Informatika va programmalash



Download 1,53 Mb.
bet1/74
Sana13.07.2022
Hajmi1,53 Mb.
#786339
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Informatika va programmalash


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI


O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


Informatika va programmalash

Toshkent –2005


Mazkur qo‘llanma Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Mexanika-matematika fakultetining informatika va axborot texnologiyalari, amaliy matematika va informatika, matematika, maxanika hamda statistika bo‘limlari 1-2 bosqich talabalari uchun Informatika va programmalash fani bo‘yicha olib borilgan ma’ruzalar asosida yozilgan. Qo‘llanma uch bobdan iborat bo‘lib, birinchi bobda informatika fanining asoslariga ─ sanoq sistemalari, kompyuter arxitekturasi va ishlash tamoyili, operatsion sistemalar hamda programmalash texnologiyalari masalalari qaralgan.
Ikkinchi bobda algoritmlar, ularning xossalari, tasvirlash usullari va tipik algoritmlarga blok sxemalar tuzish masalalari qaralgan.
Uchinchi bobda Turbo Pascal tilida programmalash asoslari, obyektga yo‘naltirilgan programmalash, grafik vositalar va Visual programmalash masalalari yoritilgan.
Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 1-2 kurs talabalariga programmalash asoslarini va Turbo Pascal tili misolida programmalash texnologiyalarini o‘rgatishga bag‘ishlangan.
Mualliflar: prof. A.A.Xaldjigitov
dots. Sh.F. Madraximov
k. o’qit. U.E.Adambayev

Taqrizchi: f.-m.f.d., prof. M. M. Aripov


Mas’ul muharrir: Yu. O. Sobirxonova
M.Ulug‘bek nomidagi O‘zMU Ilmiy kengashining 2004 yil 29 dekabrdagi majlisida nashrga tavsiya etilgan (4-sonli bayonnoma).

KIRISH


Insoniyatning rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bizni o‘rab turuvchi moddiy olamning asosiy tashkil etuvchilari bo‘lgan, modda va energiyaning inson hayotida muhim rol o‘ynaganligiga va keskin burilishlarga sabab bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Haqiqatan ham, modda va energiya inson va jamiyat rivojlanishida keskin burilish yasagan jahonshumul kashfiyotlardir. Ular o‘z zamonasining ilg‘or texnologayasi sifatida, hattoki jamiyatning muhim rivojlanish bosqichlarini xarakterlovchi davr nomlarida ham o‘z aksini topgan. Shu o‘rinda «tosh asri», «bronza asri», «elektrlashtirish asri», «atom-yadro energiyasi asri» kabi jamiyat rivojida beqiyos o‘rin tutgan davrlarni eslash mumkin.


Hozirgi davr esa, shak-shubhasiz, «Informatsiya» bilan va uni avtomatik ravishda qayta ishlash imkonini beruvchi informatsion va kompyuter texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishida xarakterlanadi. Bu davrni bejiz informatsion shov-shuvlar asri deb atashmayapti. Bu fikrning tasdig‘i sifatida Internetni yodga olishning o‘zi kifoya bo‘lsa kerak. Adabiyotlarda «Modda», «Energiya» va «Informatsiya» moddiy olamning asosiy tashkil etuvchisi deb e’tirof etilmoqda. Sivilizatsiyaning hozirgi kundagi rivoji, insoniyatning industrial jamiyatdan Informatsion jamiyat sari intilmoqda deyishga asos bo‘la oladi.
Elektron hisoblash mashinasining yaratilishi ham insoniyatning rivojlanish tarixida erishilgan eng yuksak kashfiyotlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunga kelib kompyuter va global tarmoq, butun dunyo bo‘yicha yig‘ilgan misli ko‘rilmagan katta hajmdagi informatsiyalarni insoniyat tomonidan foydalanilishiga imkon beradigan va uning intellektual imkoniyatlarini yuqori darajalarga ko‘taruvchi juda ham kuchli vositaga aylandi.
Programma mahsulotlarining va texnika vositalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, kompyuterni apparat va programma ta’minotining tez ma’naviy eskirishga olib kelmoqda. Hali foydalanuvchi yangi programma imkoniyatlarini to‘liq o‘zlashtirmasdan turib, sotuvga bu programmaning yanada mukammal variantlari taklif etilmoqda. Lekin shunga qaramasdan, kompyuterlar yaratishning va programmalash texnologiyalarining asosiy tamoyil va g‘oyalari o‘z kuchida qolmoqda.
Hozirgi kunda programma ta’minotlari orasida Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan operatsion sistemalar (Windows, Windows NT, Windows XP), matn muharrirlari (Word), elektron jadvallar (Excel), ma’lumotlar bazasi (Access) kabi ilovalar va programmalash tillari, internetda ishlashning turli vositalari keng tarqalgan.
Microsoft firmasi tomonidan yaratilayotgan programma mahsulotlarining ijobiy tomonlaridan biri, ularni yaratish texnologiyalarining turg‘unlashuvi (standartlashuvi) kuzatilmoqda: klaviatura va sichqonchaning vazifalari, fayl tizimi bilan ishlash tamoyillari, matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar bazasini qayta ishlash programma mahsulotlarida deyarli bir xil amalga oshirilmoqda.
Windows muhitida foydalanuvchi interfeysini standartlashuvi odamlarning kompyuter bilan muloqotini soddalashtirdi, ularni har bir yangi programma-paydo bo‘lganda yana qayta o‘rganishdek zerikarli ishdan ozod qildi.
Informatsion texnologiyalarning yana bir muhim jihatlaridan biri shundaki, bu fan jadal suratlarda o‘sib, yil sayin yangidan-yangi yunalishlarga, mutaxassisliklarga tarmoqlanib ketmoqda: algoritmik, mantiqiy, obyektga yo‘naltirilgan, vizual, parallel programmalash texnologiyalari; animatsiya, multmediya, Internet, ma’lumotlar bazasi yunalishlari; ko‘p protsessorli, neyron arxitekturali kompyuterlar va hokazo. Ko‘rinib turibdiki, informatika meta fan darajasiga ko‘tarilib, uni bitta o‘quv kursi chegarasida to‘liq, o‘zlashtirishning imkoni bo‘lmay qoldi.
Informatsion texnologiyalar sohasi bo‘yicha rus va ingliz tillarida chop etilayotgan qo‘llanmalar juda ko‘p chop etilmoqda. Oxirgi yillarda o‘zbek tilidagi qo‘llanmalar ham ko‘payib qoldi.
Taklif etilayotgan qo‘llanma O‘zbekiston Milliy Universitetining Mexanika-matematika fakultetida 1-2 kurs talabalari uchun «Informatika va programmalash» umumiy kursi bo‘yicha olib boriladigan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar asosida yozilgan va asosiy e’tibor informatikaning fundamental asoslari hisoblangan, kompyuterning programma ta’minoti va programmalash texnologiyalariga qaratilgan.
Qo‘llanma uch bobdan iborat:
Birinchi bobda informatika fani, predmeti, kompyuterlarning rivojlanish bosqichlari va avlodlari, kompyuterning asosiy tarkibiy qismlari, ularning ishlash tamoyillari va arxitekturasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Shu bilan birgalikda, Windows va MS DOS operatsion sistemalari va zamonaviy programmalash texnologiyalari va tillari hamda Internet va elektron pochta (E-mail) haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ikkinchi bob algoritm tushunasi, sanoq sistemalari va Bul algebrasining elementlari, ma’lumotlarning kompyuter xotirasida tasvirlanishi mavzulari qaralgan.
Uchinchi bob Paskal tilining bayoniga mo‘ljallangan bo‘lib, asosiy konstruksiyalar, turlar, modullar, grafik vositalar va obyektga yo‘naltirilgan programmalash texnologiyalari yoritilgan Ilovada Turbo Pascal muhitidan ishlash va foydalanish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar keltirilgan.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish