2) Substrat deformatsiyasiga gidrolaza, liaza va ba‟zi transferazalarning
ta‟siri misol bo`la oladi. Substrat fermentga birikkuncha “bo`shashgan”
konfiguratsiyada bo`lib, faol markaz bilan bog`langandan so`ng molekulasi
cho`ziladi (“deformatsiyalangan” konfiguratsiya). Substratdagi atomlararo
bog`lar qancha uzun bo`lsa, uning uzilishiga shuncha kam energiya sarf bo`ladi,
49
ya‟ni faollanish energiyasi pasayadi. Deformatsiya (cho`zilish) joyi suv
molekulalari ta‟siriga oson uchraydi.