; ilmiy tashkilotlar va oliy o‘quv yurtlarining chet el valyutasidagi mablag‘larini ilmiy-texnik (innovatsion) mahsulotlarini sotishdan olingan va maxsus asbob-uskunalar va noyob qurilmalarni sotib olishga yo‘naltirilgan soliq solinadigan 321 daromadlar sonidan chiqarish; ilmiy-texnik tashkilotlar uchun qo‘shilgan qiymat, mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini kamaytirish; korxona (firma)lar tomonidan ma’lum davr mobaynida ixtiro va boshqa yangiliklardan foydalanishdan olinadigan foydaga soliq solishni kamaytirish. Innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solishning muayyan sharoitdagi samarali bilvosita usullariga kredit imtiyozlari, ya’ni korxonalar, aksionerlik jamiyatlari va firmalar – innovatsion ishlanmalar, yangiliklar natijalarining potensial iste’molchilariga kreditlar (masalan, past foiz stavkasi bilan) taqdim etish.