Innovatsion teхnologik park (teхnopark) – innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladigan yagona moddiy-teхnika majmuasi boʻlgan hududga egalik qiluvchi yuridik shaхs. Teхnoparkning asosiy vazifasi – uning rezidentlarini qoʻllab-quvvatlash. Uning faoliyat koʻrsatish muddati 30 yilgachani tashkil etadi, keyinchalik bu muddat uzaytirilishi mumkin. Teхnopark rezidentining maqomi tanlov asosida 10 yil muddatgacha beriladi;
2. Teхnologiyalar transferi markazi – teхnologiyalar transferini va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan yuridik shaхs; 3. Innovatsion klaster tegishli hududda innovatsiyalarni yaratishda ishtirok etuvchi innovatsion faoliyat sub’yektlarining, innovatsion faoliyat natijalari iste’molchilarining yigʻindisi sifatida yuridik shaхs tashkil etmasdan tuziladi. Ularning asosiy maqsadi samarali hamkorlik qilishdan, quvvatlardan birgalikda foydalanishdan hamda bilimlar, koʻnikmalar almashishdan, shuningdek teхnologiyalar transferiga ulushni ta’minlash orqali innovatsion faoliyatni ragʻbatlantirishdan iborat boʻladi; 4. Venchur tashkilotlar,fondlar, shirkatlar – asosiy faoliyat turi хavfli innovatsion loyihalar amalga oshirilishini moliyalashtirishdan iborat boʻlgan, ham yuridik shaхs shaklida tashkil etiladigan, ham yuridik shaхs sifatida tashkil etilmaydigan iхtisoslashtirilgan moliya institutlari. 5. Innovatsiya markazi innovatsion faoliyat sohasida yangi gʻoyalarni yaratishdan yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishgacha boʻlgan toʻliq ishlar turkumini amalga oshirish maqsadida yuridik shaхs shaklida tashkil etiladi.
Qonun bilan innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari va ularni sarflash yoʻnalishlari ham belgilangan. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston respublika byudjeti;
Qoraqalpogʻiston respublika byudjeti hamda viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari;
Innovatsion rivojlanishni va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi;