2. Hisoblash texnikasining rivojlanish tarixi
Hisoblash texnikasining rivojlanishining tarixi shartli ravishda uch davrga bo`linadi:
Mexaniq mashinalargacha bo’lgan davr;
Mexaniq va elektromexaniq mashinalari davri;
Elektron hisoblash mashinalari davri.
Yer yuzida eng birinchi hisoblash texnikasi ibtidoiy odamlarning qo`l va oyoq barmoqlaridan iborat bo’lgan va hisobni 20 olib borishni ta‘minlagan. Bu tabiy hisoblash vositasi bo’lgan.
Dastlabki va eng sodda sun‘iy hisoblash asboblaridan biri birka bo’lgan. Hisoblash ishlarining murakkablashuvi yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni taqozo etgan. Natijada hozirgi scho`tni eslatuvchi asbob yaratilgan, Shotlandiyalik matematik Jon Neper raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalarni joriy qilgan, va nixoyat logarifmik chizgich yaratilgan.
Birinchi mexaniq moslamalardan biri nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan ixtiro qilingan. 1645 yil fransuz matematigi Blez Pascal arifmometr yasagan.
Nemis matematigi, mexanigi va foylasufi Gotfrid Leybnits 1673 yil faqat qo’shish va ayrishni emas, balki to`rtala arifmetik amalni bajara oladigan mashina yaratadi.
Mexaniq hisoblash mashinalarining yaratilishida rus olimlari Z.Slonimskiy (1845 yil), V.Bunyakovskiy (1867 yil), P.L.Chebshev (1880 yil), V.Odner (1889 yil) va boshqalarning xissasi kattadir.
Dastlabki mexaniq mashinalar qo`l kuchi yordamida harakatga keltirilar edi. Keyinchalik elektr quvvati yordamida harakatga keltiriladigan mexaniq mashinalar yaratildi. Bunday hisoblash mashinalari elektromexaniq mashinalar deyiladi. Elektromexaniq mashinalarda 8 soatlik ish kunida hammasi bo’lib 2000 amal bajarish mumkin bo’lgan. (1soat 250 amal, 1minutda 4 amal).
XX asr fan va texnikaning taraqqiyoti elektromexaniq mashinalarga nisbatan tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalarning yaratilishini taqozo etdi.
1942-1945 yillarda birinchi bo’lib elektron lampalar AQSHdagi Pensilvaniya universitetida Elektron lampalar axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo’lgan elektron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi va bu mashinaga (ENIAC) ENIAK deb, nom berildi. Bu mashinaning og`irligi 30 tonna bo’lib, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampa asosida ishlagan.
1946 yil Amerika olimi Djon fon Neyman (1903-1957) shunday elektron mashinalarini ko’rishni matematik jixatdan asoslab bergan. Keyinroq AQSHda va Buyuk Britaniyada “EDVAK”, “EDSAK”, “SYeAK”, “UNIVAK” va boshqa mashinalar yaratildi.
Rossiyada birinchi elektron raqamli hisoblash mashinasini 1948 yil rus olimi S.A.Lebedev boshchiligidagi guruh ishlab chiqdi. Bu hisoblash mashinasi MESM deyilar edi – malaya elektronnnaya schetnaya mashina. 1940 yillarning oxirgi va 1950 yillarning boshlari elektron hisoblash mashinalari taraqqiyotining boshlanishi hisoblanadi.
Elektron hisoblash mashinalari hisoblash ishlarini tezroq bajargandan tashqari, elektromexaniq mashinalardan farqli ularoq axborotlarni saqlash imkoniyatiga ya‘ni xotiraga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |