elementining boshlang‘ich va oxirgi tegalari orasida Web –sahifaning dizaynini aniqlab beradigan barcha elementlarni joylashtirish mumkin.
Agarda fonning rangini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, uning rangi quyidagi buyruq orqali o‘zgartiriladi: bgcolor=”#FFD700” – bu misolda sahifa foni rangi sifatida tillarang tanlanadi. Sahifada gorizontal chiziq chizish
buyrug‘i orqali amalga oshiriladi. Ko‘rinib turibdiki HTML tilining bir qancha buyruqlari bo‘lib, ular yordamida xoxlagan turdagi sahifalarni osonlik bilan yaratish mumkin. HTML tilining yana bir qancha buyruqlari bo‘lib, ular xilma-xil ishlarni amalga oshirishga va Web-sahifani chiroyli ifodalashga yordam beradi.
Hozirgi paytda bir qancha Web-sahifalarda skript deb nomlangan maxsus programmalar ishlatiladi. Ular Microsoft VBScript yoki JavaScript tillarida yozilishlari mumkin. Web-sahifalarning kodlariga joy- lashtirilgan bunday «mini-programmalar» orqali formatlashtirishni, multimediani ko‘rishni yoki tasvirlar chiqarishni osongina boshqarish mumkin. Hozirgi paytda skriptlarni boshqarishning eng kuchli vositasi sifatida DHTML(DinamikHTML) xizmat qiladi va u yordamida animatsiya va shunga o‘xshash bir qancha xilma-xil ishlarni tashkil qi- lish mumkin. Ko‘rib turganingizdek, HTML tilidan foydalangan holda Web-sahifa hosil qilish uchun ancha malaka, vaqt va mehnat talab qilinadi. Bu ishni osonlashtirish uchun Front Page amaliy programma- sini ishlatish mumkin, chunki bu holda Sizga HTML tilini o‘rganishga, skriptlardan foydalanishni bilishga yoki DHTML tilini o‘rganishga xojat qolmaydi. FrontPage amaliy programmasi yordamida Web-sahifaga joylashtirilishi kerak bo‘lgan matnni osonlik bilan terishingiz, rasmlarni joylashtirishingiz, ovoz effektlarini o‘rnatishingiz, skriptlar yoki DHTML tili programmalari yordamida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan xilma-xil effektlarni amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi. Demak, Front Page amaliy programmasi vositasida World Wide Web uchun mo‘ljallangan turli xil Web-sahifalar hosil qilishingiz va ularni Internet tarmog‘iga joylashtirishingiz mumkin. Endi Web-sahifa va Web-sayt degan iboralarning ma’nosiga va bir-biridan farqiga biroz to‘xtalib o‘tamiz. Web-sayt (yoki Web-tugun) bir-biri bilan ma’no va mohiyatiga ko‘ra bog‘liq bo‘lgan Web-sahifa va fayllar to‘plamidir. Ko‘pincha Web-saytlar biror-bir mavzuga bag‘ishlangan bo‘lib, firma, kompaniya, tashkilot yoki biror insonga tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Front Page programmasida masterlar deb nomlanuvchi dasturlar bo‘lib, ular Web-saytlarni va Web-sahifalar ko‘rinishidagi shablonlarni tuzishga hamda sozlashga imkon beradi. Bu xildagi masterlar va
shablonlar turlicha Web-saytlarni hosil qilish uchun juda qulay. Har bir Web-saytda asosiy yoki uy sahifasi (homepage) deb atalgan bir Web-sahifa bo‘ladi va ushbu saytga kiruvchi barcha insonlar eng oldin shu sahifaga kiradilar. Keyinchalik ushbu sahifada joylashgan giperko‘r- satkichlar va ko‘rsatmalardan foydalanib, ular bu saytning boshqa sahifalariga yoki butunlay boshqa saytlarning sahifalariga ham kirishlari mumkin. Giperko‘rsatkichlar orqali aniqlanadigan Web-sahifalar ushbu kompyuterda yoki Internet bilan ulangan istalgan kompyuterda bo‘lishi mumkin. Gipermatn Web-sahifada joylashgan biror-bir matn bo‘lagi yoki rasm bo‘lib, agar u turtilsa, boshqa Web-sahifa ga yoki saytga o‘tish amalga oshiriladi. Uy sahifasi (homepa-ge) eng yuqorida joylash- gan bo‘lib, undagi giperko‘rsatkichlar istalgan Web-sahifaga o‘tishni amalga oshirib beradi. O‘z navbatida, ushbu Web-sahifalardan boshqa sahifalarga o‘tish ham xuddi shunday usuldan foydalanib, amalga oshiri- ladi. Bunday sahifalarning xar birida boshqa sahifalarga va saytlarga bo‘lgan murojaatlardan tashqari orqaga, bundan oldingi sahifaga yoki uy sahifasi (homepage) ga qaytishga imkon beradigan giperko‘rsatkichlar ham bo‘ladi. Front Page programmasi yordamida osonlik bilan intranet- da joylashgan Web-saytlarni hosil qilish mumkin. Bunday Web-saytlar saytga kiruvchilar uchun uning sahifalarini ko‘rishga imkon beruvchi kompyuterda, ya’ni, Web-serverda(Web-server) joylashadi. Lekin Web-saytni Front Page programmasi yordamida o‘z kompyuteringizda ham tashkil qilishingiz va u tayyor bo‘lgandan so‘ng, uni Web-serverda joylashtirishingiz (nashr qilishingiz) mumkin. Saytni joylashtirish uchun u joylashtiriladigan Web-serverni tanlash kerak bo‘ladi. Ko‘pchilik Internet-provayderlar (Internet Service Provider – ISP) Web-saytlarni joylashtirish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadilar (Web-xosting– Web-hosting). Bunda provayder Web-fayllarni saqlash uchun Web-serverda diskdan ma’lum miqdorda joy ajratadi va tegishli xizmatni ko‘rsatadi. Kichik va oddiy Web-saytlar uchun bu albatta etarli, lekin katta va murakkab Web-saytlar uchun alohida server (dedicated server) ajrat- gan maqsadga muvofiq, chunki bunda katta hajmdagi diskini ishlatish mumkin bo‘ladi. Bu esa ko‘proq miqdordagi ma’lumotlarni joylashtirish va tezroq ishlaydigan qurilmalarni ishlatish imkonini beradi. Lekin saytni joylashtirishning qanday usulini tanlaganingizga qaramay, bir muhim savolga javob topish kerak bo‘ladi: Server Front Page ServerExtentions ni ishlatish imkoniyatiga egami yoki yo‘qmi? Chunki FrontPage programmasining imkoniyatlarini amalga oshiruvchi dasturlar
xuddi shu Front Page Server Extentions dasturiga mansub bo‘ladi. FrontPage programmasini qo‘llab-quvvatlaydigan Web-xostlar va provayderlar ro‘yxatini quyidagi Internet saytidan olish mumkin:
micfosoft.saltmine.com/frontpage/wpp/listt
Hosil qilinadigan Web-sayt ni tuzishdan avval u nimalardan iborat bo‘lishligini aniqlash masalasini hal qilish uni rejalashtirish deb ataladi. Buning uchun avvalo, bu Web-sayt nima uchun va qanday maqsadda tashkil qilinayotganini aniqlab olinadi. Masalan:
tashkilot ishlab chiqarayotgan mahsulotlar yoki xizmatlar bilan ko‘pchilikni tanishtirish uchun;
mahsulot yoki xizmatlarni sotish maqsadida mijozlar topish uchun;
elektron tijorat faoliyatini tashkil qilish uchun va hakozolar.
Har qanday sayt uy sahifasidan boshlanadi va unda sayt bilan bog‘liq asosiy ma’lumotlar saqlanilishi kerak yoki ularni olishga imkon beradigan giperilovalar bo‘lishi lozim. Uy sahifasi esa sayt mavzusiga tegishli bir qancha boshqa sahifalar bilan bog‘liq bo‘lib, ularga o‘tishni amalga oshirib berishi lozim. Quyida buni chizma shaklida keltirishimiz mumkin: