Innavatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanini o qitishda zamonaviy pedagogik



Download 284,72 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana24.03.2023
Hajmi284,72 Kb.
#921322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Yozma ish turlari bo’yicha taqdimot tayorlash (2)

1.2. Hozirgi o‘zbek adabiy tili fanini o qitishda zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarning ahamiyati 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida “O‘qitishning 
ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot 
vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish” bugungi kundagi asosiy masalalardan biri, 
deb ko‘rsatilgan. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Ta’limning 
yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib 
keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, 
hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz”. 
Shunday ekan, turli fanlar, jumladan, o‘zbek tili fanidan zamon talabiga javob 
beradigan darslar o‘tkazish, ularda axborot texnologiyalarini qo‘llash dolzarb 
vazifadir. 
Taraqqiy etib borayotgan axborotlar oqimi jamiyatida ijtimoiy rivojlanishning 
asosini an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, 
tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intellektual faoliyati, mustaqil ravishda 
o‘z bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishi kabi omillar tashkil etadi. Katta 
hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog‘liq axborot yaratish 
jarayoni inson faoliyatining turli sohalarida kompyuter texnologiyalarini 
rivojlantirishni ko‘zda tutadi
Inson tafakkuri shu Qadar taraqqiy etib bormoqdaki, texnikalashtirish, 
kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli sohalari, balki 
madaniyat va ta’lim sohalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter 
texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga 
ko‘tardi, bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib 
chiqish, uni yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini 
tug‘dirdi. 
Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi 
mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini 
egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi. 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-mayda e’lon qilingan 
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnolo-
giyalarini joriy etish to‘g‘risida»gi Farmonida umumta’lim maktablari, kasb-hunar 
kollejlari, akademik liseylar va oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga 
zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallash va ulardan faol 
foydalanishga asoslangan ilg‘or ta’lim tizimlarini tadbiq etish axborot 
texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishning eng muhim va birinchi navbatdagi 
vazifalaridan deb ko‘rsatilgan. 
Ta’lim sohasini texnikalashtirish, ko‘rgazmalilik tamoyiliga amal qilgan holda 
dars o‘tish uchun bundan bir necha yil avval, o‘qitishning texnikaviy vositalaridan 
foydalanish ommaviy tus olgan paytda asos solingan edi. Ushbu yo‘nalishda turli 
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, o‘qitishning audiovizual vositalari o‘rganilgan, 
o‘zbek tilidan dasturlashtirilgan topshiriqlar tizimi ishlab chiqilgan, test asosida 
o‘quvchilar bilimini nazorat qilish uchun maxsus qurilmalaridan foydalanish tavsiya 
etilgan, dasturiy boshqariladigan o‘quv mikro-EHMning tuzilishi va ishlash 
tamoyillari o‘rganilgan. 
Bugungi kunda xorijiy davlatlarda bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham ta’lim 
tizimida 
axborot 
texnologiyalari, 
kompyuter 
vositalaridan 
foydalanish 
muammosining o‘rganilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda, ta’limiy-elektron 
materiallar tayyorlash borasida muayyan ishlar boshlab yuborilgan. 
Internet tarmog‘idan olingan ma’lumotlar va respublikamizda mavjud axborot 
texnologiyalarining mahsullarini tahlil qilishdan aniqlanishicha, xorijiy ta’lim 
tizimida, shuningdek, O‘zbekistondagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, 
O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent 
Davlat pedagogika universiteti, Farg‘ona Politexnika instituti, Andijon Davlat tillar 
instituti, Jizzax Davlat pedagogika instituti va ko‘plab akademik lisey va kasb-hunar 
kollejlarida, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida muayyan mashg‘ulotlar to‘la 
kompyuterlashtirilgan 
yoki 
ularda 
axborot 
texnologiyalaridan 
qisman 
foydalanilmoqda, fanlar bo‘yicha elektron darsliklar yaratilmoqda va bu yo‘nalishda 
ma’lum yutuqlarga erishilmoqda. 


