Setting- Navigation tugmasidan testlarni kompyuter ekraniga chiqarish parametrlari о‘rnatiladi (16.7-rasm).
16.7 - rasm. Testni kompyuter ekraniga chiqarish parametrlarini о‘rnatish.
Ushbu oynadagi sо‘zi test jarayoni tugaganidan sо‘ng natijani birdaniga ekranga chiqarish imkonini beradi va h.k.
Barcha parametrlar о‘rnatib bо‘linganidan sо‘ng asboblar panelidan -(nashr etish, bosmalash) tugmasi bosiladi (16.8-rasm).
16.8-rasm. Publish bandining kо‘rinishi.
-(nashr etish, bosmalash) tugmasi tuzilgan testni web sahifa kо‘rinishida saqlash, testdan testga о‘tish vaqtini о‘rnatish, test oynasini katta-kichik holatga о‘tkazish parametrlarini о‘rnatish, tuzilgan testni Word matn muharririga о‘tkazish, siqib joylashtirish kabi ishlar amalga oshirilib ekranning о‘ng tomonidagi tugmasi bosiladi.
Natijada yaratilgan test fayli, .zip., .html formatlarida saqlanib, uni boshqa fleshka yoki kompyuterlarga olish imkoniyatlari mavjud.
Xulosa.
Xulosa qilib aytganda, informatika o‘qituvchisi kompyuterli testlarni dasturiy vositalar yordamida yaratishni loyihalashtirish uchun o‘qituvchi quyidagi ishlarni bajaradi:
мavzu yoki fan bo‘yicha testlarni matnli formatda tayyorlaydi;
har bir test turini aniqlaydi (bir tanlovli, ochiq, yopiq va h.k.)
qaysi kompyuter dasturidan foydalanib (Easy Quizzy, Adestest, My Test, Ispring va hokazo) test tuzishni rejalashtiradi;
kompyuter dasturidan birini tanlaydi va unga testlarni joylashtiradi
o‘zi tayyor bo‘lgan kompyuterli testni bajarib, sinovdan o‘tkazadi, xatoliklari bo‘lsa to‘g‘rilaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni//Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori – T.: Sharq, 1997. -B. 20-29.
“Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. 343-son 16.08.2001. http://www.lex.uz/docs/361387
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda)
Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016. - 56 b.
Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti.-T.: Fan -2009. -145 b.
Asyamov S.V., Beknazov O.N. O‘quvchilar bilimini baholash tizimida pedagogik testning o‘rni.O‘quv-metodik qo‘llanma. T.-2012y.42b.
Baholash metodlari. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassalari o‘qituvchilari va amaliyot ustalari malakasini oshirish va trenerlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv metodik qo‘llanma / A Nishonov, B. Xaydarov, B.Nuriddinov va boshqalar.- T.: 2003. - 153 b.
Daniyarov B. Xalk, ta’limi tizimida pedagogik innovatsiyalar. 2014. https://cyberleninka.ru/article/n/hal-talimi-tizimida-pedagogik-innovatsiyalar
Informatika va axborot texnologiyalari. Elektron multimedia darsligi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar uchun. –Toshkent: O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi rivojlantirish instituti. 2003.
Ishmuxammedov R., A.Abduqodirova A.Pardayev.Ta’limda innovatsion texnologiyalar.Ta’lim muassasasi pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar. -Toshkent. 2008. - 180 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |