NSFNET - Internet tarmog‘ining tashkil etuvchi hisoblash tarmoq- laridan biri.
octet - sakkiz bitlar to‘plami, ya’ni, bayt
OSI - Open Systems InterConnect - Ochiq Sistemalar o‘zaro muloqoti - ISO turidagi tarmoq protokollari sistemasi.
OSPF (Open Shortest Path First) – ma’lumotlarni marshrutlashti- rishning yana bir protokoli.
Packet - ma’lumotlar portsiyasi. Internetda ma’lumotlar kichik bo‘- lakchalarga bo‘linadi, ularning har biri esa paketlar deb ataladi. Har bir paket tarmoqda boshqalariga bog‘liq bo‘lmagan holda harakat qiladi. Paketning kattaligi 40 dan 32000 baytgacha boradi. Ko‘pincha paket uzunligi 1500 bayt atrofida bo‘ladi.
Password - biror-bir oldindan aniqlangan sistemadagi sir saqlanadi- gan va harf hamda raqamlar ketma-ketligidan iborat bo‘lgan login nomingiz bo‘lib, Siz uni zarur bo‘lgan taqdirda o‘zgartira olishingiz nazarda tutilgan. Ushbu kod ma’lumotlaringizni o‘zgalardan, ularnikini esa Sizdan saqlaydigan informatsion himoya vositasidir.
Page - sahifa, Web gipermuhitining alohida hujjati bo‘lib, har bir sahifa o‘z nomiga ega.
PDF (Portable Document Format) - murakkab hujjatlarning universal ifodalanish formati.
PERL (Practical Extraction and Report Language) – CGI – texnologiyaning asosi bo‘lgan programma tillarining biri.
PHP – Web-sahifalarga interaktivlik xususiyatini berish uchun xizmat qiladigan programma tili.
PNG (Portable Network Graphics) – Internetda grafik tasvirlarni ifodalash uchun ishlab chiqilgan grafik format.
PPP – SLIP protokoliga o‘xshash tarmoq protokolining rivojlantirilgan bir turi.
Port - port
Internetdagi biror-bir aniq amaliy programmani bildiradigan sonli qiymat. Kompyuteringiz boshqasiga ma’lumot yuborayotganida bu paketda qaysi protokol ishlatilishi haqidagi informatsiya bo‘ladi (masalan, TCP yoki UDP) hamda mashina qaysi amaliy programma bilan aloqa qilishga intilayotganini bildiradigan ma’lumot ham ushbu paketda mavjud.
Kompyuterning biror-bir fizik qurilmalaridan biri (ular uchun kompyuterning orqa tomonida tegishli teshikcha, ya’ni, raz’em bo‘ladi). Afsuski, ushbu tushunchalar bir-biri bilan umuman bog‘liq emas. Birinchisi Internet haqida gapirganingizda qo‘llaniladi (masalan, «1462 port bilan telnet bo‘yicha aloqa o‘rnating»), ikkinchisi esa apparat qurilmalar haqida gap ketganida ishlatiladi. (Masalan, «modemni
kompyuterning orqa qismidagi ketma-ket portga ulang»).
Portal- portal bu «darboza» deyilib, u foydalanuvchilarni qulay usulda tezkor, to‘gri va to‘laqonli ma’lumotlar bilan ta’minlovchi sahifadir. Gorizontal portal umumiy ko‘rinishdagi turli xizmatlarni taklif qiluvchi Web-sahifa va vertikal portal turli mavzularga bo‘lingan bo‘lib, ushbu doiradagina xizmat ko‘rsatadigan sahifa.
Do'stlaringiz bilan baham: |