Hozirgi 
vaqtda 
ta’lim 
muassasalarida 
mashg‘ulotlarni 
kompyuter 
texnologiyalari vositasida tashkil etish, xususan, multimedia darslarini yaratish 
asosiy yo‘nalishlardan biriga aylanib qolmoqda. 
Multimedia kompyuterning imkoniyatlar majmui bo‘lib, axborotni turli 
ko‘rinishlarda – matn, jadval, grafika, ovoz, animasiya (harakatlanuvchi rasm), 
videotasvir, musiqa yordamida yig‘ish, saqlash va uzatish vazifalarini bajaradi. 
Multimedia “inson-kompyuter” interfaol muloqotning yangi, takomillashgan 
pog‘onasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot 
oladi. Mutaxassislarning fikricha, multimedia bu informatikaning dasturiy va 
texnikaviy vositalari asosida o‘quv materiallarini ta’lim oluvchilarga yetkazib 
berishning mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik 
nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. Bunda quyidagi muhim natijalarga erishiladi: 
- o‘quv-tarbiya jarayoni faollashtiriladi, 
- ta’lim samaradorligi oshadi; 
- axborotning turli shaklda berilishi o‘quvchilarning diqqatini tortadi, 
- yuqori darajadagi ko‘rgazmalilik ularda katta qiziqish uyg‘otadi, 
- mavzuning uzoq vaqt xotirada saqlanishini ta’minlaydi; 
- talaba dars davomida passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylanadi; 
- mustaqil ta’lim olish imkoniyati, sohalari ko‘payadi; kompyuter 
savodxonligi oshib boradi; 
- o‘qituvchi tomonidan bajariladigan ko‘pgina tashkiliy vazifalarni kompyuter 
amalga oshiradi; 
- dars davomida bajarilishi mumkin bo‘lgan mashq, vazifalar soni keskin 
ortadi; 
- o‘yinli texnologiyalar, rolli o‘yinlar o‘tkazish imkoniyati ortadi. 
Shuningdek, o‘qituvchining o‘z kompyuteri orqali o‘quvchilar kompyuteri 
monitoriga kira olishi har bir o‘quvchi faoliyatini alohida kuzatish imkonini beradi, 
ya’ni kompyuter tabaqalashtirish imkonini beradi. Masalan, dars mavzusi yuzasidan 
bahs-munozara uyushtirishda o‘qituvchi o‘zi tanlagan o‘quvchilarning monitor 


raqamini bosadi va ularga topshiriq beradi, javoblarni mikrofon orqali eshitib boradi. 
Sinfdagi boshqa o‘quvchilar bu paytda o‘zlariga berilgan alohida topshiriq bilan 
band bo‘ladilar. Yana bir qulaylik - o‘qituvchi masofadan boshqaruv kalitlari 
yordamida o‘quvchilarning ish faoliyatini boshqarib boradi, u istalgan o‘quvchini 
o‘qitib eshitishi va uning nutqini yozib olib, o‘ziga eshittirishi yoki to‘g‘ri talaffuz 
bilan ham taqqoslashi mumkin. Bu o‘quvchiga o‘z nutqidagi kamchiliklarni bartaraf 
etishga yordam beradi. Bulardan tashqari, albatta, kompyuter o‘quvchilarning 
bilimlarini xolisona baholash, o‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rish va dars 
jarayonida vaqtini hamda ko‘rgazmali qurollar uchun sarflanadigan mablag‘ini 
tejash imkoniyatini beradi. Hozirgi paytda ommaviy tus olayotgan elektron pochta 
va videoanjumanlar yordamida esa o‘quvchilar boshqa viloyat, shahardagi 
tengdoshlari bilan o‘zbek tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lishlari, biron 
mavzuda bahs-munozara o‘tkazishlari mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tili dasturlaridan o‘rin olgan mavzularning didaktik 
maqsadini amalga oshirishda kompyuterning imkoniyatlari beqiyosdir.



Download 284,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish