VII.2.Parranda zotlari.
Xo„jalikka foydali belgilariga qarab, quyidagi mahsuldorlik yo„nalishlariga
bo„linadi: tovuqlar va o„rdaklar tuxum, tuxum-go„sht va go„sht; g„ozlar va kurkalar
go„sht; sesarkalar tuxum va go„sht; bedonalar tuxum yo„nalishidagi xillarga
bo„linadi.
Parranda zotlarini takomillashtirish va yangi zotlarni yaratish bo„yicha
naslchilik tizimi mavjud. Bundan tashqari sanoat asosida tuxum va go„sht ishlab
chiqaradigan xo„jaliklarda esa faqat duragay parrandalar ishlatiladi.
Tovuq zotlari mahsulot yo„nalishiga qarab tirik vazni bo„yicha farq qiladi.
Tuxum yo„nalishidagilari 1,5-2,0; tuxum – go„sht yo„nalishidagilari 3-4;
go„shtdorlari 3,5-5,5 kg tosh bosadi.
260
Tuxumdor o„rdaklar tirik vazni 1,75-2,0; go„shtdorlari 3,5-4,8 kg tashkil etadi.
G‟ozlarning yengil zotlari 4-6; o„rtasi 5-8; yiriklari 6-9 kg tirik vaznga ega.
Kurkalar asosan go„shtbop parranda bo„lib xo„rozlari 16 kg, makiyonlari 9 kg
vaznga ega.
Leggorn zoti. Ushbu zot dunyoda yagona tuxum yo„nalishidagi tovuq zoti
hisoblanadi. Ular o„zlarining turli sharoitlarga moslashishi va yuqori mahsuldorligi
bilan ustun hisoblanadi. Leggorn zoti AQShda mahalliy tovuqlarni Italiyaning
minork tovuqlari bilan chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan
7.2.1-rasm. Leggorn tovug‘i.
Zot tovuqlarning toji bargsimon bo„lib yoniga osilib turadi, xo„rozlarida esa
tik turadi. Ular nozik - mustahkam konstitutsiyaga ega bo„lib, juda jonli va
serharakat bo„ladi. Boshi yengil, bo„yni uzun, ko„kragi doirasimon, pati zich va har
xil tusda bo„ladi. Jahonda asosan oq leggornlar urchitiladi. Seleksiya ishlari
natijasida kurk bo„lmaydi. 1 yoshlik makiyonlar 1,6-1,7 kg, xo„rozlar 2,3-2,6 kg
bo„ladi. O‟rtacha 1 yilda 200-240 dona tuxum berib, 1 dona tuxumning og„irligi 57-
60 g ni tashkil etadi. Eng yaxshi krosslarning tovuqlari 270-300 dona tuxum berib,
tuxumining og„irligi 60 g bo„ladi. Ayrim krosslarning duragaylari alohida tizim
asosida monand qatorlar parrandalarni chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan
bo„lib 1 yilda 320-365 dona, yoki har kuni tuxum beradi.
Bu zotga mansub tovuqlar oziqadan samarali foydalanadi , lekin har 10 dona
tuxum uchun 2 kg yem sarflaydi. Tez yetiluvchan 4-5 oyligidan boshlab tuxum
bera boshlaydi.
Mamlakatimizda zotning ko„plab sermahsul krosslari urchitilmoqda. Nasldor
parrandalar seleksiyasi O‟zChITI seleksiya markazi va Farg„ona naslchilik
zavodida olib boriladi.
Plimutrok zoti utgan asrda AQShda keltirib chiqarilgan.Unda koximkim oq
tovuqlarini Ispaniya qora xo„rozlari bilan murakkab chatishtirish natijasida keltirib
chiqarilgan .
Zot nomi Plimut shaxri nomidan olingan. Zot tovuqlarining tanasi yirik,
ovalsimon, go„shtdorlik shakli yaxshi rivojlangan. Uning oq va chipor tusdagi
xillari uchraydi. Toji bargsimon, oyoq va tumshuqlari sariq rangda bo„ladi.
261
Tovuqlari 2,8-3,0, xo„rozlari 3,8-4,0 kg tirik vaznga ega. Tuxumdorligi 170-190 ta
ni tashkil qilib, 1tuxumning og„irligi 58-60g. Yuqori go„sht mahsuldorligi uni
broyler jo„jalari olishda ona zoti bo„lib xizmat qilishga asos bo„lgan.
7.2.2.-rasm. Plimutrok zotli tovuq va xo‘roz.
Ushbu zot tovuqlari sharoitga yaxshi moslashishi bilan ajralib turadi,
mahsuldorlik belgilarini yaxshi saqlaydi .
O‟zbekistonning barcha broyler jo„jalari olish uchun inkubatsiya tuxumlari
olinadigan ixtisoslashgan naslchilik xo„jaliklarida ushbu zotning turli kross
tovuqlari ishlatilmoqda.
Kornish zoti - go„shtdor asosiy zot hisoblanadi. Dunyoning barcha
mamlakatlarida broyler jo„jalari olish uchun ota zoti sifatida tan olingan. Ushbu zot
Angilyaning Kornuel grafligida mahalliy tovuqlarni malay va hind urushqoq
xo„rozlari bilan chatishtirish natijasida keltirib chiqarilgan. Shuning uchun kornuel
tovuqlari deb ham ataladi. Zot sifatida XIX asr oxiriga kelib to„liq shakllangan.
Ularning rangi oq, qora, qizil va sarg„ich bo„ladi. Broyler olishda asosan oq tusli
xili foydalaniladi, patlari zich joylashgan. Tovuq va xo„rozlarida go„sht shakli
yaxshi rivojlangan. Ko„kragi keng va chuqur, ko„krak va oyoq go„shtlari a‟lo
rivojlangan. Toji qalampirsimon, tumshug„i kalta va yo„g„on, oyoqlari sariq rangda
bo„ladi. Tovuqlari 3,0-3,5 kg,xo„rozlari 4-5 kg bo„lib ,1 yilda 110-150 dona tuxum
beradi,tuxumining o„rtacha og„irligi 52-60g ni tashkil etib, tuxum po„chogi och
jigar rangda bo„ladi.
Tuxumning jo„ja ochib chiqish ko„rsatkichi past 65-70% ni tashkil etadi.
Lekin 1kg vazn qo„shishiga kam oziqa sarflashi va tez yetiluvchanligi bilan ajralib
turadi,1,5-2,0 kg tirik vaznga 56 kunda bemalol erishishi mumkin.
262
7.2.3-rasm. Kornish tovug‘i va xo‘rozi.
Zot xo„rozlari broyler jo„jalari olishda va sanoat chatishtirishida foydalaniladi.
Asosan broyler jo„jalari olish uchun inkubatsiya tuxumi yetishtirib beradigan
naslchilik xo„jaliklarida urchitiladi.
O’rdak zotlari.
Respublikamizda turli mulk shaklidagi xo„jaliklarda turli zotli o„rdaklar
urchitiladi.Sanoat asosida o„rdak go„shti yetishtiradigan korxonalarda va jadal
usulda o„rdak go„shti yetishtiradigan fermer xo„jaliklarida yagona zot - pekin zotli
o„rdaklar urchitiladi.
Pekin zoti - go„sht yo„nalishidagi o„rdak zoti hisoblanadi. Xitoyda mahalliy
o„rdaklarni xitoy o„rdagi bilan chatishtirish natijasida keltirilib chiqarilgan.
Keyinchalik ushbu o„rdaklar chuqur seleksiya orqali AQShda takomillashtirilgan
va dunyoning qator mamlakatlariga olib ketilgan. Mamlakatimizda ham asosiy
o„rdak zoti hisoblanadi.
Bu zot parrandalari tana tuzilishi bo„yicha an‟anaviy go„sht yo„nalishida
parranda ekstereriga xos, boshi yirik tumshug„i o„rtacha uzunlikda sarg„ich –
apelsin rangida; oyoqlari o„rtacha uzunlikda bo„lib qizg„ich – apelsin rangida;
tanasi keng, uzun, biroz tik; ko„kragi keng va oldinga bo„rtib chiqqan; tusi oq,
sarg„ish belgilari bor.
Voyaga yetgan mokiyonlarning o„rtacha tirik vazni 3,0-3,5, xo„rozlariniki 3,5-
4,0 kg ga yetadi. Yiliga o„rtacha 100-120 dona, eng mashhurlari 200 donagacha
tuxum beradi. Tuxumning o„rtacha vazni 85 g. Yosh go„sht uchun o„stirilgan
jo„jalari 55 kunda 2,0-2,5 kg vaznga erishadi, eng yaxshi duragay jo„jalar 50 kunda
3,0-3,5 kg gacha tirik vazn ko„rsatishi mumkin.
263
Do'stlaringiz bilan baham: |