Basketbol — inglizcha basketball soʻzida
olingan (basket — savat, ball — toʻp)
boʻlib, har birida beshtadan oʻyinchi
Michael Jordan
basketbol matchida
slam dunk
qilmoqda.
ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir.
Uyindan bosh maqsad — toʻpni qoʻl bilan
oʻynagan xolda 3,05 m balandlikdagi
shitga mustaxkamlangan savatga
tushirib, imkon qadar koʻproq ochko
olish. Xar bir jamoada beshtadan oʻyinchi
ishtirok etadi.
Basketbolning vatani AQSh, uning «otasi»
esa James Naismith hisoblanadi. Oʻyin
XIX asr oxirida paydo boʻlgan. Springfild
xalqaro mashgulotlar maktabining
jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, bir paytlar
ajoyib regbichi va gimnastikachi boʻlgan
James Naismith (1861-yil tug'ilgan —
1932-yil vafot etgan) talabalarning qishki
paytda jismonan yanada koʻproq
chiniqtirish maqsadida zalda toʻp bilan
oʻynaladigan yangi oʻyin oʻylab topdi. U
toʻpni tashlash orqali talabalarning
merganligini tekshirib koʻrish uchun
qorovuldan ikki boʻsh quti keltirishni
iltimos qildi. Quti topa olmagan qorovul
meva solinadigan savat keltirdi.
Savatlarni balandligi 3,05 m bulgan
zalning ikki tomonidagi balkonga
oʻrnashtirdi. SHu tariqa basketbol
vujudga keldi. Neysmit yangi oʻyinning
qoidalarini ishlab chiqdi va 1891 yilning
21 dekabrda Springfild maktabining
zalida birinchi basketbol uchrashuvi
oʻtkazildi. Guruxda 18 talaba mavjud edi.
Uyinda xar biri 9 kishidan iborat 2 jamoa
ishtirok etdi. Basketbolning dastlabki
qoidalari 13 qismdan iborat edi va
ulardan baʼzilari xozirgacha saqlanib
qolingan. 1893 yilda savatlarni toʻrli temir
aylana bilan almashtirishdi. 1895 yilda
esa ular shitlarga oʻrnatildi. Oradan 2 yil
oʻtgach, xar bir jamoada 5 kishidan
maydonga tushadigan boʻlishdi. 1893
yilda frantsiyalik Mel Ridu Springfild
kollejini bitirgach, vataniga qaytdi va
xamyurtlarini yangi oʻyin bilan tanishtirdi.
SHu tariqa basketbol butun Yevropaga
tarqala boshladi. 1894 yilda esa Bob
Geyli xitoyliklarni, Dunkan Petton esa
xindlarni basketbol bilan tanishtirdi. 1927
yilning sentyabrda Jeneva jismoniya
tarbiya maktabi ochildi va Springfild
kolleji oʻqituvchisi doktor Elmer Beri
maktab direktorii etib tayinlandi. Ushbu
maktab bitiruvchilari tufayli basketbol
Latviya, Litva, Italiya, Frantsiya,
CHexoslavakiyada ommaviylashib ketdi.
Koʻpgina mamlakatlarda basketbol
assotsiatsiyalari tashkil topdi. 1932 yil 18
iyunda Jenevada milliy basketbol
assotsiatsiyalarining dastlabki xalqaro
konferentsiyasi oʻtkazildi va unda Xalqaro
Basketbol Federatsiyasi (FIBA) tashkil
etildi. 1999 yilga kelib FIBAga aʼzo
davlatlar soni 180 dan oshib ketdi. 1936
yilgi Berlin Olimpiadasidan boshlab
basketbol Olimpiadalar dasturidan oʻrin
oldi. 1935 yildan Yevropa, 1950 yildan
boshlab jaxon chempionatlari oʻtkazilib
kelinmoqda. Ayollar basketboli esa 1976
yili Monrealdagi Olimpiadada debyutini
nishonladi. AQSH t/j dunyodagi eng
kuchli basketbol jamoasi xisoblanadi.
Jaxondagi eng kuchli basketbol ligasi
xam Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi
(MBA)dir. Liganing nomdor professional
basketbolchilari 1992 yilgi Olimpiadadan
boshlab AQSH t/j sharafini yirik
musobaqalarda xam ximoya qilib
kelmoqda. Olimpiada oʻyinlari basketbol
turnirida eng koʻp AQSH t/j golib
chiqqan — 12 marta, Faqatgina SSSR 2
marta (1972, 1988), Yugoslaviya (1980)
va Argentina (2004) Olimpiada
chempioni nomini tortib olgan. Basketbol
tarixidagi eng buyuk oʻyinchilar AQSHlik
Karim Abduljabbar, Lerri Berd, Medjik
Djonson, Uilt CHemberlen, Uilyam Rassel,
Maykl Jordon xisoblanishadi. Zamonaviy
basketbol yulduzlaridan SHakil Oʻnil, Kobi
Brayant, Tim Dankan, Alen Ayverson,
Lebron Djeymslarni eʼtirof etish mumkin.
Yevropa basketboli yulduzlaridan
rossiyalik Andrey Kirilenko, germaniyalik
Dirk Novitski, ispaniyalik Pou Gazol,
serbiyalik Predrag Stoyakovich va
frantsiyalik Toni Parkerlarni eʼtirof etish
mumkin. SHuningdek xitoylik Yao Min va
argentinalik Emmanuel Jinobili xam Dune
basketbol ixlosmandlari orasida katta
nufuzga ega.
Manbalar
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston
milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Basketbol&oldid=1969558
"
dan olindi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Last edited 1 year ago by Abdumal…
Do'stlaringiz bilan baham: |