Inglizcha Programme for International Student Assessment



Download 130 Kb.
bet1/2
Sana28.10.2019
Hajmi130 Kb.
#24490
  1   2
Bog'liq
PISA dasturi haqida


PISA

PISA testlari nima?

PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur.

Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. Bu dastur boʻyicha har uch yilda oʻquvchilarning bilimini baholash maqsadida sinovlar oʻtkaziladi. Hozirgi kungacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018 yillar) PISA dasturi boʻyicha testlar oʻtkazilgan boʻlib, keyingi sinovlar 2021 yilda boʻlishi rejalashtirilgan. Mamlakatimiz ham 2021 yildan bu dasturga qoʻshilishga tayyorgarlik koʻrmoqda.

Lekin bu dasturdan qatnashishdan maqsad testlarni oʻtkazish yoki oʻquvchilarni testga tayyorlash emas, oʻquvchilarimizda XXI asr koʻnikmalarini shakllantirish raqobatbordosh kadrlarni yaratish uchun mustahkam zamin yaratish hisoblanadi.

Xoʻsh, PISA dasturining maqsadi nima, u qanday zaruriyat tufayli paydo boʻldi va PISA savollari qanday prinsipga asoslangan holda tuziladi?

XXI asr – informatsion texnologiyalar asri. Bu asr oʻz mutaxassislaridan umuman oldingidan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, oʻz sohasida iloji boricha koʻproq maʻlumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan boʻlsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopedialar, sohalar boʻyicha mukammal onlayn maʻlumotlar bazalari yaratildiki, endi bu maʻlumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi planga tushib qoldi.

Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, ulardan yangi maʻlumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa tagidagi nimkosa”ni koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti.

PISA testlari xuddi shu oʻzgarishlarni taʻlim tizimida aks ettirish, maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.



PISA test tarkibi

PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi: Oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik yoʻnalishlari. Oʻzbekiston 2021 yilda uch yoʻnalish: Oʻqish, matematik savodxonlik va tabiiy-ilmiy fanlar yoʻnalishlari boʻyicha testlarda qatnashishni rejalashtirgan.

Testlarda asosiy eʻtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha ENG ASOSIY TUSHUNCHALARNI BILISHI, BAZAVIY BILIM VA KOʻNIKMALARNI EGALLAGANI, ULARDAN HAYOTIY VAZIYATLARDA FOYDALANA OLISHIGA QARATILADI! Bu testlarda oʻquvchilarning DARS DAVOMIDA ANIQ MAVZULAR BOʻYICHA OʻRGANGAN BILIMLARINI SINOVDAN OʻTKAZISH NAZARDA TUTILMAGAN!

PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:


  1. Bir javobli testlar;

  2. Bir nechta javobli testlar;

  3. Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;

  4. Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi).

Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan.

PISA: Asosiy yoʻnalishlar

Oʻqish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan maʻlumotlarni tushina olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish jarayonida oʻqigan maʻlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati.

Bu yerda, oʻqish savodxonligi tushunchasi keng maʻno kasb etadi. Bu yoʻnalish maqsadi oʻquvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang tematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz fikrini bera olishi kabi kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi.



Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada foydalana olishini taʻminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir.

Bu boʻlimdagi savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini aniqlash emasligni koʻrsatish uchun foydalanilgan. Asosiy eʻtibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan qoʻllagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur boʻlishi mumkin.

Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hk) duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi.

Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy maqsadidir.

Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari bilan birga), biologiya, kimyo va geografiya fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi koʻzda tutilgan.



PISA: Namunalar

Oʻzbekiston taʻlim sohasida islohatlarning yangi bosqichi hisoblangan PISA dasturida ishtirokiga tayyorgarlik bosqichi ustozlardan oʻz ishlariga yangicha yondashishni talab etadi. Bu tizim mamlakatimizda yangi, bu borada ishlar endi boshlanganini nazarda tutsak, birinchi navbatda oʻqituvchilarni bu tizim bilan tanishtirish, tizim talabi va imkoniyatlarini ularga tushintirish kerak boʻladi.

Shu maqsadda, PISA testlarini tuzish va ular bilan ishlash boʻyicha koʻnikma hosil qilish maqsadida, asosiy yoʻnalishlar boʻyicha turli fanlarga aloqador sinov materiallardan namunalar tuzishga qaror qildik. Quyida shu materiallarni keltiramiz.

Eslatma: PISA testlari haqiqiy namunalari jahon boʻyicha mamlakatlardan saralab olingan eng kuchli mutaxassislar tomonidan tuziladi. Ularda bitta savolda oʻrtacha 500‑1000 tagacha soʻzlardan tashkil topib, har matnga 5-8 gacha turli koʻrinishdagi topshiriqlar beriladi. Bu savollar muallifining ular darajasida tajribasi, bilimi va imkoniyati yoʻqligini va savollar faqat taklif xususiyatiga ega ekanini inobatga olasiz deb umid qilaman. Matn va savollarda xato va kamchiliklar boʻlsa, oldindan uzr soʻrayman.



OʻQISH SAVODXONLIGI

(PISA 2009 sinovida tushgan test tarjimasi)

Makondo

(Gabriyel Garsiya Markesning “Tanholikning yuz yili” romanidan parcha)

Makondo aholisi ham texnika asri ixtirolaridan bahramand boʻla boshladilar. Ular Auriliano Tristi poyezdda olib kelgan generatorning toʻxtovsiz tum-tumiga koʻnikishlari qiyin boʻlgan boʻlsa ham, generatordan quvvat olayotgan lampochkalarga tunlari uxlamay, termulib chiqishardi. Savdogar Don Bruno Krespi teatrda namoyish qilgan, har bir tamoshasi uchun chipta ikki sentavodan sotilgan jonli tasvirli filmlardagi bir filmda oʻlib, qishloq ahlining qaygʻusiga sababchi boʻlgan qahramonning boshqa filmda Arab savdogari qiyofasida paydo boʻlishi ularning gʻazabini keltirib, teatrdagi oʻrindiqlarning chilparchin boʻlishiga olib keldi. Shahar hokimi Don Bruno Krespi iltimosiga koʻra oʻtkazgan yigʻilishida filmlar koʻngil ochish vositasi ekani, ular odamlarning bu darajada ehtiroslariga arzimasligi haqida maʻruza qildi. Qishloq aholisi bu maʻruzadan keyin oʻzlarini loʻli ayolning hiylalariga aldangan odamlardek his qilib, oʻz tashvishlari ham yetib turganda hayoliy mavjudotlarning muammolarini tamosha qilib, ular uchun ham jon kuydirish niyatlari yoʻqligini bildirdilar va boshqa filmlarni koʻrishga kelmaslikka qaror qildilar.

1. Filmlarning qaysi jihati aholining jahli chiqishiga sababchi boʻldi?

2. Nima uchun Makondo aholisi filmlarga boshqa kelmaslikka qaror qildilar?


  1. Ular koʻngil ochishni istadilar, lekin filmlar hayotiyligi va tushkin kayfiyat paydo qilishi ularga yoqmadi.

  2. Ular uchun chipta narxi qimmatlik qildi.

  3. Ular hiisyotlarini haqiqiy hayot uchun asrashga qaror qilishdi.

  4. Ular filmlardan hissiy taʻsir kutishgan edi, lekin filmlar zerikarli boʻlib chiqdi.

3. Matn oxirida berilgan “hayoliy mavjudotlar” deganda nima nazarda tutilgan?

  1. Arvohlar

  2. Ixtirolar

  3. Film qahramonlari

  4. Aktyorlar

4. Siz Makondo aholisining filmlar haqidagi fikriga qoʻshilasizmi? Oʻz fikringizni oʻzingizning filmlar haqidagi fikringiz va qishloq aholisi fikrini taqqoslash orqali izohlang.

OʻQISH SAVODXONLIGI (Adabiyot. Test namunasi)

Badiiy asar va film

Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari asosida suratga olingan filmda baʻzi kamchiliklarga yoʻl qoʻyilgan. Masalan, Kumushbibi chap qoʻlida choy uzatish sahnasi. Filmdagi yana bir lavhada birgina qisqa soʻz tashlab ketilgan. Agar chuqurroq o'ylab ko'rilsa, kinochilar adibimizning topqirligiga putur yetkazib qo'yganini fahmlash mumkin. Asarda Yusufbek hojining Margʻilondan Toshkentga birinchi bor kelgan Kumushbibini kutib olish sahnasi bor. Shu gapga diqqat qiling!

Filmda:

Yusufbek hoji: Margʻilonda shunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.

Asarda:

Yusufbek hoji: Margʻilonda ham shunday kelinimiz bor ekan, bilmay yurgan ekanmiz.



1. Filmdagi bu xato oqibatida qanday maʻno oʻzgarishi sodir boʻlgan deb oʻylaysiz?

  1. Hech qanday oʻzgarish yoʻq

  2. Asarda Yusufbek hoji bir gap bilan Kumushbibini maqtash asnosida Zaynabni ham alqab oʻtadi, filmda bu maʻno tushib qolgan.

  3. Asarda Yusufbek hoji bir gap bilan Kumushbibini maqtash asnosida oʻgʻli Otabekni ham alqab oʻtadi, filmda bu maʻno tushib qolgan.

  4. Asarda Yusufbek hoji Kumushbibiga Toshkentda ham kelini borligini bildirmoqchi boʻlgan, filmda bu maʻno tushib qolgan.

2. Filmda bu soʻzning tushib qolishiga qanday omil sabab boʻlgan boʻlishi mumkin? Toʻgʻri boʻlishi mumkin boʻlgan hamma javobni belgilang.

  1. Rejissyorning eʻtiborsizligi

  2. Senariy muallifining eʻtiborsizligi

  3. Rejissyorning matnni joʻrttaga oʻzgartirgani

  4. Rejissyorning yo senariy muallifining oʻzbek tili imkoniyatini toʻliq bilmasligi

  5. Abdulla Qodiriyning oʻzining maslahati

(Izoh: Aslida bu savol PISA tizimi talablariga toʻliq javob bermaydi, PISA savolida oʻquvchidan aniq bir maʻlumotni bilish talab qilinadigan savol berilmaydi, lekin biz “Otkan kunlar”ni har bir oʻzbek biladigan hayotiy maʻlumot deb qabul qilgimiz keldi)

Muallif: Raxmonberganov Otabek



MATEMATIK SAVODXONLIK

(PISA testlari 2012 toʻplamidan tarjima)

Anvarning ota-onasi ko’chmas mulk agentligidan sotib olishni moʻljallayotgan uyning chizmasi quyida berilgan:



Uy maydonini hisoblash uchun har bir xonaning enini va boʻyini oʻlchash, ularni koʻpaytirib har bir xonaning yuzini hisoblash va natijalarni qoʻshib chiqish mumkin. Lekin Anvar bor yoʻgʻi 4 ta tomonning uzunligini oʻlchadi va matematik hisob kitob yordamida uy jami maydonini aniqladi. Anvar qaysi tomonlarni oʻlchagan boʻlishi mumkinligini suratda belgilang.



MATEMATIK SAVODXONLIK

(PISA testlari 2012 toʻplamidan tarjima)

Dunyo savdo aylanmasining toʻqson besh foizi dengiz orqali tashiladi, bunda ulkan tankerlar, kontaynerli va boshqa turdagi kemalardan foydalaniladi. Bu kemalar odatda dizel yoqilgʻisi yordamida harakatlanadi.

Injinerlar shamol kuchidan kemalar harakatiga yordam berish uchun foydalanishmoqchi. Ular buning uchun kemalarga katta varraklar ulash orqali dizel yoqilgʻisi sarfi va uning atrof muhitga taʻsirini kamaytirishni taklif qilayaptilar.

1-savol: Bunday varraklarning afzalligi shundaki, ular 150 m balandlikda uchadilar. Bu esa kema sathidagi shamol tezligidan 25% ga koʻproq.



Agar kema sathida shamol 24 km/soat tezlikda esayotgan boʻlsa, varrak uchayotgan balandlikda varrak tezligini aniqlang.

  1. 6 km/soat

  2. 18 km/soat

  3. 25 km/soat

  4. 30 km/soat

  5. 49 km/soat

2. Varrak kemaga ulangan va uning ipi kema tekisligi bilan rasmda koʻrsatilgandek 45 burchak hosil qiladi. Agar varrakning vertikal balandligi 150 m boʻlsa, arqonning taxminiy uzunligini toping.

3. Disel yoqilgʻisining 1 litri 0,42 zed boʻlganda (zed – oʻylab topilgan pul birligi), NewWave kompaniyasi egalari oʻz kemalarini varrak bilan jihozlashga qaror qilishibdi.

Varrak disel yoqilgʻsini 20% tejash imkoniyatiga ega. Quyida NewWave kompaniyasi kemasining koʻrsatkichlari berilgan:

Ismi: NewWave

Kema turi: Yuk tashuvchi kema (freighter)

Uzunligi: 117 metr

Kengligi: 18 metr

Sigʻimi: 12 000 tonna

Varrak oʻrnatilmagan kemaning bir yillik dizel yoqilgʻi sarfi: 3 500 000 litr

Kemani varrak bilan jihozlash narxi: 2 500 000 zed

Taxminan necha yildan keyin dizel yoqilgʻisidan tejalgan mablagʻ varrak oʻrnatish uchun ketgan mablagʻni toʻliq qoplaydi? Javobingizni asoslash uchun hisob kitoblarni keltiring.


Download 130 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish