Информатикани ўқитиш технологиялари ва лойиҳалаштириш


Javob: Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi



Download 61,06 Kb.
bet3/4
Sana14.07.2022
Hajmi61,06 Kb.
#797917
1   2   3   4
Bog'liq
javoblar loyihalashtirish

Javob: Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi – o‘quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ifodalovchi ta’lim bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarish sanaladi. Shuningdek, bu texnologiyaning asosiy g‘oyasi – biror – bir topshiriqni birgalikda bajarish emas, balki hamkorlikda o‘qish, o‘rganish, hisoblanadi. Hamkorlikda o‘qitish o‘quvchida ongli intizomni tarbiyalaydi, o‘z muvaffaqiyatini guruh muvaffaqiyati deb bilishga, topshiriqlarni hamguruhlari bilan puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordam uyushtirishga va nihoyat sitqidildan aqliy mehnat bilan shug‘ullanishiga zamin tayyorlab, o‘z safdoshlarini hamjihatlikda, hamkorlikda ishlashga da’vat etishga o‘rgatadi.

15. Илмийлик ва фаоллик тамойили



  • Javob: ilmiylik tamoyili - informatikani o‘qitish texnologiyasi fanning so‘nggi, eng yangi yutuqlariga asoslanganligi, tegishli ilmiy manbalardan foydalanish;

Pedagogik texnologiyalarni loyihalashda asosiy qoidalari, tamoyillarini keltirish mumkin [69]:
 ilmiylik tamoyili - informatikani o‘qitish texnologiyasi fanning so‘nggi, eng yangi yutuqlariga asoslanganligi, tegishli ilmiy manbalardan foydalanish;
 pedagogikaning asosiy (“oltin”) qoidasi ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyili;
 moslik tamoyili - informatikani o‘qitish texnologiyasining o‘quvchining individual xususiyatlarini hisobga olishi bilan o‘qituvchining imkoniyatlariga mosligi.
 informatikani o‘qitish texnologiyasi shakl, vosita, metod va o‘qituvchining ish usulini psixologik asoslanganligi tamoyili;
 O‘zbekiston respublikasida oliy, o‘rta-maxsus, kasb-hunar va umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari, davlat dasturlari va talablarni bajarishi;
 o’qitish maqsadlariga erishish uchun ta’limning maqsadi, mazmuni, shakli, metodi va vositalarining o'zaro muvofiqligi, bir butunligi tamoyili;

16. Ноанъанавий дарснинг турлари


Javob: Elektron o‘quv modullari (Moodle dasturi kabilar). Ta’limni masofali, noan’anaviy shaklda, elektron ta’lim resurslaridan foydalanib tashkil etish uchun bugungi kunda turli-tuman pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish ta’lim tizimiga kirib kelmoqda.
Informatikadan ta’lim berish maqsadiga erishish uchun o‘qituvchi va o‘quvchining birgalikdagi ish faoliyatida an’anaviy, noan’anaviy yoki passiv, faol va interfaol usullardan foydalaniladi (3.1-rasm).
Ta’lim metodlari deganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va talabalar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushunilishi lozim. Ta’lim markazida o‘qituvchi turgan, muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim jarayoni an’anaviy (subyekt-obyekt munosabati), ta’lim markazida talaba turgan ta’lim jarayoni noan’anaviy (subyekt-subyekt) ta’lim jarayoni deb yuritiladi.
17. Анъанавий дарс ўтишнинг асосий таркибий босқичлари
Javob: An’anaviy ta’lim metodlariga ma’ruza, savol-javob, kitob bilan ishlash, suhbat, hikoya va hokazolar kirsa, noan’aviy ta’lim metodlariga esa, tabaqalashtirilgan o‘qitish, elektron ta’lim manbalari asosida o‘qitish, muammoli, modulli, masofali o‘qitish, o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish kabilar kiradi [5].
An’anaviy metodikada ko‘p hollarda metodistlar ham, o‘qituvchilar ham maqsadning aniq qo‘yilishi va unga erishishga emas, balki materiallarning hajmiga e’tibor qaratadilar, zamonaviy ta’limda asosiy e’tibor maqsadni qo‘yish va unga erishishda innovatsiyalardan foydalanishni lozimligini ko‘rsatmoqda;
Ta’limiy ma’lumot taqdim etishning an’anaviy shakli –matn va statik grafika ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lsa, multimediadan foydalanish tajribasi yillar bilan o‘lchanadi.
18. Педагогик инновацияларни жорий этишда бўлажак ўқитувчиларда шаклланадиган инновацион хислатлар
Javob: Innovatsiya (inglizcha innovation-in-kiritish, novation-yangilik, yangilik kiritish)-maqsadga qaratilgan o‘zgarishlar bo‘lib, alohida olingan bir tizimni sifat jihati bo‘yicha bir holatdan boshqa yangi holatga o‘tkazish, uni tubdan takomillashtirish, degan ma’noni anglatadi [37].
Shunday qilib informatika o‘qituvchisi o‘z innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun [42]:
 g‘oya va fikrlarning xilma-xilligi va o‘zgarib turuvchanligiga;
 yangilikni tez qabul qila olish (perseptiv qobiliyat);
 ijodkorlik qobiliyati(kreativlik)ga;
 o‘z-o‘zini tahlil qilishi va obyektiv baholash (refleksiflik)ga;
 bag‘ri kenglik, qarama-qarshilikni adolatli bartaraf eta olishga (tolerantlik);
 o‘z emotsional holatini boshqarish (rahbar, o‘quvchi, ota-onalarga nisbatan), samimiylik, boshqalarga hamdardlikka (empatiya);
 yangilikni amalga oshirib, o‘z xulosa va qarorlarini chiqara olish kabi qobiliyatlarga ega bo‘lishi lozim.
Innovatsion pedagogik texnologiyalar aynan ta’lim-tarbiya jarayonida talabaga muayyan fan (mavzu) bo‘yicha bilim berish va shaxsini shakllantirishga qaratilgan o‘qitishning zamonaviy usullari, texnologiyalari va vositalari majmuidir
19. Ўйин технологиялари
Javob O‘yinli ta’lim texnologiyasi. O‘yin inson faoliyatining bir turi bo‘lib, ta’lim jarayonini turli vaziyatlarda obyekt tomonidan turli harakatlarni bajarish orqali ko‘nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida qo‘llaniladi. O‘yinning kompyuterli, sport, iqtisodiy, harbiy, ishbilarmonlik tadbirkorlik kabi turlarga ajratilib bevosita ta’lim jarayonida foydalanish mumkin. Informatika fanlarini o‘qitishda o‘yinli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishga misol qilib biz, kompyuterning asosiy va qo‘shicha qurilmalari mavzusini tushuntirish jarayonida turli toifa(versiya)dagi kompyuterlarni ichki qurilmalarini terib joylashtirishni kichik guruhlarda o‘yinli tashkil etish, turli qiyinlikdagi masalalarni yechish dasturini tuzishni “Tezkor operator”, “Kim chaqqon dasturchi?”, “Kim tezkor dasturchi” kabi mavzularda guruhli o‘yinlarni tashkil etish, o‘rganilayotgan dastur menyulari nomini o‘quvchilarga bo‘lib berib, o‘quvchilar tomonidan menyular nomiga mos vazifalarni bajarilishini o‘yinli ijro etish va boshqa shakllarda ham tashkil etishimiz mumkin, bu informatika o‘qituvchisining ijodkorligiga va o‘z ustida ishlashiga bog‘liq bo‘ladi.
Maktabgacha ta’limda informatika fani elementlari bu turli-tuman o‘yinli dasturlar bo‘lib, bu yoshdagi bolalarga maxsus o‘yinli dasturlar orqali alifbo harflarini, ranglarni, matematik shakllarni o‘rgatish, turli rasmlarni chizish, fikrlashni rivojlantirish uchun qismlarni to‘ldiruvchi mashqlar bajartirish va hokazo amallar o‘rgatiladi. Bunda o‘rgatuvchi dasturlar, pedagogik dasturiy vositalar va trenajyorlardan foydalaniladi.
O‘yinli ta’lim texnologiyasi. O‘yin inson faoliyatining bir turi bo‘lib, ta’lim jarayonini turli vaziyatlarda obyekt tomonidan turli harakatlarni bajarish orqali ko‘nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida qo‘llaniladi. O‘yinning kompyuterli, imitatsiyali, sport, iqtisodiy, harbiy, ishbilarmonlik tadbirkorlik kabi turlarga ajratilib bevosita ta’lim jarayonida foydalanish mumkin.
O‘yin bu insonni o‘rganish, o‘zining “Men”ini, ijodini, faolligini, mustaqilligini, o‘z-o‘zini amalga oshishini namoyon qilish maqsadida real(yoki xayoliy) haqiqatga berilib ketishining eng erkin, tabiiy shaklidir.
Informatika o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish samarali natijalarga olib keladi

20. Ахборот коммуникация технологияларга асосланган дарс лойихаси


Javob: Jamiyatda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining shiddat bilan kirib kelishi mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini qo‘llashni taqozo etmoqda.
Moddiy vositalarga informatika o‘qituvchisi innovatsion pedagogik muhitni tashkil etishda foydalanidigan qonuniy me’yoriy hujjatlar, loyihalashtirish hujjatlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, barcha turdagi texnik vositalar, ma’naviy vositalarga loyihalashtirishning umumiy vositalari: ijtimoiy buyurtmalar, tegishli informatika fanining nazariy amaliy tushunchalari, innovatsion pedagogik texnologiyalardan nazariy va amaliy qo‘llanmalar, ko‘rsatmalar, fanning o‘quv qo‘llanmalari, majmualari, elektron ta’lim resurslari va h.k.
Pedagogik jarayonning ishlanmasi bilan innovatsion loyihalashtirish farq qiladi, ishlanma hech qanday yangi g‘oyalarga asoslanmasligi, ilgaridan ma’lum metodlar va usullardan, texnologiyalardan foydalanish, har doim ham istiqbolli, ertangi kun ehtiyojini hisobga olmasligi, o‘quvchi shaxsining qimmatli ehtiyojlari(xohlaydimi, yo‘qmi?)ni hisobga olmasligi mumkin. Innovatsion pedagogik loyihalashtirish esa aksincha, o‘quvchini har tomonlama o‘rgangan holda uning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish, o‘qitishda hali ma’lum bo‘lib ulgurmagan innovatsion pedagogik texnologiyalardan, metodlardan, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan, elektron ta’lim resurslaridan foydalaniladi.
21. Информатика дарсларида моделлаштириш
Javob Modellashtirishni o'rganish maktab o'quvchilarini tayyorlashning muhim jihati hisoblanadi. Modellashtirishni oquvchi tafakkurini rivojlantirish usuli, qoshimcha ravishda turli masalalarni yechish vositasi sifatida qarash kerak. Modellashtirish ilmiy bilishning muhim usuli hisoblanadi. Turli fanlarda, informatikadan tashqari, modellashtirish, masalan, matematika, fizika, biologiya, kimyo va boshqalarda o'rganiladi. Shu bilan birga, bevosita informatika darslarida turli xil kompyuter dasturlarida model yaratish, modelni tekshirish, model yaratish bosqichlari ko'rib chiqiladi.

Maktab informatika kursining deyarli barcha mavzulari modellashtirish, jumladan algoritmlar va dasturlash bilan bog'liq. Informatika darsliklari mualliflari modellashtirishni o‘rgatishdagi eng muhim vazifa modellarni tahlil qilish va qurish qobiliyatini shakllantirishdir, deb hisoblaydilar. Biroq, bu ko'nikmalar informatikaning boshqa bo'limlarida ham kerak, masalan, "Axborot jarayonlari". Shunday qilib, modellashtirish informatika kursining ko'plab bo'limlarida mavjud bo'lib, maktab informatika kursini o'rganishda asosiy hisoblanadi.

Informatika kursida nafaqat matematik modellar, balki informatikaga fanlararo xususiyat beradigan shakllar, jadvallar, dasturlar, algoritmlarni o'z ichiga olgan informatsion modellar ham o'rganiladi.
22. Информатика дарсларида кўргазмали материаллар билан ишлаш
Javob: Illyustratsiyaning samaraliligi ko‘p jihatdan uni qanday tarzda qo‘llashga bog‘liq. Ko‘rgazmali qurollar va ularni namoyish qilishni rejalashtirganda uni mavzuni o‘rganishda qanday rol o‘ynashi va didaktik vazifasini yaxshilab o‘ylash kerak. Chunki haddan tasbqari ko‘rgazmali materiallar ko‘pligi, talabalarni mavzuni o‘rganishdan chalg‘itadi. Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin zarur paytda ko‘rsatiladi.

Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadda foydalanish o‘qituvchiga bog‘liq.



0‘qituvchi ko‘rgazmali quro! tanlar ekan, albatta, awalo, dars ma’ruzami yoki seminar darsimi - hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali o‘qituvchi talabalar oldiga qanday vazifa qo‘ymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda ko‘rgazmali qurol qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, tanlasHi kerak.
23. Шахсга йўналтирилган таълим технологиялари асосида информатика фанларини ўқитиш
Javob: Informatika fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari. Informatikani fanlarini o‘qitishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda ta’lim oluvchilar o‘qituvchidan kam bo‘lmagan faollikka ega bo‘lib, o‘quv dasturini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi. Pedagog o‘z faoliyati davomida inson shaxsining bir butunligi, individualligi, takrorlanmasligini hisobga olish bilan birga, o‘quvchi shaxsining hissiy, emotsional, estetik, ma’naviy, ijodiy imkoniyatlarini ham hisobga olishi lozim bo‘ladi [37].
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning maqsadi o‘quvchi shaxsning faolligiga erishish va quyidagi vazifalarni to‘liq bajara olishi uchun shart-sharoit yaratishdir:
➢ tanlash (mavjudlardan eng maqbulini) qobiliyati shakllantirish;
➢ o‘quvchining o‘z hayoti, faoliyati, qobiliyatini baholashga o‘rgatish;
➢ o‘quvchini o‘z hayot mazmunini qidirish, ijodkorlik (-Men kimman? - qo‘limdan nima keladi? -Kelajakda kim bo‘laman? -Qanday yashayman? va hokazo savollarga javob bera olish)ga o‘rgatish;
➢ o‘quvchi shaxsining avtonomligi: o‘zini tuta bilishi, o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, xatti-harakat, his-tuyg‘ulariga javobgarligi, o‘zining ongli qaror qabul qilishiga erishish.
Informatika fanlarini o‘qitish jarayonida o‘qituvchi “axborot manbai”, “axborot yetkazuvchi”, “nazoratchi”, tashxislovchi bo‘lishi bilan birga “....o‘quvchining mustaqil bajarishiga yordamchi” bo‘lishi lozim.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi barcha o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
✓ o‘quvchilarning fiziologik, psixologik, yosh xususiyatlarini hisobga olish;
✓ o‘quv ehtiyojlari, o‘quvchilarga yetkaziladigan materiallarinig qiyinlik darajasini har xil bo‘lishiga erishish;
✓ o‘quvchilarni guruhlarga ajratishda bilim va qobiliyatini hisobga olish;
✓ bir xil, bir-biriga yaqin bilimli, xususiyatli o‘quvchilar guruhini shakllantirish;
guruhdagi har bir o‘quvchiga individual, o‘ziga xos munosabatni shakllantirishga erishish
24. Таълимнинг замонавий воситаларига асосланган интерфаол дарсларни лойиҳалаштириш
Javob: Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish maqsadida bu sohada yangi, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlarni o‘quv jarayoniga samarali joriy etishni ta’minlash dolzarb vazifalardandir. Barkamol insonni shakllantirishga imkon beruvchi o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishning muhim vazifasi ta’lim samaradorligini ta’minlashdir. Ta’lim samaradorligi ta’lim mazmunining asosiy maqsad va vazifalarga mosligi, uning ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi, turmush bilan bog‘liqligi, shuningdek, ta’lim mazmuniga mos metodlar, shakllar va vositalar majmuasi tanlanishi bilan ta’minlanadi. Bunday natijaga erishish o‘quv jarayonida interfaol metodlarni qo‘llashni taqozo etadi
25. Фаол ўқитиш методларини лойиҳалаштириш
Javob: Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi.Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.



O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.
26. Информатикани ўқитишда ривожлантирвчи таълим
Javob: Bugungi kunda o‘quvchilarni ma’lum qolipdagi fikrlashga emas, qo‘yilgan masala, hosil bo‘lgan muammoni yechishni, muammoli vaziyatlardan chiqishning yangi yo‘llarini izlab topishni o‘rgatish o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. L.S.Vigotskiy aytganidek, “Bilim ta’lim berishning oxirgi natijasi bo‘lmasdan, o‘quvchining rivojlantirish vositasi hamdir”
Rivojlantiruvchi ta’lim - ilmiy ijodiy metodlar, mustaqil ijodiy faoliyat va umumilmiy texnologiyalar tizimi yordamida maxsus tashkil etilgan o‘quv faoliyati bo‘lib, o‘quvchilarda nazariy fikrlashini shakllantirishga qaratiladi [49].
Rivojlantiruvchi ta’lim L. V. Zankov ilmiy ishlarida shaxsning jadallashgan psixologik rivojlanishiga e’tibor qaratiladi, D.B.Elkon va V.V.Davidov, S.A.Smirnov tadqiqotlarida shaxsning nazariy tafakkuri va ongini rivojlantirish e’tiborga olinadi, I.S. Yakimanskaya va G.K.Selevko fikrlariga ko‘ra bola shaxsini bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga o‘quv jarayonidagi o‘z o‘rnini va o‘zini-o‘zi anglashiga e’tibor qaratiladi [55].
Rivojlantiruvchi ta’lim har bir dars va har bir mavzuda uchta asosiy ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi pedagogik vazifani bajaradi. a) ta’limiy vazifada o‘quv axborot materiallarini tushunmay yodlash emas, balki o‘quv axborotlarini asosiy xususiyatlari, qonunlar va qonuniyatlarni hisobga olib ajratib olishni nazarga tutadi. Masalan, Office dasturlarining imkoniyatlariga qarab, hujjatlar tayyorlashda MS Word, jadval va diagrammalar hosil qilishda MS Excel, ma’lumotlar bazasini yaratishda MS Access dasturlaridan foydalanish kerakligi, ma’lumotlarning kerakligini hisobga olib flesh disk, doimiy xotira yoki SD, DVD disklarga saqlash va h.k.
b) rivojlantiruvchi vazifada o‘quv faoliyatining barcha bosqichida o‘quvchilarning ilmiy ijod usullarini o‘zlashtirishiga qaratilgan ijodiy faolligi, individual topshiriqlarni bajarib, o‘z xatolarini ham izlab topishga yo‘naltirishni nazarda tutadi.
d) rivojlantiruvchi ta’limning tarbiyaviy vazifasi o‘quvchilar o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro muloqotni yuqori darajada bo‘lishini ta’minlab, ijtimoiy ijodkorlik-tadqiqotchilik, muammoni yechish, loyihalash va bashorat qilishga o‘rgatadi.
27. Информатикани ўқитишда танқидий тафаккурни ривожлантириш.
Javob: Pedagogikada tanqidiy tafakkur ni rivojlantirish texnologiyasi XX asrning 90-yillarida amerikalik psixologlar D.Stil, K.Meredit va CH Templlar tomonidan taklif etilib, “tanqidiy tafakkur” atamasi axborotlar bilan samarali ishlashga imkon beradigan shaxsning aqliy xususiyati va kommunikativ fazilatlar tizimi tushuniladi
Tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyalarining maqsadi o‘quvchilarda o‘quv jarayonida va kundalik turmushda ham zarur aqliy qobiliyatlarni rivojlantirishdir. Shuningdek shaxsiy qarorlarni qabul qilish uchun axborotlarni yig‘ish, ular ustida ishlash, axborot va hodisalarni turli tomondan (yaxshi-yomon, foydali-zarari, ijobiy-salbiy, to‘g‘ri-noto‘g‘ri va h.k.) tahlil qilishdir. Tanqidiy tafakkurning rivojlanishi natijasida o‘quvchilar kundalik turmushda ro‘y beradigan voqea-hodisalarni ham har tomonlama ijobiy va salbiy, foydali va zararli tomondan tahlil qila oladilar.
Amerikalik olim J.Dyuining fikricha: «O‘quvchilar muayyan muammoni yechish bilan shug‘ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. Shu sababli, o‘quv jarayonining boshlang‘ich nuqtasida mavzuga mos qandaydir muammoni vujudga keltirish, muammoli topshiriq yoki savollar berish kerak bo‘lib, o‘quvchining faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan ham fikrlaydi». Masalan, o‘qituvchi chiziqli dasturga doir bitta masala dasturini tuzish yo‘liga ko‘rsatma bersa, o‘quvchi shu dasturni tuzib shunga o‘xshash masalalarni o‘zi izlab topishi, uning dasturini tuzib, yechimni olishi va yechimni masaladagi o‘zgaruvchi o‘rniga qo‘yib to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida o‘z qarorlarini chiqarishini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
28. Информатикани ўқитишда жамоада ўқитиш технологияси
Javob: Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi – o‘quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o‘zlashtirishlari, o‘zaro rivojlanishlari, “pedagog-talaba(lar)” munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ifodalovchi ta’lim bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi o‘quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o‘zaro hamkorlikda bajarish sanaladi. Shuningdek, bu texnologiyaning asosiy g‘oyasi – biror – bir topshiriqni birgalikda bajarish emas, balki hamkorlikda o‘qish, o‘rganish, hisoblanadi. Hamkorlikda o‘qitish o‘quvchida ongli intizomni tarbiyalaydi, o‘z muvaffaqiyatini guruh muvaffaqiyati deb bilishga, topshiriqlarni hamguruhlari bilan puxta o‘zlashtirishga, o‘rtoqlariga hamkor bo‘lib, o‘zaro yordam uyushtirishga va nihoyat sitqidildan aqliy mehnat bilan shug‘ullanishiga zamin tayyorlab, o‘z safdoshlarini hamjihatlikda, hamkorlikda ishlashga da’vat etishga o‘rgatadi
29. Информатика дарсларида ўқувчилар билим, малака ва кўникмаларини назорат қилиш, баҳолашнинг замонавий методлари ва воситалари.
Javob: Informatika darslarida o‘quvchilar bilim, malaka va ko‘nikmalarini nazorat qilish vositalariga biz asosan kompyuter, uning asosiy va qo‘shimcha qurilmalari, internet, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan prezentatsiya, slaydlar, referat, mustaqil ish, kichik tadqiqot, loyihalar tayyorlangan matnlar, disklar, elektron fayllar, elektron ta’lim resurslari, elektron ta’lim resurslarini yaratuvchi kompyuter dasturlari va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Prezentatsiya va slaydlar kompyuterning Power Point, Autoplay, Wordpress va boshqa dasturlari yordamida, matnli ma’lumotlar kompyuterning matn muharriri MS Word dasturida tayyorlanadi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘z-o‘zini nazorat qilishga mo‘ljallangan testlar Easy Quize, Ispring, My test va boshqa dasturlardan foydalanib yaratiladi.
Baholashning zamonaviy metodlari. Informatika darslarida o‘qituvchi tomonidan baholashning zamonaviy metodlari sifatida mustaqil ishlash, kichik loyiha, kichik keys, referat, krossvord, viktorina, bahs-munozara kechalarini tashkil etish va h.k. kiritish mumkin.
Mustaqil ishlash o‘qituvchi tomonidan berilgan informatikaga oid topshiriqni o‘rganilganlarga asosan mustaqil bajarib, natijasini olish, yangi mavzularni adabiyotlardan topib konspekt qilish, o‘rganish, referat yozish, fan to‘garaklariga qatnashish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Shuni hisobga olish kerakki, mustaqil ish o‘qishning, aqliy mehnatning alohida turi bo‘lib, talabaning kelajakda mustaqil faoliyat olib borishida muhim rol o‘ynaydi.
Informatika darslarida o‘quvchilarga mustaqil topshiriq berishda ko‘proq mantiqiy savollarga e’tibor qaratish lozim.
30. Информатика таълим жараёнида илмий ахборотни ўқув ахбороти сифатида қайта ишлашга ўргатиш.
31. Информатика таълим жараёнида фойдаланишга мўлжалланган электрон ўқув материаллари
Javob: Elektron ta'lim resursini yaratish ta'lim jarayonini individuallashtirish va differensiyalash, talabaning o'quv faoliyatini o'zi nazorat qilish va to'g'ri yo'naltirish, kompyuterning hisoblash imkoniyatlaridan foydalanish tufayli o'quv vaqtini tejash, o'quv materiallarini vizuallashtirish, o'rganilayotgan ta'lim jarayonlarni modellashtirish, ularni imitasiyalashtirish, turli pedagogik vaziyatlarda optimal qaror qabul qilish malakasini shakllantirish, fikrlashning aniq bir shakli (ko'rgazmali-obrazli, nazariy)ni rivojlantirish, bilish faoliyati madaniyatini shakllantirish kabi imkoniyatlarni beradi. Bugungi kunda o'quv jarayonida elektron o'quv materiallarini namoyish etishda videoproektordan keng foydalanilmoqda. Undan foydalanish uchun odatda monitor qurilmalari va avvaldan tayyorlangan o'quv materialining taqdimoti bo'lishi kerak. Namoyish etiladigan materiallarni kompyuterning turli xil dasturiy ta'minotlari: Word, Excel, Power Point, Corel Draw va boshqalar yordamida tayyorlash yoki professional darajada yaratilgan tayyor elektron darsliklardan foydalanish mumkin. O'quv materialini kamchiliklarini tezda tuzatish, zarur o'zgartirishlar kiritish, takomillashtirib borish imkonining borligi, materialni kompyuter yordamida turli ko'rinishda tayyorlash mumkinligi, rangli tasvirlardan foydalanish, ularni jonlantirish va harakatlantirish imkoniyatining mavjudligi elektron taqdimotning afzalliklaridan biridir. Sahifalarni taqdimot ko'rinishida yaratishda amaliy dasturiy ta'minotlar guruhiga kiruvchi Power Point dasturi alohida imkoniyatlar taqdim etad
32. Информатика дарсларида ҳамкорликда ўрганиш
Javob: Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan
Shulardan biri Hamkorlikda o’qitish texnologiyasidan foydalangan holda darslarni loyihalashtirish haqida fikr yuritamiz.
Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori – R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori – SH.SHaron (1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan.
Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi – o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o’rganishdir.
Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o’quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas`uliyat hissini shakllantirishni ko’zda tutadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahlil olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga o’quv materialini puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam ubshtirishga zamin tayyorlaydi
33. Информатикани ўқитишда танқидий тафаккурни ривожлантиришни лойиҳалаш
34. Информатика таълим жараёнида оғзаки методлардан фойдаланиш
Javob: Yuqoridagi metodlardan informatika va uni o’qitish jarayonida bir qanchasi ishlatiladi. Bulardan og’zaki, ko’rgazmalilik metodlari dars turining ma’ruza shaklida qo’llanilib, mustaqil ishlash metodlari, amaliy va muammoli yondashuv metodlari fanning amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarida keng qo’llanilib kelmoqda. Shuning uchun akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida fanni o’qitishda ma’ruza va amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarining roli muhimdir.
Ma’ruzada o’qitishning yuqoridagi metodlaridan foydalanish jarayonida talabalarga nazariy bilimlarni og’zaki va ko’rgazmali ko’rinishda (Multimedia vositalaridan foydalangan holda) yetkazib beriladi. o’quvchilarning informatika
umumta’lim faniga bo’lgan motivatsiya (qiziqishi)si hosil bo’lishi uchun mumkin qadar bunday vositalardan foydalanish qulaydir.
Amaliy-laboratoriya mashg’ulotlarida esa o’qitish metodlaridan foydalanish va ularning talabalar bilish foaliyatiga ta’sir qilishi ko’p jihatdan o’qituvchining darsni to’g’ri tashkil etishiga bog’liq. Shuning uchun ham amaliy- laboratoriya mashg’ulotlarida interfaol usullardan foydalanish katta mahorat talab qiladi.
Darslarni tashkil etishda interfaol usullardan foydalanib, yangi pedagogik va axborot texnologiyalariga tayanib ish olib borish va uni o’qitish jarayoniga qo’llash zamon talabidir. Interfaol usullardan foydalanish:
35. Информатикани ўқитишда дидактик-ўйин технологиялари
Javob: Informatika darslarida didaktik o'yinlar
Hozirgi vaqtda nafaqat o'qituvchilar, balki maktab o'quvchilari ham o'quv jarayonini tashkil etishning an'anaviy shakllari va usullaridan qoniqish hosil qilmaydilar. Talaba bugun o'zining intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishga intiladi, u o'z kuchini ishga solishning yanada faol usullarini qidiradi. Maktabning vazifasi - o'sib borayotgan odamga hayotda ma'no va uning munosib o'rnini topishga yordam berish, buning uchun munosib shart -sharoitlar yaratish. Maktab o'quvchilariga o'z oldiga qo'yilgan vazifalarni qiziqish bilan bajarishga imkon beradigan ta'lim tizimida shunday amalga oshirish kerak. Har bir o'qituvchi barcha imkoniyatlardan foydalanishi kerak, shunda bolalar qiziquvchanlik bilan o'rganadilar, informatika fanining jozibali tomonlarini, uning aqliy qobiliyatlarini yaxshilashdagi, qiyinchiliklarni engib o'tishdagi imkoniyatlarini tushunadilar va boshdan kechiradilar. Ta`limning noan'anaviy, nostandart shakllaridan, xususan didaktik o'yinlardan foydalanish o'quv jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
36. Информатика дарсларида ўқувчилар билим, малака ва кўникмаларини назорат қилиш, баҳолашнинг замонавий методлари ва воситалари
Javob: O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish o‘quv jarayoninig muhim elementi bo‘lib, u o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini belgilaydi. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish ta’lim jarayonini takomillashtirishga imkon beradi, chunki o‘quvchilarni sinovdan o‘tkazish ularni yaqindan bilish, individual xususiyatlarini yaxshi o‘rganishga yordam beradi.
Informatika fanidan nazorat qilishning xilma-xil usullaridan foydalanish o‘quvchilar bilimini aniq baholashga imkoniyat beradi. Boshqa fanlar singari informatika fanida ham o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni bir-biridan farqlash lozim bo‘ladi. Nazariy bilimlarni nazorat qilishning an’anaviy usullariga og‘zaki so‘rov, yozma ish, testdan foydalanilsa, amaliy ko‘nikmalarni baholashda berilgan amaliy topshiriqni bajarish hisobga olinadi.
Ba’zida informatika darslarida noan’anaviy nazoratning referat, konkurs loyiha, kichik tadqiqot, kichik keys, krossvord, viktorina kabi turlaridan ham foydalaniladi
37. Лойиҳа технологияси.
Javob: Loyiha usuli o'qituvchi va talabaning o'zaro ta'siriga asoslangan pedagogik jarayonni tashkil etish usuli, atrof-muhit bilan o'zaro munosabatda bo'lish usuli, maqsadga erishish uchun bosqichma-bosqich amaliy faoliyat sifatida ifodalanishi mumkin.
Hozirgi vaqtda ta'limning nazariy va amaliyotida ham an'anaviy yondashuv va loyihaning (bugungi kunda innovatsion) o'ziga xos xususiyatlari aniqlanganligini ko'rish mumkin: bir tomondan "bilimga asoslangan" , va boshqa tomondan "qobiliyatga asoslangan". Jadvalda “bilim” va “qobiliyat” pedagogikasining qiyosiy xususiyatlari keltirilgan.
Loyiha usuli jahon amaliyotida tubdan yangi emas. Bu asrning boshlarida Qo'shma Shtatlarda paydo bo'lgan. U muammolar usuli deb ham atalgan va u amerikalik faylasuf va pedagog J.Dyui, shuningdek, uning shogirdi V.X.Kilpatrik tomonidan ishlab chiqilgan falsafa va ta’limdagi gumanistik yo‘nalish g‘oyalari bilan bog‘langan.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati elementlarini pedagogik texnologiyalarga joriy etish o‘qituvchiga nafaqat o‘rgatish, balki o‘quvchiga bilim olishga yordam berish, uning bilish faoliyatini yo‘naltirish imkonini beradi. Bugungi kunda o'quv jarayonida maktab o'quvchilarining tadqiqot ishlarining eng keng tarqalgan turlaridan biri bu loyiha usulidir.
38. Информатикани касбга йўналтириб муаммоли ўқитишни (кейс) лойиҳалаштириш.
Javob: yo‘naltirib o‘qitishni loyihalashtirish
Informatikani kasbga yo„naltirib muammoli o„qitishni (keys) loyihalashtirish.
Informatika ta‟limida o„quvchilar bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan
pedagogik texnologiyalarni loyihalashtirish. Informatikani zamonaviy vositalar
asosida o„qitishni loyihalashtirish. Informatikadan darsdan tashqari mashg„ulotlarni
loyihalashtirish.

Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar


“Informatikani o„qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” fanidan amaliy


mashg„ulotlarda talabalar muayyan masala bo„yicha mavjud bo„lgan yoki mustaqil
tarzda kichik ishchi guruhlari yordamida hosil qilingan masalalarni muhokama
qiladilar. Amaliy mashg„ulotlar nazariy ma‟lumotlarni tahlili va ulardan foydalanish
imkoniyatlari bo„yicha tashkil etiladi.
39. ФСМУ технологиясини тушунтир инг
Javob: FSMU texnologiyasi .Bu texnologiyadan foydalanishda oqituvchi har bir oquvchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qogoz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda ularni toldirishni iltimos qiladi. Bunda:

F—fikringizni bayon eting

S—fikringiz bayoniga sabab korsating;

M- korsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring;



U—fikringizni umumlashtiring.
Oqituvchi oquvchilar bilan bahs mavzusini belgilab oladi.
Yakka tartibdagi ish tugagach, oquvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va oqituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qogozlarni tarqatadi.
Kichik guruhlarga har birlari yozgan qogozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich boyicha yozishlari taklif etiladi.
Oqituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa ortasida himoya qilishlarini soraydi.
Mashgulot oqituvchi tomonidan muammo bo`yicha bildirilgan fikrlarni umumlashtirish bilan yakunlanadi
40. Ўқув машғулотларини лойиҳалаштириш.
Javob: Loyihalash ikki usulda - shaxsiy va guruhiy asosda amalga oshiriladi. Har ikki yo’nalishning ijobiy va afzallik xususiyatlari bor. Tarix fanini loyihalash ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi, talabalar loyiha ustida ishlashda loyiha rejasi asosida aniq maqsad uchun faoliyatlarini amalga oshiriladi. Natijada qatnashchilarda loyihani bajarilishi o’zining faoliyatiga bog’liq ekani tushunchasini anglash yuqori mas’uliyat hissini yuzaga keltiradi; loyihaning barcha bosqichlarini bajarish jarayonida fikrning tug’ilishidan yakuniy refleksiyagacha o’quvchilar tajriba orttiradilar; o’quvchilarda eng muhim o’quv ko’nikma va malakalari (tadqiqotchilik, baholash, mustaqil fikrlash, mustaqil qarorlar chiqarish, taqdimot qilish) shakllantirish to’la boshqariladigan jarayonga aylanadi. Oquv loyihasining metodik pasporti bu – oquv loyihasining mazmun-mohiyatidan kutiladigan maqsadi, oquv dasturidagi orni togrisida qisqacha tavsif hisoblanadi. O’quv loyihasining metodik pasporti quyidagilarni o’zida aks ettiradi: fan predmetining oquv rejasidagi mavzular, predmetning talimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadlarini, o’quv-pedagogik vazifalarni, o’quvchilarning yoshi xususiyatlaridan kelib chiqib o’quv loyiha topshirig’ini, loyihaning bajarilish muddatini va o’quv loyihasining ish rejimi.
41. Информатика ўқитувчисини инновасион ўқув-билув фаолиятини нималарда ифодаланади?
42. Информатикани замонавий воситалар асосида ўқитишни лойиҳалаштириш.
43. Таълим тизимида информатика фанларининг узлуксизлигини таъминлашга қаратилган инновасиялар
44. Информатикадан дарсдан ташқари машғулотларни лойиҳалаштириш

Download 61,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish