glauk – oma - glaukoo (majhul nisbat - glaukotnai) – ko’k rangga aylanish. Kasallik ma'nolarini anglatuvchi oftalmologik terminlarning yasalishida qo'shimchalarning orasida sinonimlar mavjud, masalan, -osis, -iasis, -ism: amaur-osis qo’shimchalari misolida ko’rimishimiz mumkin: amaur-osis- to’liq ko’rlik, albinism –albinism. Shu bilan bir qatorda “-ga oid” ma’nosini ifodalovchi suffikslarni ham misollarda qayd eta olamiz:-al, -iac, -ery, -ary: optic-al – optik, ocul-ar -ko’zga oid, oculocard-iac–okulokardiy.
Suffiks natijasida hosil bo’lgan sodda terminlarning aksariyati tarkibida bitta suffiks kuzatiladi.Ammo, ingliz oftalmologiya terminologiyasida ikkita suffiksni o'z ichiga olgan terminlarni qayd etdik. Ushbu terminlarga quyidagilar kiradi: canalic-ul-itis - lakrimal naychalarning yallig'lanishi, zon-ul-itis - zonulit, iridokaps-ul-itis - irido-kapsulit.6 Yuqoridagi misollar shuni ko'rsatadiki, suffiksni o'z ichiga olgan ushbu terminlar kasallik nomlaridir. Shunday qilib, suffiks orqali termin yasash oftalmologiya terminologiyasida juda keng tarqalgan hodisa hisoblanadi, chunki suffikslar nafaqat oddiy bir so'zli terminlarning bir qismi sifatida, balki eng murakkab terminlarning bir qismi sifatida ham ajralib turadi va ko'plab terminologik birikmalar tarkibiga kiradi. Tibbiyot tili an'anaviy ravishda klassik tillar asosida shakllanganligi sababli, bu lotin suffikslarining ko'p sonli oftalmologiya terminologiyasida qo'llanilish holatlari kuzatiladi. Shu bilan bir qatorda, oftalmologiya terminlarini shakllantirish prefiks-sufiks shaklida amalga oshiriladi, masalan: peri-scler-itis - perisklerit, dys-kerat-osis - diskeratoz, hypo-lacrim-ia - gipolakrimiya.7
O’zlashma oftalmologik terminlarni morfemik tahlil qilish jarayonida shu narsa ma’lum bo’ldiki, o’zbek tili oftalmologik terminologiyasida prefikslar bilan bir qatorda suffikslar ham faol rol o’ynaydi. Bu prefikslar va suffikslar o’zakka qo’shimcha ma’no yuklaydi va o’zak bilan birgalikda yangi termin yasaydi. Shuni alohida qayd etish lozimki, o’zlashgan suffikslar va boshqa tilga xos suffikslar tushunchasi bir-biridan farqlanadi, chunki ularning hajmi bir xil emas. Oftalmologik terminlarning o’zbek tiliga kirib kelishida o’zlashgan har qanday prefiks va suffiks o’z tabiatiga ko’ra boshqa tilga xos, ammo boshqa til prefiksi va suffiksi muayyan davrda mavjud bo’lsa va o’zlashgan tilda so’zdan ajralib, morfologik element deb qaralsagina, o’zlashgan hisoblanadi.
Prefiksal va prefiksal-suffiksal usullar yordamida hosil bo'lgan terminlar namunasini tahlil qilganda, tez-tez uchraydigan assimilyatsiya hodisasi kuzatiladi. Prefiks o’zakning boshlang'ich tovushi ta'siri ostida o’zakka biriktirilganda, prefiksda o'zgarishlar yuz berishi haqiqatidan dalolat beradi. Bunday holda, prefiksdagi oxirgi undosh to'liq yoki qisman o’zak tovushiga o'xshaydi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |