Modem va elektron pochta. Global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Aloqa vositalari rivojlangan bugungi kunda bunga ehtiyoj ham yo‘q. Telefon tarmoqlaridan foydalanib, kompyuterlarni global tarmoqlarga ulash uchun modem qurilmasi ishlatiladi. U katta bo‘lmagan elektron qurilma bo‘lib, kompyuter ichida yoki alohida joylashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Kompyuterda ma’lumotlar raqamli signallar ko‘rinishida saqlanadi, telefon tarmog‘i orqali esa analog ko‘rinishli signallari o‘tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko‘rinishdan analog ko‘rinishga o‘tkaziladi va telefon tarmog‘i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchidagi kompyuterga ulangan modem analog signallarni sonli signalga o‘tkazadi va kompyuterga beradi.
S ignalning raqamli ko‘rinishidan analog ko‘rinishga o‘tkazuvchi qurilma modulyator deb ataladi.
Signalning analog ko‘rinishidan raqamli ko‘rinishga o‘tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi.
Bu ikkala amalni birgalikda bajaruvchi qurilma modem deb ataladi va uning nomi yuqoridagi ikkita qurilmaning nomidan kelib chiqadi:
MOdulyator + DEModulyator = MODEM.
Ma’lumotlarning bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatilish jarayoni quyidagi rasmda ko‘rsatilgan:
Tuzilish jihatidan modemlar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: ichki va tashqi. Ichki modemlar plata ko‘rinishida bo‘lib, kompyuterning ichiga joylashtiriladi. Tashqi modem kompyuterdan tashqarida joylashadiganbo‘lib, o‘zining korpusiga ega va alohida qurilmadir.
Hozirgi modemlarning ko‘pchiligi faqatgina ma’lumot uzatish yoki qabul qilish bilan chegaralanib qolmay, balki faks ma’lumotlarini uzatish va qabul qilish uchun xizmat qiladi. Ba’zilari hattoki telefon tarmog‘iga ulangan javob beruvchi avtomat qurilma vazifasini ham o‘tashi mumkin, ya’ni xotiraga yozilgan ovoz signallarini uzatishi yoki bunday signallarni qabul qilib xotiraga fayl ko‘rinishida yozib qo‘yishi mumkin.
Har qanday global tarmoqning asosiy qismi elektron pochta hisoblanadi. Elektron pochtasiz har qanday global tarmoq o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
Ishlash prinsipiga ko‘ra elektron pochta oddiy "qog‘ozli" pochtani eslatadi. Xatni biror odamgayetkazish uchun uning manzili va unga yaqin joylashgan pochta nomerini bilish kifoya. Manzilga yetish uchun xat bir nechta pochta bo‘limlaridan o‘tadi.
Elektron pochtaning ham, qog‘ozli pochtaning ham afzalliklaridan biri - xatni o‘zingizga ma’qul bo‘lgan vaqtda yuborishingiz mumkin, qabul qilib oluvchi esa o‘ziga ma’qul bo‘lgan vaqtda xatni olishi va o‘qishi mumkin.
Elektron pochta xizmatidan hozirgi vaqtda juda ko‘p sohalarda foydalaniladi. Masalan, jamg‘arma banklarida bir hisob raqamidan boshqa hisob raqamiga pul o‘tkazish elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon tez bajarilganligi bois, samaralidir.
Hozirgi vaqtda elektron pochtani dunyoning ixtiyoriy nuqtasiga yetkazib berish imkoniyatiga ega bo‘lgan SprintMail, MCI Mail, AT&T Mail va h.k. aloqa xizmatlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |