«INN О VA TSION ТА УЫМ»
nodavlat ta ’lim
«BoshlangHch buxgalteriya hisobi»
kursi uchun amaliy qo ’llanma
Mas ’ul о ’qituvchi: О. T. Oodirqulov Toshkent-2017
Mamlakatimizdagi ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning serqirra moliya-xo‘jalik faoliyatini har tomonlama aks ettirish uchun har xil hisob turlaridan foydalaniladi. Jumladan:
Operativ hisob rejalarning bajarilishini nazorat qilish va ishlab chiqarishga tezkor rahbarlikni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kundalik ma’lumotlami olish va umumlashtirishga xizmat qiladi. U tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Operativ hisob yordamida korxona resurslari va ular miqdorining o‘zgarishini joriy tartibda kuzatish, buxgalterlik va statistik hisobda aks ettirilmaydigan qator ma’lumotlami kodsatish mumkin. Masalan, ishlab chiqarish me’yorlarining bajarilishi, shartnoma majburiyatlarning bajarilishi, mashina va qurilmalardan foydalanish darajasi va hokazolar hisobga olinadi.
Statistik hisob miqdor ko‘rsatkichlarida ifodalanadigan ijtimoiy-ommaviy hodisalami sifat jihatdan tavsiflab, kuzatish va aks ettirish hamda jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish tizimidir.
Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va ijtimoiy turmushdagi siyosiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bodgan ma’lumotlarni yig‘ish, statistik tahlil qilish va axborotdan foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etish statistik hisobning asosiy vazifasidir. Bu maqsadda statistik hisob buxgalteriya va operativ hisob ma’lumotlaridan foydalanib, shu bilan birga ularning tuzulishiga ham ta’sir etadi.
Buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mablagdari va ular manbalarining harakatini aks ettirib, xo‘jalik jarayonida sodir bodadigan muomalalarni yoppasiga va uzluksiz kuzatib borish, kuzatish natijalarini odchash va hujjatlarda rasmiylashtirish, ularni Yagona bir odchovda, ya’ni pul ifodasida umumlashtirish hamda boshqaruv qarorlarini asoslash va qabul qilish uchun zarur ko‘rsatkichlarni hisoblash va baholash, ularni tegishli axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etish maqsadida moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish tizimidir.
Bozor iqtisodiyotining buxgalteriya hisobi oldiga qo’yadigan talablari rejali-taqsimot iqtisodiyotiga qaraganda ancha keng. Bu eng avvalo, boshqaruv maqsadlari xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining yakuniy natijasi - foyda olishga qaratilganligi bilan bogdiq. Hozirgi sharoitda buxgalteriya hisobi ushbu vaziyatdan kelib chiqqan holda uch turga bodinadi:
Moliyaviy hisob tashqi va ichki axborotdan foydalanuvchilar talabini qondirishga qaratilgan hisob va hisobot tizimidan iborat. Boshqaruv hisobi faqat ichki axborotdan foydalanuvchilar, ya’ni xo‘jalik yurituvchi sub’ekt boshqaruv apparatini axborot bilan ta’minlaydi va uning joriy vazifalari (ishlab chiqarish hisobi) kabi strategik maqsadlariga (strategik hisob) xizmat qiladi. Soliq hisobi soliqlarning alohida turlari bo‘yicha soliqqa tortiladigan bazani to‘g‘ri hisoblash va byudjet bilan hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Shunday qilib, boshqaruvning ко‘rib chiqilgan rejalashtirish, nazorat va qabul qilingan qarorlar bajarilishining samaradorligini baholash kabi funksiyalari buxgalteriya hisobi tufayli amalga oshiriladi. Uning axborot tizimi ichki va tashqi axborotdan foydalanuvchilarning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risida yaqqol tasavvurga ega bodishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi konunning 6-moddasiga muvofiq buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillari qo‘yidagilar:
buxgalteriya hisobini ikki yoqlama Yozuv usulida yuritish;
uzluksizlik;
xo‘jalik muomalalari, aktivlar va passivlarni pulda baholash;
aniqlik;
hisoblash;
oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik);
mazmunning shakldan ustunligi;
ко dsatkich laming qiyoslanuvchanligi;
moliyaviy hisobotning betarafligi;
hisobot davri daromadlari va xarajatlarining muvofiqligi;
aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Г
Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi axborotdan foydalanuvchilarni o‘z vaqtida, to‘liq hamda aniq moliyaviy va boshqa buxgalteriya axborotlari bilan ta’minlashdir.
Buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari qo‘yidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobi schetlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;
samarali boshqaruv maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iborat1.
Buxgalteriya hisobining birinchi vazifasi korxona rahbarlari, ta’sischilari, ishtirokchilari va mulkdorlari, investorlar, kreditorlar, xaridorlar va boshqa axborotdan foydalanuvchilar manfaatlaridan kelib chiqadi. Buxgalteriya axborotlari to‘liq va ishonchli bohishi, ya’ni foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subekt to‘g‘risida, uning mulklari, majburiyatlari, faoliyat natijalari to‘g‘risida barcha zarur axborotlarni taqdim qilishi, demak, korxona ma’muriyati va boshqa axborotdan foydalanuvchilar uchun foydali bohishi lozim.
Jkkinchi vazifanmg mazmuni Shundan iboratki, buxgalteriya hisobi tizimida korxona moliya- xo‘jalik faoliyati faktlarining 0‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga mosligi ustidan nazorat o‘rnatish uchun ma’lumotlarni shakllantirish zarur. Bunday axborotlar xo‘jalik muomalalarining maqsadga muvofiqligini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni tasdiqlashi lozim.
Uchinchi vazifa korxona xo‘jalik faoliyatini boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan. .
SHu bilan birga, shartnomalarning bajarilishini, tejamkorlikka rioya qilishni va mulkning saqlanishini ta’minlashni nazorat qilish ham hisobning vazifasiga kiradi.
Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar ikkita katta guruhga: ichki foydalanuvchilar va tashqi foydalanuvchilarga bohinadi.
Ma’lumki, u yoki bu sohani o‘rganuvchi har bir fan o‘z predmeti, ya’ni o‘rganiladigan obektlariga va metodi, ya’ni shu predmetni o‘rganish usullarining ilmiy asoslangan majmuasiga ega bohishi lozim. Shuningdek, buxgalteriya hisobi ham iqtisodiy fanlarning mustaqil bir tannogh sifatida o‘z predmeti va metodiga ega.
Xo‘jalik mablaghari (aktivlar), ularning manbalari (passivlar) va mablag3 4 laming kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonidagi doiraviy aylanishi hamda faoliyat natijalari buxgalteriya h isobin ing predmetidir.
Har qanday fanning predmeti va ob’ektlarining mohiyatini bilishga mazkur fan metodining mazmunini bilish orqali erishiladi. Demak, buxgalteriya hisobining metodi mazkur fan predmetini o‘rganish uchun qo‘llaniladigan usullar(element)ing ilmiy asoslangan tizimiga aytiladi.
Buxgalteriya hisobi metodini tashkil etuvchi asosiy usullar (elementlar) qo‘yidagilardan iborat: hujjatlashtirish va inventarizatsiya; baholash va kalkidyasiya(mahsidotlar, bajarilgan ish va xizmatlar tannarxini aniq!ash); schetlar tizimi va ikki yoqlama Yozuv; balans va hisobot.
Nazorat savollari.
Xo‘ jalik hisobining vujudga kelish sabablari va uning shakllanishi qanday?
Xo‘jalik hisobida qohlaniladigan ohchovlarni ayting.
Hisob turlarining o‘xshashligi va farqlari nimalardan iborat?
Nima uchun buxgalteriya hisobi xo‘jalik hisobining turlari orasida asosiy o‘rin egallaydi?
Buxgalteriya hisobining asosiy prinsiplari va ularni ta’riflang.
Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilarning tarkibini ayting.
Buxgalteriya hisobining boshqa fanlar bilan aloqasi qanday?
0‘zbekistonda buxgalteriya hisobini tashkil etishni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar nimalardan iborat?
Buxgalteriya hisobining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
Buxgalteriya hisobining predmetini ta’riflang.
Buxgalteriya hisobining muhim ob’ektlari nimalardan iborat?
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mablag4 larini guruhlashning mohiyati nimadan iborat?
Mablag‘lar manbalarini guruhlashning mazmunini ta’riflang.
Buxgalteriya hisobi metodining mohiyati va uning elementlari qanday?
1-Mashq. Berilgan xo‘jalik mablagTari va ularning manbalarini guruhlang:
1
|
Xodimlarga meimat haqi bo‘yicha qarzdorlik
|
16
|
Tovarlar.
|
17
|
Mineral o‘g‘it
|
2
|
Idishlar
|
18
|
Kassa (рч\
|
о
3
|
Xaridorlardan olinadigan schyotlar
|
19
|
Bino
|
4
|
Transport vositalari
|
20
|
Ehtiyot qismlar
|
5
|
Qisqa muddatli bank krediti
|
21
|
Nomoddiy aktivlar
|
6
|
Mol etkazib beruvchilarga toTanadigan schyotlar
|
22
|
Hisob-kitob schyoti f pw! )
|
23
|
Tayyor mahsulot
|
7
|
Ustav kapitali
|
24
|
Uskunalar
|
8
|
Hisobdor shaxslarga toTanadigan qarzlar
|
25
|
Ta’sischilarga qarz
|
9
|
Uzoq muddatli bank krediti
|
26
|
Byudjetga toTovlar bo‘yicha qarz
|
10
|
Avtomobil
|
27
|
Materiallar
|
11
|
Savdo markasi
|
28
|
Qo‘shilgan kapital
|
12
|
Valyuta schyot ( рмА
|
29
|
Rezerv kapitali
|
13
|
Kelgusi davr daromadlaxi
|
30
|
Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari
|
14
|
Tugallanmagan ishlab chiqarish
|
15
|
Patent
|
31
|
Taqsimlanmagan foyda
|
ICX'U^'T*.
Guruhlash natijalarini quyidagi jadvalda aks ettiring va sharhlang.
MablagTarning tarkibi
|
MablagTar manbalari
|
Uzoq muddatli
|
Joriy
|
Q‘z mablagTari
|
Majburiyatlar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-Mashq. Berilgan xojjalik mablag‘ lari va ularning manbalarini guruhlang:
1
|
Yuk mashinasi
|
16
|
Materiallar
|
17
|
Maqsadli davlat jamg‘armalariga toTovlar
|
2
|
Ehtiyot qismlar
|
18
|
Kassa
|
3
|
Xaridorlardan olinadigan schyotlar.
|
19
|
Inshoatlar
|
4
|
Idishlar
|
20
|
Qurilish materiallari
|
5
|
Qisqa muddatli bank krediti.
|
21
|
Tayyor mahsulot
|
6
|
Ish haqi bo‘yicha majburiyat
|
22
|
Maxsus schyotlar ( pч j)
|
23
|
YOqilgT
|
7
|
Qo‘shilgan kapital
|
24
|
Uskunalar
|
8
|
Mualliflik huquqi •
|
25
|
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar
|
9
|
Uzoq muddatli bank krediti.
|
26
|
Byudjetga toTovlar bo‘yicha qarz
|
10
|
Ombordagi tovarlar
|
27
|
Qisqa muddatli qarzlar
|
11
|
Dasturiy ta’minot
|
28
|
ToTanadigan qisqa muddatli ijara
|
12
|
Hisob-kitob schyoti
|
29
|
Rezerv kapitali
|
13
|
Kelgusi davr xarajatlari
|
30
|
Hisobdor shaxslarga boTgan qarz
|
14
|
Umumishlab chiqarish xarajatlari
|
15
|
ToTanadigan divedentlar
|
31
|
Hisoblangan foizlar (1ък- я xxu i-)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |