Informatika va programmalash


Turbo-Paskal muhitida ishlash. Fayl, kompilatsiya va hisoblash rejimlari



Download 1,53 Mb.
bet71/74
Sana13.07.2022
Hajmi1,53 Mb.
#786339
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74
Bog'liq
Informatika va programmalash

Turbo-Paskal muhitida ishlash. Fayl, kompilatsiya va hisoblash rejimlari




Fayl (File) opsiya menusi. File opsiyasi tanlangandan keyin ekranda qo‘shimcha menu paydo bo‘ladi:

Load F3
Pick Alt-F3
New
Save
Write to
Directory
Change dir
Os shell
Quit Alt-X



Faylni o‘qish va xotiraga yuklash
Ro‘yxat
Yangi fayl
Faylni saqlash
Yangi nom bilan saqlash
Katalog
Katalogni almashtirish
Vaqtincha chiqish
Chiqish

tarjimasi


Qo‘shimcha menulardagi ayrim opsiyalar satrlari oxirida ayrim tugmalar yoki ular kombinatsiyalari berilgan bo‘lib, ular tahrir rejimidan bu opsiyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tish uchun bosilishi kerak bo‘lgan tugmalarni bildiradi.
Load opsiyasi programma matni bo‘lgan disk faylini (matn faylni) TP tahrir xotirasiga yuklaydi va shu orqali programmani o‘zgartirish, ishlatish yoki to‘g‘riligini tekshirishni amalga oshirish imkonini beradi. Bu opsiya tanlanganda ekranda yangi bir oyna paydo bo‘lib, unda "Load file name" (yuklanadigan fayl nomi) so‘rovi va bu so‘rovga javob tariqasida oldin yuklangan fayl nomi (turi) paydo bo‘ladi. Birinchi bor yuklanayotganda "*.pas" qolip-ifodasi paydo bo‘ladi. Zarurat bo‘lsa, kerakli fayl nomini kiritishingiz va "Enter"ni bosish orqali shu faylni xotiraga yuklashingiz mumkin. Agar so‘roqqa "*.pas" yoki shunga o‘xshash fayllar guruhini aniqlovchi ifoda berilsa, u holda ekranda yana bir jadval paydo bo‘lib, unda ko‘rsatilgan tur yoki nomdagi fayllarning (masalan, ".pas" turidagi fayllar) jadvali paydo bo‘ladi. Jadvalda yorqin to‘rtburchakni boshqaruv tugmalari yordamida harakatga keltirib, kerakli fayl tanlanadi va xotiraga yuklanadi. Diskdan fayl xotiraga yuklanayotgan paytda xotirada birorta fayl bo‘lib, u diskga yozilmagan bo‘lsa, ekranda quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi.
not saved. Save (YN)?
( saqlanmagan. Saqlansin (HaYo‘q)?),
bu yerda tahrirdagi fayl nomi. Javob "Y" bo‘lsa, fayl diskka yoziladi.
Load opsiyasini tahrir rejimidan F3 tugmasini bosish orqali chaqirish mumkin.
New opsiyasi. Bu opsiya funksiya bo‘lib, tahrir xotirasini tozalaydi va uni yangi faylni yaratishga tayyorlaydi. Yangi yaratilgan faylga Noname.pas nomi beriladi. Faylni xotiraga yozish paytida bu nomni o‘zgartirish mumkin.
Save opsiyasi. Tahrir xotirasidagi faylni diskka yozadi. Bu opsiyani F2 orqali chaqirish mumkin.
Write to opsiyasi. Tahrir qilinayotgan fayl nomini o‘zgartiradi va shu yangi nom bilan diskka yozib qo‘yadi.
Directory opsiyasi aktiv katalogdan fayl tanlash va uni xotiraga yuklash imkonini beradi. Bu opsiyaga murojaat qilganda qo‘shimcha oyna paydo bo‘lib, unda
Enter file name? ( fayl nomini kiriting?)
so‘rovi va fayllar guruhini tanlash kaliti "*.*" paydo bo‘ladi. Bu kalitni o‘zgartirib, uning ixtiyoriy qiymatini aniqlashingiz mumkin. Yuklanadigan fayl nomi (turi) aniq bo‘lsa, shu nomni kiritib, "Enter" bosish kerak. Agar fayl guruhi kaliti berilsa, unda shu kalitga mos keluvchi fayllarning tartiblangan jadvali paydo bo‘ladi. Faylni tanlash xuddi Load opsiyasidagi kabi amalga oshiriladi.
Change dir opsiya-parametr. Kelishilgan bo‘yicha o‘rnatilgan disk yoki katalogni o‘zgartirish mumkin.
Os shell opsiyasi. Vaqtincha TP muhitidan chiqish. Bunday chiqishda siz DOS operatsion sistemaning barcha standart vositalarga murojaat qilishingiz mumkin (programma matnini kog‘ozga chop etish, disketani formatlash va boshqa programmani ishlash uchun xotiraga yuklash va boshqa ishlarni bajarishingiz mumkin). TP muhitiga qaytish uchun EXIT buyrug‘ini berish kerak.
Quit opsiyasi. TPdan chiqadi va uni xotiradan olib tashlaydi.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish