Informatsion sistemalar


- §. Aloqa vositalari va jahon axborot tarmoqlari



Download 125 Kb.
bet8/10
Sana22.07.2022
Hajmi125 Kb.
#837883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kompyuter tarmoqlari

4 - §. Aloqa vositalari va jahon axborot tarmoqlari

Multimedia bilan bir qatorda bugungi kunda kompyuter-axborot texnologiyasini yana bir yo‘nalishi-turli aloqa vositalari yordamida jahon tarmoqlari orqali kompyuterlarning o‘zaro aloqasi rivojlanmoqda.


Eng yirik informatsion tizim bo‘lib Internet hisoblanadi. U aniq bir tashkiliy tuzilishga ega emas va u turli tashkilotlar, hukumatlar, ilmiy va tijorat tashkilotlari tomonidan yaratilgan mustaqil kompyuter tarmoqlarining majmuasi hisoblanadi.
Alohida kompyuter va lokal tarmoqlar o‘zaro turli texnik va aloqa vositalari yordamida bog‘langan bo‘lib, bu tarmoqlar ham Internet bilan bog‘langanda aniq, belgilangan qoidalarga rioya qiladi. Mazkur jahon tarmog‘iga ulanish uchun standart qurilma - modem qo‘llaniladi.
Internet sistemasi, unga ulangan va uning imkoniyatlaridan foydalanuvchilar uchun turli xizmatlar ko‘rsatadi hamda dunyoning xohlagan burchagidagi Internetga ulangan kompyuterdan ma’lumot olish imkoniyatini beradi.
Aloqa tarmoqlarining bugungi kundagi asosiy shakli elektron pochtadir (uni odatda E-mail deb belgilashadi va atashadi). Unga ulangan xar qanday foydalanuvchi o‘zining maxsus nomiga ega bo‘ladi, masalan, rtm@ uzsci.net.
E-mailning ishlashini tashkil etuvchi dasturli ta’minot foydalanuvchilarning o‘zaro axborot almashinuvini ta’minlash imkoniyatini beradi.
Ammo Internetning imkoniyatlari oddiy axborot almashinuvidan ko‘ra ancha keng. Uning yordamida planetamizdagi ixtiyoriy informasiya manbaiga kirib borish va undagi biror mavzu shaklida tayyorlangan turli tashkilotlarning rasmlar, hujjatlar omboridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda Internetning quyidagi imkoniyatlaridan keng foydalanadi:
a) FTP (File Transfer Protocol - fayllarni uzatish protokoli (me’yori)
Bu holatdan foydalanilib, yiroqdagi kompyuter katalogiga kirish, undagi fayllar ustida amallar ( nusxa ko‘chirish, o‘chirish va boshqa) bajarish mumkin.
b) Gopher
Ko‘p pog‘onali «menyu», ko‘rsatmalardan foydalanib, arxivlardan ma’lumotlarni «kavlab» topish uchun mo‘ljallangan vosita (imkoniyat).
v) WWW (World Wide Web - butunjaxon to‘ri) Internetning gipertekstlaridan iborat bo‘lgan informatsion-qidiruv sistemasi. WWW ma’lumotlar omboridagi informasiya biror tashkilotlar ixtiyoridagi kompyuterlar xotirasida joylashgan bo‘lib, bu kompyuterlar shu tashkilotlar lokal tarmoqlari uchun server rolini o‘ynaydilar va WWW - sever deb nomladilar. Gipertekst axborotlar yordamida dunyodagi barcha WWW - serverlarga «sayoxat» qilish mumkin. Masalan, Respublika ta’lim markazining sayti www.homevox.uz\~rco. Bu sayt orqali Respublika ta’lim markazi to‘g‘risidagi axborotlarni va metodikaga oid yaratilayotgan yangilik bilan tanishib borish mumkin.
Keyingi vaqtlarda WWW - serverlarni yirik relyasion informatsion tizimlar bilan bog‘lash imkoniyati yaratilmoqda. Bu hol server bilan bog‘langan kompyuterlar yordamida dunyodagi yirik informatsion manbalarga kirish va uyerdagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini bermoqda.
Internet global tarmog‘i bilan oxirgi paytlarda keng tarqalgan kiberfazo, virtual xaqqoniylik kabi tushunchalar ham bevosita bog‘langan. Mazkur tushunchalarning muhim xususiyati shundan iboratki, ularga biror fan tushunchalari yordamida aniq bir ta’rif berish mumkin emas - ular badiiy obraz bo‘lib, ilmiy tushunchalar hisoblanmaydilar.
Dunyodagi barcha aloqa vositalari bilan bog‘langan kompyuter tizimlari, ulardagi axborot, ma’lumot majmuasi va oqimlarining to‘plamiga kibernetik fazo (kiberfazo) deb ataladi.



Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish