XO‘JAMSHUKUROV N.A.
FERMENTLAR
INGENERIYASI
2
3
XO„JAMSHUKUROV N.A.
FERMENTLAR
INGENERIYASI
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan oliy o‘quv yurti talalbalari uchun darslik sifatida
tavsiya etilgan
TOSHKENT
2018
4
Xo„jamshukurov N.
Fermentlar
ingeneriyasi.
Xo„jamshukurov N.A. Darslik. O„zbekiston
respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi.- Тoshkent;, 2018. –180 b.
Taqrizchilar:
Tilyabaev Zaitjon
biologiya fanlari doktori, professor. O„zR FA O.Sodiqov
nomidagi “Bioorganik kimyo” instituti etakchi ilmiy xodimi.
Hasanov
Hasan Tursunovich
biologiya fanlari nomzodi, dotsent. Toshkent kimyo-
texnologiya institute, “Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrsi
dotsenti.
Xalilov Ilxom
Mamatqulovich
biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. Toshkent
farmasevtika institute, “Biotexnologiya” kafedrsi dotsenti.
Mazkur darslik 5320500-biotexnologiya (tarmoqlar bo„yicha) yo„nalishi
bo„yicha bakalavrlar tayyorlash o„quv rejasiga ko„ra «Fermentlar ingeneriyasi» fani
bo„yicha tuzilgan namunaviy dastur asosida tayyorlangan. Darslik fermentlar,
fermentlarning umumiy xususiyatlari, klassifikatsiyalari, fermentlarning turli
sohalarda qo„llanilishi, mikroorganizmlar fermentlari, mikroorganizmlar asosida
fermentlar ishlab chiqarish texnologiyasi, fermentlar immobilizasiyasi va tozalash
usullari kabi asosiy tushunchalar berilgan.
5
Kirish
Hozirgi vaqtda fermentlar biotexnologiyasi asosida oziq ovqat va ozuqa
mahsulotlarini keng miqdorda tayyorlash imkoniyati yaratilgan bo„lib,
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ham fermentlarning ishlatilish chegarasi
beqiyosdir.
Oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarishning biologik
bosqichlarini, qator o„tadigan biokimyoviy reaksiyalarning ketma-ketligiga
e‟tibor beradigan bo„lsak, bunda fermentlarning salmoqli hissasini ko„rishimiz
mumkin. Katalizator (ferment) ishtirokida substratning o„zgarishi tez amalga
oshishini e‟tiborga olsak, boshqa shunga o„xshagan reaksiyalardan afzalroq
o„tishini kuzatish unchalik qiyinchilik tug„dirmaydi.
Ko„p asrlar davomida olib borilgan kuzatishlar, mikroblar yordamida
amalga oshiriladigan o„zgarishlar, o„zlarining tezligi va energiyaga bo„lgan
muhtojliklari bo„yicha nafaqat kimyoviy reaksiyalardan, balki, boshqa biologik
manbalarga nisbatan ham qator ustunliklarga ega ekanliklarini namoyish
etganlar.
Avlod-ajdodlarimiz hali mikroorganizm degan tiriklik borligidan xabarsiz
bo„lgan davrlarda ham ular yordamida xilma-xil ozuqa va ichimlik mahsulotlari
tayyorlab iste‟mol qilishganlar. O„sha vaqtlarda, ya‟ni qadimda insonlar
biologik mohiyatni tushunmasdan, uni bilmasdan turib, mikroorganizmlarni
saqlash va ulardan ba‟zi bir texnologik jarayonlarda foydalanish yo„llarini
bilganlar. Mikroorganizmlardan ajralgan fermentlar yordamida tayyorlangan
dastlabki mahsulotlar pivo va pishloq bo„lsa ajab emas. Hozirga kelib
fermentlar
yoki
mikroorganizmlarning
o„zlari
asosida
yaratilgan
biotexnologiyalar zamonaviy oziq-ovqat sanoatida etakchi o„rinlarda turadilar.
Bugungi kunda ozuqa mahsulotlarini ishlab-chiqarish sanoatning eng keng
tarqalgan sohasi bo„lib, haqiqatda mamlakatning byudjet aylanmasining 20-
25% ini tashkil etadi.
6
Ushbu ko„rsatkichni yanada oshirish uchun faqatgina oziq-ovqat va ozuqa
mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarida biologiya va biotexnologiya
fanlarining eng zamonaviy yutuqlarini joriy qilish orqali erishish mumkin deb
hisoblayman.
Mazkur darslik “Fermentlar injeneriyasi” fanining mamlakatimizda
fermentlar ishlab chiqarishni yanada takomillashtirishga mo„ljallangan o„quv
manbalaridan biri hisoblanadi.
Darslik fermentlar haqida umumiy tushuncha va ularning kinetikasi,
fermentlarning xalq xo„jaligidagi ahamiyati, mikrooorganizmlar fermentlari,
mikroorganizmlardan fermentlar olish texnologiyalari, immobilizatsiya usullari,
fermentlarni tozalash usullari kabi eng muhim mavzular izchil ketma-ketlikda
bayon etilgan. Bu esa kelajakda mamlakatimizda shu sohaning yanada etuk va
malakali mutaxassislarini tayyorlashiga asosiy turtki beruvchi manba bo„ladi
deb hisoblayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |