Inglizcha foot oyoq, ball to’p) sport o’yini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90-120 x 45- 90) da to’p bilan jamoa bo’lib o’ynaladi



Download 3,01 Mb.
bet2/13
Sana08.01.2022
Hajmi3,01 Mb.
#329963
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Sport turlari

Suvda suzish


Suvda suzish, sportcha suzish — sport turi, rasmiy belgilangan masofaga muayyan usulda sportcha suzish (erkin tarzda, brass, batterflyay usulida, orqa bilan), shuningdek, suv ostida, amaliy, sinxron (badiiy) suzishni o‘z ichiga oladi. Xalqaro olimpiada qo‘mitasi tasnifiga ko‘ra, Suvda suzishga suvga sakrash va suv polosi ham kiradi. Suvda suzish zamonaviy 5 kurashning tarkibiy qismi hisoblanadi. Suvda suzish tarixi 15-16-asrlarga to‘g‘ri keladi. Suzuvchilarning dastlabki sport musobaqalari 1515 yil Venetsiyada o‘tkazilgan. Ilk suzish maktablari 18-asrning 2-yarmi - 19-asrning boshlarida Germaniya, Avstriya, Frantsiyada ochilgan. 19-asr oxirida sun’iy suv havzalari qurila boshlagach, sportcha suzish ommalashib ketdi. 1890 yil Suvda suzish bo‘yicha Yevropa chempionati o‘tkazildi. Suvda suzish 1896 yildan Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritildi (ayollar 1912 yildan qatnashadi). Xalqaro havaskorlar suzish federatsiyasi (FINA, 1908 yil asos solingan)ga 130 dan ortiq mamlakat milliy federatsiyalari a’zo.

O‘zbekistonda qadimdan suvda turli o‘yin va musobaqalar o‘tkazilgan. Suvda suzish sporti respublikada 1924-25 yillardan rivojlana boshladi. Ana shu davrda ilk gidrostantsiyalar qurilgan. Chunonchi, Toshkentda Bo‘zsuv to‘g‘on bilan to‘silib, sun’iy suv ombori hosil qilindi. Bu yerda 2 ta suv stantsiyasi qurilib, suzish havzasi va balandlikdan suvga sakrash minoralari bunyod etildi. 1927 yil 1 marta shu yerda Toshkent va Samara (Rossiya) shaharlari jamoalari o‘rtasida suzish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 1930 yil Toshkent to‘qimachilik kombinati qoshida stadion va uzunligi 50 m li suvi isitiladigan ochiq havza qurilib ishga tushirildi. 1935 yil Andijonning sun’iy suv havzasida 1 marta respublika suv sporti bayrami, Suvda suzish bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi o‘tkaziddi, 1937 yil Toshkentdagi temiryo‘lchilar istirohat bog‘ida ochiq suv havzasi qurilib, suzish bo‘yicha 1-bolalar-o‘smirlar sport maktabi tashkil etildi. 1939 yil O‘zbekistonda Suvda suzish bo‘yicha respublika federatsiyasi tuzildi. O‘tgan asrning 60-yillarida Toshkentda (jismoniy tarbiya instituti qoshida, “Mehnat rezervlari” sport jamiyati huzurida, Armiya sport klubiga qarashli), Navoiy shahrida, boshqa viloyatlarda suvi istiladigan yopiq va ochiq suv havzalari qurilib foydalanishga topshirildi.

 Respublikada qobiliyatli yosh sportchi suzuvchilar yetishib chiqa boshladi. Olimpiada o‘yinlari, xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan S.Babanina, N.Ustinova, S.Iskandarova, S.Konov, S.Zabolotnovlar sportning ana shu turida shuhrat qozondilar. Hozir respublikamizning viloyat va tuman markazlarida 200 dan ortiq suv havzalari mavjud.

Shaxmat

Shaxmat, shohmot (fors. shohmot - shoh o‘ddi) - sport turi. O‘yindan maqsad raqib shohini mot qilish. Ikki xil (oq va qora) rangdagi 64 ta teng katakli taxta (sath)da ikki xil rangdagi 16 tadan dona (bittadan shoh va farzin, 2 tadan rux, fil va ot, 8 tadan piyoda)da o‘ynaladi. Shaxmatda musobaqa paytida ma’lum sondagi yurishlar qilinishi uchun vaqt (dastlabki 40 ta yurish uchun 2,5, 2 va 1,5 soat va h.k.) va o‘yin tugamasa qo‘shimcha vaqt belgilanadi. Tezkor shaxmatda o‘yinni tugatish uchun aniq vaqt (30, 25, 15 va 5 daqiqadan) beriladi. Sirtqida har bir yurishni amalga oshirish uchun masofa va aloqa vositasi turiga qarab, kun yoki haftalar belgilanishi mumkin.

Shaxmatning kelib chiqishi chaturanga o‘yiniga borib taqaladi. Arab xalifaligi davrida bu o‘yin “shatranj” nomi bilan ommaviylashdi. Arablar shaxmat yozuvini joriy etgani uchun shaxmat o‘yinlari matniga oid qimmatli ma’lumotlar saqlanib qolgan. Abulfath Ahmad ibn Sijziy “Shatranj kitobi”da 819 yilda Xurosonda o‘tkazilgan birinchi shaxmat musobaqasi va unda g‘olib chiqqan o‘rtaosiyolik mashhur shatranjchi Abu Bakr as-Suliy haqida yozgan. As-Suliy ko‘plab shaxmat voqealariga qahramon bo‘lib kirgan Abulfaroj Laylojga ustozlik qilgan.

O‘zbekiston zaminida shaxmat chuqur ildiz otganini tasdiqlovchi manbalar mavjud. 1972 yilda Dalvarzintepa (Surxondaryo)da olib borilgan arxeologik qazilmalar vaqtida Kushon davri (1-2-asrlar)ga oid shaxmat donalari, 1977 yilda Afrosiyob (Samarqand)da o‘tkazilgan tadqiqotlar chog‘ida 7-8-asrlarga taalluqli 7 ta shaxmat donasi topilgan. 9-asrda yashagan arab olimi va shatranjchisi al Adliyning yozishicha, shatranjdagi inson tafakkurini cheklagan shashxoldagi xollarning tushishiga qarab yurish (shashxol)ning bekor qilinishi va bu o‘yinning rivojlanishida O‘rta Osiyo xalqlari muhim rol o‘ynagan. Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai sa’dayn va majmai bahrayn”, Alisher Navoiyning “Majolis un nafois”, “Lison uttayr”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” va boshqalar tarixiy asarlarda shaxmat (shatranj)ga oid qimmatli ma’lumotlar bor. Amir Temur davrida quchli shatranjchilar Samarqandda to‘planishgan. Tabrizlik Ali ash Shatranjiy (Oloviddin at-Tabriziy) Samarqandda o‘tkazilgan musobaqalarda g‘olib chiqqan. Shatranj haqida kitob yozib, unga o‘zining va 14-asrgacha O‘rta Osiyoda yashagan ko‘plab oliya (grossmeyster)larning mansubalarini kiritgan. U sohibqironning o‘zi bilan ham shatranj o‘ynab turgan.



20-asrning 20-yillaridan O‘zbekistonda shahmatning zamonaviy qoidalari keng targ‘ib etilishi bu sport turining rivojlanishiga turtki berdi. Toshkent, Samarqand, Ko‘qon va boshqa shaharlarda shaxmat to‘garaklari ochildi. Azmiddin Xo‘jayev, Sergey Freyman, Po‘lat Saidxonov, Zokir Xo‘jayev kabilar shahmatni targ‘ib etishda jonkuyarlik ko‘rsatishdi. 1930 yildan erkaklar, 1935 yildan ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatlari o‘tkazila boshlagan (Aleksandr Grushevskiy va Larisa Pinchuk eng ko‘p - 8 martadan chempion bo‘lishgan). Turli davrlarda Fyodor Duz-Xotimirskiy, Salo Flor, Tigran Petrosyan, Paul Keres, Aleksandr Kotov, Mark Taymanov, Viktor Korchnoy, Anatoliy Karpov kabi taniqli grossmeysterlarning O‘zbekistonga kelib, ma’ruzalar o‘qishi, bir yo‘la o‘yin (seans)lar o‘tkazishi, musobaqalarda qatnashishi mamlakatimiz shaxmati rivojiga samarali ta’sir etdi. 20-asrning 50-yillaridan boshlab Mamajon Muhitdinov, Ulug‘bek Elbekov, Sergey Pinchuk, Roman Kim, Alla Mkrtichan kabi shaxmat jonkuyarlarining yangi avlodi voyaga yetdi. Respublika shaxmat klubi foydalanishga topshirildi, turli toifadagi musobaqalar o‘tkazila boshlandi, gazeta va jurnallarda shaxmat ruknlari, O‘zbekiston televideniyesida shaxmat ko‘rsatuvi ochildi, shahmatga oid kitoblarni nashr etish yo‘lga qo‘yildi. Isaak Birbrager, Yefim Ruxlis kabi shaxmat kompozitorlari turli tanlovlarda g‘olib chiqishdi. Georgiy Borisenkoga sirtqi shaxmat bo‘yicha xalqaro grossmeyster unvoni berildi. Georgiy A’zamov esa O‘zbekistondan yetishib chiqqan 1-xalqaro grossmeyster bo‘ldi (1984).

20-asrning 90-yillaridan O‘zbekiston shaxmatida yuksalish boshlandi. Erkaklar terma jamoasi jahon shaxmat olimpiadasida 2-o‘rinni egalladi (1992), Osiyo chempionatida g‘alaba qozondi (1999). Ibrohim Hamroqulov o‘smirlar o‘rtasida jahon birinchiligida g‘olib chiqdi (1998). Rustam Qosimjonov Osiyoning birinchi (1998), jahonning 17-chempioni (2004) bo‘ldi.


Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish