stenografiya degan nom olgan. Bu so‘z grekcha
Steganos (maxfiy, sir) va
Graphy (yozuv) so‘zlaridan kelib chiqqan va «sirli yozuv»
degan ma’noni bildiradi. Stenografiya usullari, ehtimol, yozuv paydo
bo‘lishidan oldin paydo bo‘lgan (dastlab shartli belgi va belgilashlar
qo‘llanilgan) bo‘lishi mumkin.
Axborotni himoyalash uchun
kodlashtirish va
kriptografiya usullari
qo‘llaniladi.
Kodlashtirish deb axborotni bir tizimdan boshqa tizimga ma’lum bir belgilar
yordamida belgilangan tartib bo‘yicha o‘tkazish jarayoniga aytiladi.
120
Kriptografiya deb maxfiy xabar mazmunini shifrlash, ya’ni ma’lumotlarni
maxsus algoritm bo‘yicha o‘zgartirib, shifrlangan matnni yaratish yo‘li bilan
axborotga ruxsat etilmagan kirishga to‘siq qo‘yish usuliga aytiladi.