Ingliz va o’zbek tillarida fitonimik komponentli frazeologik biriklar Nargiza Ergasheva Shavkatbek qizi Andijon pedagogika instituti: xorijiy tillar fakulteti 1-bosqich magistranti nargizaxoliqjonova@mail.com Annotatsiya: ushbu ilmiy maqola lekikologiyning bir bo’limi frazeologiya sohasiga bag’ishlangan bo’lib, unda o’simlik dunyosiga oid frazeologik birliklarni ingliz va o’zbek tillarida tahlil qilishga harakat qilaman kalit so’zlar: ibora, fitonimlar, fitonimik iboralar, floristik komponentli
Annotation: This scientific article is a part of lexicology devoted to the field of phraseology, in which I will try to analyze the phraseological units of the plant world in English and Uzbek.
keywords: phrase, phytonims, phytonymic phrases, floristic component
Frazeologiya - har qanday tilning o'ziga xos va jonli komponenti. Frazeologik birliklar milliy xususiyatlar bilan tavsiflanishi, har xil ifodali ranglarga ega bo'lishi, kontekst ta'sirida qo'shimcha ma'noga ega bo'lishi va har xil funktsional uslublarga mansub bo'lishi mumkin. Ikki tilning frazeologik birliklari o'rtasidagi umumiy xususiyatlar va farqlarni o'rganish xalqning o'ziga xos xususiyatlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Ma’lumki, zoonomik iboralar orqali inson harakterini ifodalashda foydalanilsa, fitonimik iboralar orqali inson belgilarini, tashqi ko’rinishini ifodalashda foydalaniladi. Bu turdagi frazeologik birliklarga o'z tarkibida o'simlik dunyosi bilan bog'liq element bo'lgan birliklar kiradi, ya'ni bu nafaqat o'simliklarning nomlari, balki o'simlik qismlarining nomlari, ularning uyushmalari. Odamlar hayoti har doim o'simlik dunyosi bilan uzviy bog'liq bo'lgan. Shuning uchun o'rganilayotgan tillarda fitonim komponentli frazeologik birliklar muhim o'rinni egallaydi. Frazeologik birlikning ma’nosini o’rganishda, uning denotativ, kognitativ ma’nolari muhum ahamiyat kasb etadi. Lekin uning etimologik taraflama tahlil qilish, iboraning asl ma’nosi va uning kelib chiqishi qanday ekanligini bilishga yordam beradi. Masalan, o’zbek tilida Archa bosh iborasi-ahmoq odam degan ma’noni bildiradi. Agar uni etimologik tomondan tahlil qilsak, qarag’aylar boshqa ignabarglilardan farqli o’laroq, ularning konuslari tik emas, ular yetilgach pishgan konuslarning boshalari tushib ketadi va bo’sh bosh bo’lib qoladi. Shuning uchun “bo’m-bo’sh bosh-ahmoq odam” iborasi paydo bo’lgan.
Yoki qichitqi urug’i-poraxo’r, pora oluvchi amaldorlar va firibgarlar.
Mirzaterak-juda ham bo’yi uzun odamga ishlatiladi
Oʻzbek tilshunosligida frazeologiya sohasidagi tadqiqotlar oʻtgan asrning 50- yillaridan boshlangan. Shu kungacha frazeologizmlar turli jihatlardan oʻrganilgan (Sh.Rahmatullayev, B.Yoʻldoshev, A.Mamatov va boshqalar), frazeologiya boʻyicha bir necha lugʻatlar tuzilgan (Sh.Rahmatullayev, M.Sodiqova, Sh.Imyaminova), yozuvchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon, Oydin, Said Ahmad asarlarining frazeologik tarkibi tadqiq etilgan.
Jahon tilshunosligida frazeologizmlar keng va tor ma’noda tushuniladi. Frazeologiyani keng ma’noda tushunuvchi olimlar uning tarkibiga maqolalar, matallar, aforizmlarni kiritadilar, tor ma’nodagi frazeologiya tarafdorlari esa frazeologik birliklarni ko’chma ma’noli turg’un birikmalarni o’rganish bilan cheklanadilar
Frazeologizmlar ma’nosi uning tarkibiy qismlarining ma’nolaridan qanchalik ko’p farq qilsa, semantik birikuv darajasi shunchalik yuqori bo’ladi. V.V.Vinogradov frazeologizmlarni uch sinfga tasniflaydi:
1. Frazeologik chatishmalar (phrazeological fusions).
2. Frazeologik qo’shilmalar (phraseological units).
3. Frazeologik birikmalar (phraseological collections or combinations
Frazeologik chatishmalar – Frazeologizmlarning bu turida ibora butun xolda ko’chma ma’noda qo’llaniladi, ammo uning ma’no tarkibidagi so’zlarning ma’nosi bilan o’zaro bog’lanmaydi.
Masalan: hold out/ offer an olive branch- urish, janjal yoki baxsli vaziiyatni yakunkashni xohlash
pushing up the daisies-vafot etgan
Shrinking violet-judayam uyatchang va odamlarga kirisha olmaydigan insonlarga ishlatiladi.
Frazeologik qo’shilmalar- frazeologik qo’shilmalarning ma’nosi uning tarkibidagi so’zlarning o’z va ko’chma ma’nolaridan kelib chiqadi. Yani ibora tarkibidagi so’zlar oraqi ma’noni tushunib olish mumkin
make hay while the sun shines-vaqtdan unumli foydalan
shake like a leaf-qaltiramoq
frazeologik birikmalar (birlashmalar)- Frazeologizmning bu turida ibora butun xolda ko’chma ma’noda qo’llaniladi, ammo iboraning umumiy ma’nosi uning tarkibidagi so’zlarning lug’aviy ma’nolari bilan ma’lum darajada bog’langan bo’ladi.
beat around the bush | beat about the bush- kimnidir xafa qilib qo’yishdan qo’rib, to’g’ridan-to’g’ri gapni aytmaslik, gapni olib qochish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. A.V Kunin -english-russian phraseological dictionary. 1967
2. Shavkat Rahmatullayev-O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati-1978
3. Mamatov A-O’zbek tilida frazeologiyaning shakllanishi-1997
4. Krepkogorskaya o'simlik komponentli frazeologik birliklarning tarjimasi (rus va ingliz tillariga asoslangan) // Qozon davlat madaniyat va san'at universiteti xabari. - Gumanitar fanlar bo'limi. - 2011.- No 3.- S.102-107.
5 https://studfile.net
Do'stlaringiz bilan baham: |