Modulning bajariluvchi qismi – IMPLEMENTATION bo‘limi INTERFACE qismida e’lon qilingan protsedura va funksiyalar tanalarini o‘z ichiga oladi. Bu bo‘limda, faqat shu bo‘limda ishlatiladigan boshqa programma obyektlarining e’lonlari bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan misolni davom ettirish mumkin.
IMPLEMENTATION
Procedure AddC;
Begin
z.re : =x.re + y.re;
z.im : = x.im + y.im;
End;
Procedure MulC;
Begin
...
Initsializatsiya bo‘limi. Bu bo‘lim BEGIN kalit so‘zidan boshlanib, bajariluvchi operatorlardan tashkil topgan programma bo‘lagini o‘z ichiga oladi. Bu operatorlar asosiy programmaning birinchi operatoriga boshqaruvni berishdan oldin bajariladi va ular programmani ishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu bo‘lim bo‘sh bo‘lishi mumkin.
Modullar kompilatsiyasi. TPda modulni o‘z ichiga oluvchi diskdagi faylni nomi bilan uning UNIT so‘zidan keyin keluvchi nomlar bir xil bo‘lishi shart. Yuqoridagi misolda modul – fayl nomi Cmplx.pas bo‘lishi shart. Modulni kompilatsiya qilish natijasida diskda ‘tpu’ kengaymali obyekt kodli fayl hosil bo‘ladi. Jumladan Cmplx.pas nomli modul kompilatsiyadan keyin Cmplx.tpu fayli hosil bo‘ladi.
TPda modullarni yoki modullardan foydalanuvchi programmalarni kompilatsiya qilishning uchta rejimi mavjud bo‘lib, ular modullar bilan qanday bog‘lanishi bilan bir - biridan farq qiladi: Compile rejimida – foydalaniladigan barcha modullar ‘tpu’ fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak; Make rejimida – oxirgi kompilatsiyadan keyin tahrir qilingan barcha modullar qaytadan kompilyatsiya qilinadi va asosiy programmaning ishchi fayliga kiritiladi; Build rejimida – foydalaniladigan barcha modullar qaytadan kompilyatsiya qilinadi.
Standart modullar. Foydalanuvchi yaratadigan modullardan tashqari TP standart modullarga ega. Bular System, Dos, Printer, Graph, Overlay va boshqa modullar. Bu modullar Turbo.tpl faylida saqlanadi. System moduli barcha programmalarga avtomatik ravishda qo‘shiladi.
CRT moduli. CRT abbreviaturasi "Elektron nur trubkasi" mazmunini bildiradi. Haqiqatan ham, CRT modulida matn ma’lumotni ekranga chiqarish, ekran darchalarini boshqarish, ekrandagi belgilarni va kursorni boshqarishning maxsus protsedura va funksiyalari aniqlangan. Bu moduldagi protsedura va funksiyalar kodi uncha katta bo‘lmasdan-3 Kb tashkil qiladi va u TURBO.TPL-sistemaviy kutubxona tarkibiga kiradi.
Quyida CRT moduliga kiruvchi asosiy protsedura va funksiyalarni keltiramiz:
Window(X1,Y1,X2,Y2:byte)-ekranda joriy darchani aniqlash. Window protsedurasi bajarilgandan keyin ekran ustida bajariladigan barcha amallar ekranning X1, Y1, X2, Y2 koordinatalari bilan berilgan qismiga taalluqli bo‘ladi. Satr va ustunlar hisobi (kursorni joylashtirish uchun) yangi joriy darcha koordinatasiga nisbatan aniqlanadi va (1,1) koordinatali yangi darchaning chap yuqori burchagini ko‘rsatadi. Ekranning darchadan tashqari qismi programmaning ta’sir doirasidan tashqarida bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, Window protsedurasi chaqirilganda koordinatalar "absolut" qiymatida, ya’ni ekranning real koordinatalari bo‘yicha beriladi (oxirgi matn darchasi koordinatasi bo‘yicha emas).
Do'stlaringiz bilan baham: |