guard, SG); uning vazifasi — uzoq
masofadan toʻpni savatga tushirish.
Jamoa himoyalanayotganda esa, uch
ochkolik zarbalardan savatni himoya
qilish. Ularni jamoaning „snayperi“ deb
ham atash mumkin. Ular chaqqon va
tezkor boʻlishadi. Shuningdek, yaxshi
sakray olishadi. Oʻrtacha boʻyi
taxminan 193-201 sm ni tashkil qiladi.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki,
koʻplab basketbol afsonalari, masalan,
Michael Jordan,
Reggie Miller
,
Clyde
Drexler
,
Oscar Robertson
,
Jerry West
,
Allan Houston
,
Allan Iverson
,
Kobe
Bryant
,
Dwayne Wade
kabilar aynan
hujumkor himoyachi boʻlishgan. Hozirgi
kunda oʻynayotgan NBA oʻyinchilaridan
James Harden
va
Klay Thompsonni
ham alohida aytib oʻtish mumkin.
Pleymeyker (ing. Point guard, PG);
Jamoaning „miya“si. Hamma hujumlar
aynan shu oʻyinchi orqali boshlanadi. U
maydondagi barcha oʻyinchilarning
joylashuvi vaziyatini va imkoinyatlarini
oʻrganib, hujum uchun kerakli
yoʻnalishni tanlaydi. Toʻp bilan
muomala qilish darajasi juda yuqori.
Maydonni yaxshi koʻra olishadi.
Himoya vaqtida esa raqib tezkor qarshi
hujumga oʻtib ketishining oldini
olishadi. Jamoaning boshqa
oʻyinchilariga nisbatan biroz past boʻyli
boʻlishi ham mumkin. Oʻrtacha boʻyi
taxminan 185-195 sm ni tashkil qiladi.
Bu pozitsiyada oʻynagan eng mashhur
oʻyinchi bu
Magic Johnsondir
. U 3
marta
NBAning
eng qimmatli oʻyinchisi
deb eʼtirof etilgan. Bunday unvonga
yana
Oscar Robertson
,
Allen Iverson
,
Steve Nash
va
Stephen Currylar
erishishgan. NBA boʻyicha eng koʻp
samarali toʻp uzatishlar soni 15086 ga
teng boʻlib, bu natija
John Stockton
ga
tegishli.
Kichik hujumchi ( ing. Small forward, SF);
vazifasi hujumkor himoyachinikiga
oʻxshash, lekin boʻy jihatdan biroz
balandroq boʻlishadi (oʻrtacha boʻyi
taxminan 195-210 sm), shuningdek,
maydonning istalgan nuqtasidan
savatga toʻp tashlay oladi, raqib
toʻplarini qaytarish uchun blok (ing.
Block shoot) qoʻyishadi. Bu pozitsiyada
oʻynaydigan mashhur oʻyinchilardan
LeBron James
,
Kevin Durant
,
Skotty
Pippen
,
Carmelo Anthony
va rossiyalik
basketbolchi
Andrei Kirilenko
larni aytib
oʻtish mumkin.
Ogʻir hujumchi (ing. Power forward, PF);
asosiy vazifasi hujum vaqtida va
himoyalanishda savatdan qaytgan
toʻplarni qoʻlga kiritish. Shu sababli bu
pozitsiyada oʻynaydigan oʻyinchilar
jismonan baquvvat va chidamli
boʻlishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 200-
215 sm ni tashkil etadi. Asosan, toʻpni
savatga
slem-dank
koʻrinishida
tushirishadi. Boshqa pozitsiyadagi
oʻyinchilar, masalan, hujumkor
himoyachi yoki kichik hujumchi ham
bunday dankni amalga oshirishi
mumkin. Lekin ogʻir hujumchilar bu
zarbani mutlaqo boshqacha kuch bilan
ijro etishadi. Bu pozitsiyada oʻynagan
Kevin Garnett
,
Tim Duncan
,
Dirk
Nowitzki
,
Dennis Rodman
,
Ben Wallace
kabi oʻyinchilarni misol qilib
keltirishimiz mumkin.
Markaziy oʻyinchi (ing. Center, C); uning
vazifasi — jamoa himoyalanayotganda,
savatni himoya qilish va raqibga
savatdan qaytgan toʻp ( ing.
rebound
)ni
qoʻlga kiritishiga yoʻl qoʻymaslik. Hujum
vaqtida esa, aynan savatdan qaytgan
toʻplarni raqib savatiga tushirish bilan
shugʻullanishadi. Bu toifadagi
basketbolchilar jamoaning boshqa
aʼzolariga nisbatan boʻydorroq va
jismonan baquvvatroq boʻlishadi.
Jarimadan toʻpni savatga tushirishda
esa, koʻrsatkichlari 70 % dan kamroq
boʻladi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 210-
225 sm boʻladi. Bu pozitsiyada
oʻynagan eng yorqin
basketbolchilardan biri — bu
Uilt
Chemberlendir
. Uning baʼzi rekordlari
haligacha ham yangilanmagan
(masalan, u bitta oʻyinda 100 ochko
toʻplagan yagona oʻyinchi hisoblanadi).
Shuningdek,
Shaquille O'Neal
,
Alexsander Belov
,
Arvydas Sabonis
,
Yao Min
,
Dwight Howard
,
Patric Young
,
David Robinson
,
Kareem Abdul-Jabbar
kabi oʻyinchilar ham basketbol
tarixidagi eng kuchli markaziy
oʻyinchilar hisoblanadi.
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Manbalar
Soʻnggi tahrir 10 kunlar avval Rdp060707 tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Basketbol&oldid=2178455
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |