O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 noyabrdagi «Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 511-sonli qarorida belgilangan talablarni to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida Davlat soliq xizmati tizimida hisob-kitob va nazorat ishlarini yanada kuchaytirilishini ta’minlovchi «Yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblarni amalga oshirilishini nazorat qilish va to‘lov muddati o‘tgan qarzlarni qisqartirish natijalari tahlilini olib borish» dasturiy mahsuli joriy qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 noyabrdagi “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlar to‘g‘risida” 511-sonli qarori bilan soliq organlariga quyidagi funksiyalar yuklatildi:
Yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiya uchun to‘lov muddati o‘tgan qarzlarni yig‘ish;
Iste’mol qilingan elektr energiya uchun mablag‘larning to‘liq tushishini nazorat qilish.
Qarorda belgilangan talablarni samarali ijro qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasining 2005 yil 5 avgustadagi 148–sonli bo‘yrug‘iga asosan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun qarzdorlikni qistarish borasidagi nazorat va tahlil ishlari, shuningdek boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlik ishlarining natijalarini jamlovchi dasturiy mahsul yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 1 noyabrdagi 511-sonli qarorida belgilangan talablarni to‘liq va sifatli ijro etilishini ta’minlash maqsadida Davlat soliq xizmati tizimida hisob-kitob va nazorat ishlarini yanada kuchaytirilishini ta’minlovchi dasturiy mahsul joriy qilinib, quyidagi imkoniyatlar yaratildi.
Elektr energiyasi iste’moli va hisob-kitobi bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga rioya etmagan, ya’ni elektr energiyasi berishga shartnoma tuzmagan va shartnomada nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmi qiymatining kamida 30 foizini oldindan to‘lamagan “O‘zstandart” agentligi organlari tomonidan tekshirilgan iste’mol qilinagan energiyani hisobga olish priborlariga ega bo‘lmagan, hisob-kitob qilish oyi tamom bo‘lgandan keyin
30 kun mobaynida iste’mol qilingan energiyasi uchun to‘lanmagan qarzi mavjud bo‘lgan, shartnomada nazarda tutilgan miqdordan ortiqcha elektr energiyasi iste’mol qilgan yuridik shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan huquqiy ta’sir choralaini ko‘rish ishlarini ko‘chaytrishdir.