O‘zbek jang san’ati
O‘zbekiston Jang San’ati O‘zbekiston Respublikasi tayekvondo ITF Federatsiyasi Prezidenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, qora kamar 7 Dan Tayekwon-do sohibi, tajribali jang san’ati ustasi Po‘lat Usmonov, shuningdek, o‘zbek jang san’at federatsiyasi faxriy prezidenti Nasirova A.X. rahnamoligida yaratilgan.
Bir necha yillar davomida ota-boblarmizning jang san’ati texnika va harbiy uslublar merosi o‘rganilib, boshqa jang tizimining eng samarali metodlari bilan boyitilildi hamda O‘zbek Jang San’at tashkil etildi.Xabari yo‘q insonda bir savol tug‘ilishi tabiiy: jang san’atida yigirmadan ortiq faol jang turlari mavjud vaqtda qo‘shimcha jang turining nima keragi bor? Gap shundaki o‘zbek jang san’ati tizimida o‘ziga xos bir qancha xususiyatlari bor:
- Milliy liboslar va tilidan foydalanish;
- himoya va hujum usullaridan bir vaqtning o‘zida foydalanish;
-yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar;
- huquq-tartibot idoralari va sport maktablarida jang elementlaridan foydalanish
-yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish va boshqalar.
UJS - zamonaviy jang san’ati bo‘lib, O‘zbekiston xalqi va boshqa jang san’atining eng samarali jangovar tizimlari elementlari va an’analarini o‘zida mujassam etgan.
Ujs 5 yo‘nalishdan iborat:
-Sport-sog‘lomlashtiruvchi (40 yoshdan kattalar uchun);
-Qo‘l san’ati (3000 dan ortiq qo‘l harakatlari);
-Temuriylar jang san’ati (pichoq, qilich, tayoq, nayza bilan ishlash);
-Jang Kurash ( Kurash).
UJS texnikasi - bir necha ming qo‘l, oyoq zarbalari, otishlar, predmetlardan (qilich, pichoq, tayoq, uzun tayoq) iborat.
O‘zbek jang san’ati sporti, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiya qilishga yordam beradi. Buyuk ajdodlarimiz va O‘zbekistonning tarixiy shaxslari ismlari rasman himoya hujum va majmualarga qo‘yilgan.
Musobaqa davomida albatta mamlakatning davlat ramzlariga katta e’tibor beriladi . Sportchilarning sport kiyimida milliy qadriyatlar aks ettirilgan.
2009 yil dekabr oyida Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan O‘zbek Jang San’at sportiga O‘zbekiston milliy sport turi maqomi berildi.
O‘zbekiston jang san’ati tarkibiga quyidagi musobaqalar kiradi.
1 O‘zbek jang san’ati Sparringlari:
1.Bolalar va o‘smirlar - 2 daqiqa muddatli 2 tur, tur o‘rtasida 1 daqiqali tanaffus bilan, shuningdek 6 nafar sportchidan tashkil topgan jamoa uchun 2 daqiqalik 1 raund.
2.Kattalar - 3 daqiqa, tur o‘rtasida va 6 nafar sportchidan tashkil topgan jamoa uchun 3 daqiqalik 1 raund, 1 daqiqa tanaffus bilan.
2.Musobaqada texnik harakatlar majmuini namoyish qilish:
Individual yo‘nalishda - 1 ishtirokchi
Jamoaviy yo‘nalishda - jamoa 6 ishtirokchidan tashkil topadi.
Dzyudo
Dzyudo (yaponcha dzyu — yumshoq, do — yo‘l) — sport yakkakurashi. Dzyudoga Yaponiyada professor Dzigoro Kano (1860—1938) 1882 yilda asos solgan. U yaponlarning jiu-jitsu yakkakurashidan inson salomatligiga ziyon yetkazmaydigan usullarini olib, Dzyudoni jismoniy barkamollikka yetaklaydigan sport turi sifatida shakllantirdi. Dzyudochilar kimano (oq kalta kamzul va cholvor) kiyib, yalant oyokda tatami (gilam) ustida bellashadilar. Asosan 7 vazn toifasida (erkaklarda 60, 66, 73, 81, 90, 100, 100 , ayollarda 48, 52, 57, 63, 70, 78, 78 kg) musobaqa uyushtiriladi, kurash erkaklarda 5 minut, ayollarda 4 minut davom etadi. Tik turib kurashilganda raqiblar (chalish, siltab tashlash, yelkadan oshirib otish va h.k.) usullar qo‘llab bir-birlarini tatamiga yiqitib baho olishga harakat qiladilar. Yotib kurashilganda qo‘l-oyoqlarni qayirish, og‘ritish va bo‘g‘ish usullarini qo‘llab, raqibining yelkasini tatamiga 30 sekunt davomida bosib turib yengishga (engilganini tan olishga majbur etishga) ruxsat etiladi. Usullar bajarilishiga qarab, kurashchilarga «koko», «yuko», «vazari» va «ippon» baxrlari beriladi («ippon» — sof g‘alaba, 2 ta «vazari» — g‘alaba, «yuko» va «koko» baxrlari sanab borilib, yakunda inobatga olinadi).
Dzyudo bo‘yicha musobaqalar 1883 yildan o‘tkaziladi. Xalqaro Dzyudo federatsiyasi (FIJ) 1956 yilda tuzilgan, unga 150 ga yaqin mamlakat, shu jumladan O‘zbekistan Dzyudo federatsiyasi a’zo (1991). 1956 yildan jahon chempionati o‘tkazib kelinadi, 1964 yildan olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan. O‘zbekistonda Dzyudo bilan 20-asrning 80-yillaridan shug‘ullaniladi.
Dzyudoning ayrim jihatlari o‘zbek kurashiga o‘xshash bo‘lgani uchun tez ommalashdi. Dzyudochilarimiz, ayniqsa, mustaqillik yillarida yuqori natijalarga erishdi, ular nufuzli musobakalarda 30 dan ziyod medal bilan takdirlanishdi. Jumladan, Armen Bagdasarov olimpiada (1996) va Osiyo o‘yinlarida (1998) — kumush, Farhod To‘rayev jahon chempionatida (1999) — kumush va «A» toifasidagi musobaqalarda (1998, 2001) — 2 ta oltin, Egamnazar Akbarov jahon universiadasida (2001) — oltin, «A» toifasidagi musobaqalarda Kamol Murodov (1998) va Vladimir Shturbabin (1999) — oltin, Suzanna Ahmedova Osiyo chempionatida (1999) — bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |