Infratuzilmasi kafedrasi transport infratuzilmasis


-jadval O‘zbekistonning transport sohasidagi asosiy ko‘rstakichlari (2007-2017 yillar uchun)



Download 6,76 Mb.
bet21/88
Sana18.09.2022
Hajmi6,76 Mb.
#849239
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88
Bog'liq
transport infratuzilmasi

-jadval
O‘zbekistonning transport sohasidagi asosiy ko‘rstakichlari (2007-2017 yillar uchun)

Yillar

YaIM, mln doll.

Temir yo‘lda tashilgan tranzit
hajmi, mln
t

Avtomobilda tashilgan
tranzit hajmi,
mln t

Tashish va saqlash
tizimiga
kiritlgan
investitsiya, mln doll

Avtomobil transportida
yuk tashuv
hajmi,
mln t

Temir yo‘lda yuk tashuv hajmi, mln t.

2007

22310

9.117

0.448

181.76

253.5

58

2008

29550

9.758

0.459

327.51

283.4

62.9

2009

33690

10.444

0.47

597.46

299.9

65.6

2010

39330

8.38

0.547

560.66

324

56.9

2011

45920

11.221

0.687

415.25

350.7

59.6

2012

51820

11.984

0.904

448.04

379.1

61.5

2013

57690

8.158

0.775

519.87

398.5

63.7

2014

63070

7.881

0.621

454.07

419.1

65.7

2015

66900

7.602

0.513

357.43

440.1

67.2

2016

67220

7.771

0.476

478.89

468.8

67.6

2017

72463.2

7.108

0.602

394.21

499.3

68.1

Xususan, mazkur modeldan quyidagi xulosani chiqarish mumkin: agar temir yo‘l orqali tranzit hajmi 1 mln tonnaga ortsa, YaIM hajmi
ham 783 mln dollarga ortadi; agar avtomobil transporti orqali tranzit hajmi 1 mln tonnaga ortsa, YaIM hajmi ham 138,81 mln dollarga ortadi; agar transport sohasiga investitsiya hajmi 1 mln dollarga ortsa, YaIM hajmi ham 2,97 mln dollarga ortar ekan;
agar avtomobil transport orqali yuk tashish hajmi 1 mln tonnaga
ortsa, YaIM hajmi ham 187,5 mln dollarga ortadi; agar temir yo‘l orqali yuk tashish hajmi 1 mln tonnaga ortsa, YaIM hajmi 229,42 mln dollarga ortadi.
Mazkur yo‘nalishdagi tahlillar, O‘zbekistonda bir yilda 1 km masofa uchun avtomobil transportida (tekstil mahsulotini tashish uchun) taxminan 44,86 ming AQSh dollari, temir yo‘lda esa 30,31 ming AQSh dollari miqdorida transport xarajatlari sarflanganligini ko‘rsatdi.
Agar yuqorida qayd etilgan model talablari bajarilsa, har bir km uchun avtomobil transportida faqat tekstil mahsuloti xalqaro tashuvlari uchun bir yilda 22,43 ming, temir yo‘lda 15,16 ming AQSh dollari miqdoridagi ortiqcha xarajatni tejash mumkin bo‘ladi.
Qolaversa, tranzit tashuvlarini 1% ga ortishi, O‘zbekiston temir yo‘llari misolida olib qaraganda, taxminan 20 mln AQSh dollari miqdorida qo‘shimcha tushumga olib keladi. Mintaqa orqali tashilayotgan yuk tashuvini 15% ga oshirish imkoniyati borligini inobatga olinadigan bo‘lsa, bir yilda mamlakat temir yo‘llari orqali tashilayotgan tranzit tushumlarini mos ravishda 15%ga ortishini prognoz qilish mumkin. Bu 300 mln AQSh dollari miqdorida yillik qo‘shimcha daromadni keltiradi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining transport tizimini jahon transport tarmog‘iga integratsiyalashuvini jadallashtirish uchun mintaqa davlatlari transport tizimlarini kooperatsiyalashuviga erishish kerak.

  1. Mintaqa davlatlarining transport sohasidagi siyosatini muvofiqlashtirishga bo‘lgan zarurat bugungi kunda amaldagi ikki tomonlama shartnomalar asosida yo‘lga qo‘yilgan mexanizmning samarasizligi bilan izohlanadi. Xususan, mintaqa transport tizimi xizmatlariga bo‘lgan talabning ortishi sharoitida mintaqa davlatlari hududi orqali tashilayotgan xalqaro yuklar hajmida nafaqat barqarorlik, balki salbiy tendensiyalar kuzatiloqda. Bunga, dissertatsiya ishi davomida tadqiq etilgan qator muammolar kompleks tarzda ta’sir ko‘rsatmoqda.

  2. Mintaqaviy transport tizimiga salbiy omillar ta’sir darajasi yuqori va o‘z navbatida ijobiy omillar barqaror emas. Asosiy salbiy omil sifatida mintaqaning ayrim davlatlariga, xususan O‘zbekiston manfaatiga zid bo‘lgan transport loyihalarning rivojlanayotganligini qayd etish lozim.

  3. Har qanday mintaqadan tashqaridagi davlat mintaqa transport xizmatlaridan foydalanishda uni yagona tizim sifatida ko‘rishni xohlaydi. Chunki mintaqa orqali tashiladigan xalqaro yuklarni tashishda yagona kelishuv asosida hamda bir xillashtirilgan talablar va protseduralardan o‘tish vaqtni hamda moliyaviy xarajatlarni tejaydi. Bu borada, Markaziy Osiyo mintaqasi logistik nuqtai-nazardan qulay hudud shakliga ega, ya’ni mintaqa davlatlarida xalqaro logistik markazlarning joylashuvini optimallashtirish va o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yilishi mintaqaning transport jozibadorligini yanada oshiradi. Mazkur holatlar mintaqa transport tizimini o‘zaro muvofiqlashtirishni taqozo etadi.

Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, mintaqaviy transport tizimini samarali muvofiqlashtirish mexanizmini tashkil etish yo‘lida quyidagi taklif va tavsiyalar mavjud:
Milliy darajadagi transport tizimi uchun:

    1. O‘zbekiston transport tizimini samarali boshqarish bo‘yicha huquqiy – tashkiliy yo‘nalishda:

Mamlakat transport tizimini doimiy monitoringini olib borish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Qurilish sanoati, kapital qurilish, kommunal soha va transport masalalari bo‘yicha axborot tahliliy departamenti» mutaxassislari, vakolatli tashkilot va idoralarning mas’ul xodimlari, shuningdek transport sohasida yetakchi olim va ekspertlar tarkibidagi ishchi guruh faoliyatini tashkil etish. Ishchi guruh yig‘ilishi muhokamasiga mamlakat transport tizimidagi muammolar qamrovidan, qolaversa transport sohasidagi manfaatlarga bo‘layotgan tahdidlardan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda transport turlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, yagona siyosat yurituvchi davlat boshqaruv organi faoliyatini shakllantirish masalasini qo‘yish; ishchi guruh tomonidan mamlakat transport tizimini kompleks monitoring qilish mexanizmini takomillashtirish va bunda dissertatsiyada ishlab chiqilgan (indikativ yondashuv asosida) metodikadan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi;
O‘zbekistonning transport sohasidagi uzoq muddatli ichki va tashqi siyosatini belgilab beruvchi Davlat strategiyasini ishlab chiqish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish.

    1. O‘zbekiston orqali xalqaro tashuv jarayonini takomillashtirish va ushbu jarayonni xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish yo‘nalishida: tranzit va transport sohasidagi milliy qonunchilik hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari talablariga muvofiqligini tahlil qilish;

O‘zbekiston Respublikasi transport sohasidagi shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish; tranzit va tariflar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi me’yoriyhuquqiy hujjatlarini mintaqa davlatlarida amalda bo‘lgan me’yoriyhuquqiy hujjatlar bilan solishtirish va ularni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; mamlakat orqali o‘tuvchi tranzit jarayonini tartibga solish maqsadida «Tranzit to‘g‘risidagi qonun»ni ishlab chiqish va qabul qilish; xizmat ko‘rsatishning zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish, jumladan avtotransportlarda tashiladigan yuklarni qo‘zg‘atmasdan tekshirish imkoniyatiga ega maxsus skanerlardan foydalanish; import va eksport tashuvlarida milliy transport korxonalari ulushini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish; respublikadagi yuk o‘tkazish hajmi yuqori bo‘lgan temir yo‘l bojxona postlarini skaner ko‘rik apparatlari bilan ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasining temir yo‘l transporti orqali tashilayotgan yuklar ustidan bojxona ko‘rigini amalga oshirishga qaratilgan Qarorlari va ularning ilovasida keltirilgan ro‘yxatlarni soddalashtirish, shuningdek, chegara bojxona postlarida asosli gumon bo‘lmagan hamda skaner apparatlaridan o‘tkazilgan yuklarni qayta bojxona ko‘rigini bekor qilish;
O‘zbekistonda amalda bo‘lgan temir yo‘l tashuvlari uchun belgilangan tarif stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish choralarini ko‘rish;
«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati hisobidagi poyezd lokomotivlari sonini ko‘paytirish hamda yuk vagonalari holatini yaxshilashni jadallashtirish; mamlakatdagi tashqi savdo qatnashchilari va tashuvchi firmalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘z yuklarini milliy tashuvchilar xizmatidan foydalangan holda import va eksport qilayotgan tadbirkorlarga daromad solig‘idan soliq imtiyozlarini qo‘llash.
3. Mintaqa transport tizimida mamlakat transport tarmog‘i ahamiyatini oshirish, shuningdek O‘zbekistonni aylanib o‘tuvchi koridorlarning milliy iqtisodiy manfaatlarga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida:
xalqaro konferensiyalarda Tojikiston bilan bog‘liq 3 ta (TAT, «Xitoy-Qirg‘izston-Tojikiston» va «Rossiya-Qozog‘iston-Qirg‘izston-Tojikiston») loyihada ko‘zda tutilgan hududlarning tog‘li relefga egaligi, ayrim ishtirokchi davlatlarning moliyaviy imkoniyatlarining cheklanganligi, ushbu koridorlarning tranzit salohiyatini yuqori emasligi hamda bu yo‘nalishda amalda foydalanilayotgan, infrastrukturasi shakllangan O‘zbekiston orqali o‘tuvchi transport koridorlarining imkoniyatlarini targ‘ib etib borish; «Qozog‘iston-Turkmaniston-Eron» temir yo‘lining nisbatan (infratuzilmaning) yangiligi, ishtirokchi davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklarning mavjudligi, bugungi kunda faqatgina imtiyozlar orqali tranzit yuklarni jalb qilayotganligi hamda yo‘lning cho‘l hududida qurilganligi bilan bog‘liq muammolar sharoitida, an’anaviy bo‘lgan, ma’lum darajada infratuzilmaga ega O‘zbekiston orqali o‘tuvchi koridorlar istiqboli yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish, mazkur yo‘ldan foydalanish imkoniyati yuqori bo‘lgan davlatlarga (Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshq.) O‘zbekiston orqali harakatlanishlari uchun qo‘shimcha imtiyozlarni tatbiq etish; bir-birini aylanib o‘tuvchi tranzit koridorlardan o‘zaro manfaatli foydalanish yuzasidan mintaqa darajasidagi ko‘ptomonlama kelishuvga erishish. Jumladan, «G‘arbiy YEvropa - G‘arbiy Xitoy» avtomagistralidan O‘zbekiston ham Chimkent orqali bog‘lanib, Janubiy va Janubi-G‘arbiy Osiyo davlatlariga O‘zbekiston tranzit davlat vazifasini o‘tashini ta’minlash;
«O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘li loyihasini yakuniga yetkazish yuzasidan loyihaning 268 kmlik Qirg‘iziston qismidagi qurilish ishlarini imtiyozli shartlar asosida O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilishi masalasini o‘rganib chiqish. Bunda, Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Qurilish sanoati, kapital qurilish, kommunal soha va transport masalalari bo‘yicha axborot tahliliy Departamenti boshchiligida transport tizimiga aloqador tashkilot va idoralarni mutaxassislari, ekspertlar va olimlar ishtirokida «O‘zbekistonQirg‘iziston-Xitoy» temir yo‘li loyihasini amalga oshirish muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari» mavzusida ilmiy-amaliy seminar o‘tkazish;
«Toshkent-Andijon-O‘sh-Irkeshtom-Qashg‘ar» avtomobil koridorini Qirg‘izistonning janubiy hududidan o‘tgan qismini qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirish yuzasidan investitsion loyihalarni jalb qilishda O‘zbekiston tomoni ham birdek manfaatdor ekanligini hisobga olish.
Mintaqa darajasidagi transport tizimi uchun:

  1. Markaziy Osiyo transport tizimini samarali boshqarish va muvofiqlashtirish yo‘nalishida:

mintaqa transport tizimini samarali boshqarish mexanizmini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan 8 bosqichli konseptual model asosida tegishli xarakatlarni boshlash; mazkur modelda ko‘zda tutilgan konsepsiyada umummintaqaviy transport tizimini rivojlantirish dasturini ishlab chiqishni ko‘zda tutish;
mintaqa darajasida transport tizimini boshqarishda mazkur modelning 7-bosqichida ko‘zda tutilgan telematika tizimini qo‘llash va rivojlantirish, bunda yagona axborot ta’minoti va almashinuv markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish; mintaqada transport integratsiyasini rivojlantirish bo‘yicha YEI tajribasini Markaziy Osiyo mintaqasida qo‘llash bo‘yicha dissertatsiyada ishlab chiqilgan ssenariylarni O‘zbekiston manfaatlari kesimida talqin etish. Unda, keyingi harakatlarni ikkinchi ssenariy bo‘yicha amalga oshirilishini maqsadga muvofiq hisoblanadi;
YEI tajribasidan kelib chiqqan holda, mintaqadagi transport muammolarini bosqichmabosqich tegishli dasturlarni hayotga tatbiq etish orqali hal etib borish.

  1. Mintaqa orqali xalqaro tashuv jarayonini tartibga solish va takomillashtirish yo‘nalishida:

1972 va 1994 yillarda qabul qilingan konteyner tashuvlariga oid Konvensiyalarga mintaqa davlatlarini a’zo bo‘lish masalasini hukumatlararo yig‘ilishi kun tartibiga kiritish; mintaqada barcha davlatlar manfaatlarini ko‘zda tutuvchi transport sohasida uyg‘unlashtirilgan qoidalardan foydalanish zarurati mavjudligi to‘g‘risida ilmiy maqolalar, tahliliy materiallar tayyorlash va mintaqaviy tashkilotlar, loyihalar va dasturlar (MOMIH, ShHT va boshq.) doirasida o‘tkaziladigan forumlarda, yig‘ilishlarda ilgari surish; o‘zaro tranzit tashishlarda bosqichma-bosqich ko‘p tomonlama (mintaqa davlatlari o‘rtasida) kelishuvlardan foydalanish va uchinchi davlatlarga nisbatan yagona tranzit tariflari va shartlarini qo‘llash mexanizmiga o‘tish.

Download 6,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish