MATEMATIK SAVODXONLIK
Qaysi biri toʻgʻri
(Fanlararo aloqasi: Matematika, Informatika, mantiq)
Quyida berilgan fikrlar bilan tanishing:
Quyidagilardan barchasi to`g`ri.
Barcha fikrlar noto`g`ri.
8- fikr to`g`ri.
2- fikr to`g`ri
Quyidagi fikrlarning hammasi to`g`ri.
Yuqoridagilarning barchasi to`g`ri.
8- javob noto`g`ri.
Yuqoridagilarning barchasi noto`g`ri.
Berilgan fikrlardan birortasi toʻgʻti boʻlishi uchun matnda uning toʻgʻriligiga zid keladigan fikr boʻlmasligi kerak. Masalan, 1) fikr toʻgʻri boʻla olmaydi, sababi, u 2) fikr bilan bir biriga ziddir. Xuddi shunday mantiq boʻyicha b) fikrni ham toʻgʻri emasligini koʻrish mumkin.
1. 3-) fikrning toʻgʻri boʻlishiga halaqit beradigan fikrni koʻrsating:
A) 2) B) 5) C) 7 D) 8
2. 8-) fikrning toʻgʻri boʻlishiga halaqit beradigan fikrni koʻrsating. Javobingizni izohlang.
3. Boshqa fikrlarning ham toʻgʻriligiga halaqit beradigan kamida 1 ta belgini koʻrsating (agar boʻlsa). Fikrlarning ichida mantiqan toʻgʻri boʻla oladigan fikr bormi?
Qachon keladi?
Agar indinga yakshanba bo`lsa, o`tgan kuni “ertaga kelaman” degan odam haftaning qaysi kuni kelishi kerak?
Muallif: Raxmonberganov Otabek
TABIIY-ILMIY SAVODXONLIK
Semmelvays kundaligi
Semmelvays kundaligi. 1-qism:
“1846 yil Iyul oyi. Keyingi haftadan men Venadagi Bosh kasalxonaning tugʻriq boʻlimi birinchi palatisida “Janob Doktor” boʻlaman. Bu klinikada tugʻriqni boshdan kechirgan ayollar oʻrtasida oʻlim darajasini koʻrib dahshatga tushdim. Bu oy ushbu palatada tugʻriq qabul qilingan 208 ayoldan 36 tasi “tugʻriq isitmasi”dan olamdan oʻtgan. Tugʻish jarayoni – oʻpka yalligʻlanishi kabi xavfli ekan”.
Har 100 tugʻriqqa toʻri keladigan oʻlim soni
Ignats Semmelvaysning (1818-1865) kundaligidagi bu yozuvlar oʻsha davrdagi koʻplab xomilador ayollarning umriga zomin boʻlgan tugʻriq isitmasini daxshatli asoratlari haqida hikoya qiladi. Semmelveys kasalxona tugʻriqxonasi birinchi va ikkinchi palatalardagi oʻlim xolatlari toʻgʻrisida maʻlumot toʻplaydi (chizmaga qarang).
Vrachlar, shu jumladan Semmelvays ham tugʻriq isitmasining paydo boʻlish sabablari haqida tasavvurga ega boʻlmaganlar. Yana Semmelvaysning kundaligiga murojaat qilamiz:
“1846 yil dekabr. Nimaga ortiqcha qiyinchiliksiz oʻtgan tugʻriqlardan keyin ham bunchalik koʻp ayol vafot etayapti? Yuz yillab ilm-fan bizga ayollarni nomaʻlum koʻrinmas epidemiya oʻdirishini taʻkidlaydi. Bunga havodagi oʻzgarishlar, qandaydir gʻayritabiiy kuchlar yoki yer qobigʻining koʻchishi, zilzilalar sabab boʻlishi mumkinmikan?”
Hozirgi kunda qandaydir kasallikka gʻayritabiiy kuchlarni yoki yer qimirlashini sabab qilib koʻrsatilishi kulgili koʻrinadi, lekin oʻsha davrda koʻpchilik, hatto baʻzi olimlar ham shunday deb oʻylashgan. Lekin Semmelvays bu hodisalarga zilzila sabab boʻlayotganiga ishonmaydi va hamkasblarini ham bunga ishontirishga harakat qiladi.
Oʻzingizni Semmelvaysning oʻrniga qoʻyib koʻring. Toʻplangan maʻlumotlarga koʻra, nima uchun zilzila bu kasallik sababi boʻla olmasligini izohlang.
Muallif:
Raxmonberganov Otabek
Xorazm viloyati Gurlan tumani 1-umumiy oʻrta taʻlim maktabi informatika fani oʻqituvchisi
Kontaktlar:
Telegram: @otabek0505
e-mail: otabek05051983@gmail.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |