Ingliz tili darslarini hikoya metodi asosida tashkil etish. Homidova Shohida Sayitmurod qizi



Download 21,3 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi21,3 Kb.
#625055
Bog'liq
tòliq


Ingliz tili darslarini hikoya metodi asosida tashkil etish.

Homidova Shohida Sayitmurod qizi
NavDPI ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi
2-kurs talabasi
userhomidova@gmail.com
Ilmiy rahbar: Aminova Feruza Hayitovna
NavDPI umumiy pedagogika
psixologiya fanlari dotsenti, p.f.n
Annotatsiya. Hozirgi kunda ingliz tilini o’qitish jarayonida o’quvchilarda ijodiy qobilyatni shakllantirish, ijodiy fikrlashni rivojlantirish maqsadida hikoya metodidan foydalanish eng samarali dars o’tish usulidir.
Kalit so’zlar: dars,hikoya,metod,ta’lim
Annotation. Nowadays, the most effective teaching way is to use the storytelling method to form creative ability and to develop creative thinking in the process of teaching English.
Key words: lesson,story,method,education
Аннотация. В настоящее время наиболее эффективным способом обучения является использование метода сторителлинга для формирования творческих способностей и развития творческого мышления в процессе обучения английскому языку.
Ключые слова: урок,история, метод,образование
Dars - maktab taʼlimining asosiy tashkiliy shakli. Dars muayyan miqdordagi doimiy oʻquvchilar tarkibi bilan qatʼiy tartibda uyushtiriladigan va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan didaktik tadbirdir.1
Hikoya - badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar.2
Metod (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya, taʼlimot)- voqelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish uchun yoʻlyoʻriklar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli.3
Ta’lim- bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.4
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda xorijiy tillarni o’rganish zamon talabiga aylanmoqda. Darsni to’g’ri tashkil qilish, didaktik ishlarning xilma-xilligi talabalarda turli xil maqsadli munosabatlarni vujudga keltiradi, mustaqil ishlashga sarflanadigan vaqt ko'payadi. Mustaqil ishlash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallash talabalarni ijodiy ishlarga o'rgatadi, ijodiy fikrlashni rivojlantiradi, ularni kasbiy faoliyat tizimida qo'llash uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratadi, og'zaki va yozma nutq qobiliyatini yaxshilaydi, fikrlarni, his-tuyg'ular va his-tuyg'ularni ifodalashga ustunlik beradi, shuningdek fikr yuritish qobiliyatiga ega. Har xil vazifalardan qanchalik ko'p foydalanilsa, natijalar shunchalik samarali bo'ladi.
Avvalambor,ingliz tili darslarini tashkil qilish borasida so’z yuritishdan oldin hikoya metodiga to’xtalib o’tish lozim deb o’ylayman. Hikoya o’quv materiallarini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og’zaki metodlardan biri.Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi.Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar,yil fasllari, ona shahri,yozuvchilar va turli mavzularda bo’lishi mumkin.
Ingliz tili darslarini hikoya metodi asosida tashkil etishning ahamiyati shundaki,bolalarda ingliz tilidagi hikoya yoki matnlarni tushinish,tinglay olish,mazmuniga munosabat bildirish, savollarga javob berish kabi qobilyatlarni shakllantiradi.Bundan tashqari, hikoya tarkibida kelgan yangi so’zlarni aynan gapda qanday manoda va boshqa grammatik bog’lovchilar bilan qo’llanilganiga guvoh bo’ladi.
Yurtimiz talim tizimini takomillashtirish maqsadida yangidan yangi g’oyalar ishlab chiqish bgungi kunning shu sohada faoliyat yuritayotgan barcha shaxslar zimmasiga ulkan vazifa qilib berildi.Shu jumladan, Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ham buni alohida ta’kidlab o’tganlar:” Chet tillarni o‘rganishni tashkil qilishning amaldagi tizimini tahlil etish shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilg‘or axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga to‘liq javob bermayapti. Ta’lim asosan an’anaviy uslublarda olib borilmoqda. Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz o‘rganishni tashkil qilish,
shuningdek, o‘qituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi.”.5
Xulosa qilib aytganda,ingliz tili darslarida o’quvchining rolini yanada oshirish va bunda hikoyalar tuzish orqali aqliy va ijodiy qobilyatni rivojlantirish,xotirani mustahkamlashga erishish orqali nafaqat yangi tilga bo’lgan ko’nikmani hosil qiladi, balki ularning kelajak tafakkurini yuksaltirishga turtki bo’ladi.



1https://uz.wikipedia.org/wiki/Dars

2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Hikoya

3 https://uz.wikipedia.org/wiki/Metod

4 https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Ta%CA%BClim

5 PQ-1875-son 10.12.2012.”Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”

Download 21,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish