Ingliz tili ming yillik tarixga EGA


Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati



Download 346,45 Kb.
bet5/14
Sana25.01.2022
Hajmi346,45 Kb.
#409908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Zamonaviy ingliz tilida frazealogik birliklarning umumiy struktur semantik va grammatik xususiyatlari” mavzusidagi

Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishda ko’rilgan masalalar ingliz tili leksikologiyasi, tarjimashunoslik va qiyosiy tilshunoslik kabi sohalarga ma’lum bir hissa bolib qo’shiladi. Amaliy leksikologiya va tarjimashunoslik bo’yicha darslik va o’quv qo’llanmalar yaratishda material sifatida xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, ingliz tili va o’zbek tillarini o’rganuvchilar uchun, tarjimonlar uchun zarur manba bo’lishi mumkin.

Bitiruv malakaviy ishning manbai. Bitiruv malakaviy ishni yoritishda ingliz va rus olimlarning frazeologik birliklar, ularning xususiyatlari va olimlar tomonidan yaratilgan klassifikatsiyasi haqidagi fikrlariga tayanildi. Undagi taqdim etilgan materiallar adabiyotlar ro’yxatida ko’rsatilgan inglizcha-ruscha va ruscha-inglizcha frazeologik lug’atlar, o’zbek tili frazeologik lug’atlariga asoslangan.

I Bob. Frazeologiya lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida.



    1. Frazeologiyaning maqsad va vazifalari

Frazeologiya (grekcha phrasis-’’ifoda’’, logos- bilim,o’rganish) – tildagi mustahkam birikmalarni o’rganuvchi tilshunoslik bo’limidir. Shuningdek frazeologiya deb butun bir tildagi, u yoki bu yozuvchining tilidagi aloxida badiiy asar tilidagi mustahkam birikmalarning uyg’unligi ham deb atalishi mumkin.

Frazeologiya mustaqil lingvistik bo’lim sifatida paydo bo’lganiga uzoq bo’lgani yo’q. ’’Uni tadqiq etish metodlari va hajmi predmeti va vazifalari yetarlicha aniqlanmagan , to’liq yoritilmagan’’ 4(V.B). Frazeologizmlarning boshqa erkin so’z birikmalari bilan taqqoslab ularning asosiy xususiyatlari, frazeologik birliklarning klassifikatsiyasi boshqa nutq birliklar bilan ifodalanishi va x.k kabi masalalar ancha tadqiq etilgan. Tilshunos olimlarga frazeologizm nima degan savolga umumiy qarash nuqtai nazar xosil bo’lmagan. Ba’zi olimlar [L.P. Smit, V.P. Jukov, V.N. Temeya, N.M. Shanskiy va bosh.] frazeologiya tarkibiga uning mustaxkam birikmalarini kirgizsa, boshqalari (N.N. Amosova, A.M.Babkin, A.I. Smirnitskiy va boshqalar ) -faqat aniq muayyan guruhlarni xisobga oladi. Shuningdek ba’zi tilshunoslar (xuddi shuningdek akademik V.V.Vinogradov ) frazeologizmlarga maqollarni va matallarni kiritmaydi, ularni o’z semantik va sintaktik tuzulishiga ko’ra frazeologik birliklardan farq qiladi deb hisoblagan. B.B.Vinogradov ta’kidlagan: ” maqollar va matallar gap tuzulishiga ega va so’zning semantik ekvivalenti emas’’5

Frazeologiyaning lingvistik sifatidagi vazifasiga uning u yoki bu tilning frazeologik fondini har tomonlama o’rganish kiradi. Bu fanni tadqiq qilishning muhim aspektlari shundaki frazeologik birliklarning mustaxkamligi frazeologiyaning sistemaviyligi va frazeologik birliklarning semantik tuzulishi, ularning kelib chiqishi va asosiy funksiyalari. Frazeologiyaning anchayin qiyin bo’lishi frazeologik birliklarning tarjimasi bo’lib, bu dissiplinani tadqiq etish sohasida kattagina tajriba va mahorat talab etadi.

Frazeologiya – frazeologik birliklarni ajratish prinsiplarini, ularni o’rganish metodlarini, klassifikatsiyasini va frazeografiyani ,frazeologizmlarni lug’atlarda berilishini ishlab chiqadi. Frazeologiya turli tadqiqot metodlaridan foydalanadi,masalan ma’noning komponent analizi. Tilshunoslik bazasida mavjud bo’lgan tadqiqot metodlarida ’’xususiy frazeologik analiz va tasvirlash ’’;



  1. Identifikatsiya metodi- frazeologizmlar hosil qiluvchi so’z va sintaktik konstruksiyalarni ularning erkin naloglari bilan o’rnatish.

  2. Aplikatsiya metodi – indentifikatsiya metodining----------------------------------

Frazeologiya favqulotta murakkab hodisa bo’lib, u o’z tadqiqot metodlarini taqozo etadi va shuningdek boshqa turli leksikologiya, grammatika, stilistika, fonetika, til tarixi, falsafa tarixi, mantiq va mamlakatshunoslik kabi fanlar tomonidan ham tadqiq etiladi.

Tilshunoslarning frazeologiya muammosi borasidagi fikrlari, qarashlari bir xil emasligi tabiiydir. Bundan tashqari frazeologiya sohasida ish olib borayotgan lingvistlarning muhim vazifasi frazeologiya nazariyasini chet tillarini o’rgatish amaliyoti bilan uyg’unlikdagi yuqori nuqtasini topishdir.

Ingliz va amerika lingvistik adabiyotlarida aynan maxsus frazeologiya nazaryasiga bag’ishlangan ishlar ko’p emas, ammo mavjud eng sezilarli ishlarda ham bunday fundamental masalalar yani frazeologizmlarning ajratishini ilmiy asoslangan kriteriyalari frazeologik birlik va so’z munosabati, frazeologiyaning sistemaviyligi, frazeologik variantdoshlik, frazeologiyaning xosil bo’lishi, frazeologiyaning tadqiqot metodlari va bosh kabi masalalar qo’yilmaydi. Shuningdek ingliz va amerika olimlari tomonidan frazeologiya lingvistik dissiplika sifatida masalasi ham ko’rib chiqilmaydi. Bu esa ingliz tilida ushbu dissiplinaning mavjud emasligidan dalolat beradi.

Frazeologiya (gr. phrasis-ifoda va logos-ta’limot) atamasi ikki ma’noda ishlatiladi: 1) til frazeologik tarkibini о‘rganuvchi tilshunoslik sohasi; 2) shu tilning frazeologizmi majmui.

Frazeologiyaning о‘rganish predmeti frazeologizmning tabiati va substansional xususiyatlari hamda ularning nutqda amal qilish qonuniyatidir.

Frazeologizm til hodisasi sifatida lison va nutqqa daxldor birlikdir. Birdan ortiq mustaqil leksema kо‘rinishining birikuvidan tashkil topib, obrazli ma’noviy tabiatga ega bо‘lgan lisoniy birlik frazeologizm deyiladi.

Frazeologizm ibora, frazeologik birlik, turg‘un birikma, barqaror birikma, frazeologik birikma atamalari bilan ham yuritiladi.

Frazeologiya leksikologiya bо‘limining tarkibiy qismidir. Frazeologizm tashkil etuvchisiga kо‘ra qо‘shma leksema, sо‘z birikmasi va gapga о‘xshaydi. Biroq ular kо‘proq qо‘shma leksema kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizm lisonda barcha lisoniy birliklarga xos bо‘lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon bо‘ladi.

Frazeologizm lug‘aviy birlik bо‘lganligidan u nutq jarayonida gap tarkibida bir mustaqil sо‘z kabi harakat qiladi - bir gap bо‘lagi yoki kengaytiruvchi sifatida keladi.

Frazeologizm tashqi kо‘rinishi jihatidan sо‘z birikmasi yoki gap kо‘rinishida bо‘ladi. Sо‘z birikmasi kо‘rinishidagi frazeologizm: (kо‘ngli bо‘sh), (enka-tinkasini chiqarmoq), (jig‘iga tegmoq) (bel bog‘lamoq), (kir izlamoq), (terisiga sig‘may ketmoq) va h. Gap tipidagi frazeologizm «gap kengaytiruvchisi+kesim» qolipi mahsuli: (istarasi issiq), (ichi qora), (labi-labiga tegmaydi), (kо‘ngli ochiq), (tarvuzi qо‘ltig‘idan tushmoq), (kapalagi uchib ketdi), (pо‘konidan yel о‘tmagan), (tepa sochi tikka bо‘lmoq) va h.

Ayrim leksik birliklar frazeologizmning tadrijiy taraqqiyoti mahsulidir: (dardisar), (toshbag‘I) ( boshog‘riq). Demak, leksema hosil bо‘lish manbalaridan biri – frazeologizm.

Frazeologizm, asosan, belgi va harakat ifodalaydi. Demak, ular grammatik jihatdan belgi yoki harakat bildiruvchi sо‘z turkumiga mansub.

Fe’l turkumiga mansub frazeologizmlar: (me’dasiga tegmoq), (yaxshi kо’rmoq), (holdan toymoq), (sabr kosasi tо’lmoq), (tepa sochi tikka bо’lmoq), (og‘ziga talqon solmoq), (podadan oldin chang chiqarmoq).

Sifat turkumiga mansub frazeologizm: (kо‘ngli bо’sh), (rangi sovuq), (yuragi toza), (avzoyi bejo), (dili siyoh), (kayfi buzuq).




Download 346,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish