Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Informatika fani o’quv materialining didaktik tahlili va o’qitish metodlari tavsifi
Ta’limning mazmuni deganda, o’quvchilarning muayyan turdagi o’quv yurtida o’qish jarayonida egallab olishi lozim bo’lgan hamda bir tizimga solingan bilim, malaka va ko’nikmalarning aniq belgilangan doirasi tushuniladi.
Bilim, malaka va ko’nikmalar doirasi eng muhim faktlar, ilmiy tushunchalar, qonun va nazariyalarni, dunyoqarash g’oyalarini, axloqiy hamda estetik me’yorlar va ideallarni, talabalarning ko’rsatilgan ma’lumotlarini o’rganishi, ularning ilmiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish usullari haqidagi materiallarni, shuningdek, malaka va ko’nikmalarni, shu jumladan, olingan bilimlarni amalda qo’llash va yangi bilimlarni egallashdagi malaka hamda ko’nikmalarini o’z ichiga oladi.
Ta’limning mazmuni bir qator omillarni hisobga olish bilan belgilanadi, bu omillarning asosiylari quyidagilardir:
ijtimoiy ishlab chiqarishning obektiv ehtiyojlari hamda fan va texnikaning taraqqiyot darajasi;
davlatning muayyan turdagi o’quv yurti oldiga qo’yadigan maqsad hamda vazifalari;
d) o’qitish tamoyillaridan kelib chiqadigan va o’quvchilarning imkoniyatlarini e’tiborga oluvchi didaktik talablar.
Tarbiya mazmuni, o’qitish metodlari va usullari va tashkiliy ko’rinishlarini, o’qituvchi va talabalarning o’quv ishi turini ko’p jihatdan belgilab beradi. Shu munosabat bilan, tarbiya mazmunini didaktik tahlil qilish va o’quv materiali guruhini belgilash muhim, bu esa uni o’rganishning samarali usullarini didaktik tahlil qilishga, uni har tomondan ancha aniq belgilashga imkon beradi. Informatika fanining ish dasturlarida berilgan o’quv materialini mazmun jihatidan tahlil qilib, quyidagi asosiy umumiy guruhlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1 guruh. Algoritmlar nazariyasi masalalarni ochib beruvchi o’quv materiali. 2 guruh. Axborot va axborot texnologiyalari masalalarini ochib beruvchi
o’quv materiali.
3 guruh. Dastur va dasturlash nazariyasi haqidagi o’quv materiali. 4 guruh. Lokal va global tarmoqlar bilan ishlash.
O’quv materialining bunday bo’linishi, tabiiyki, shartlidir. Har bir guruhning o’quv materiali dasturlarning ayrim mavzu va bo’limlarida sof holda kamdan-kam berilgan. Qariyb har qaysi mavzu va bo’limda mazmun jihatidan har xil va turli nisbatdagi materialni topish mumkin. O’quv materialini mazmuni, turi va ahamiyati jihatidan tahlil qilish maxsus fanlarni o’rganishning eng maqbul tashkiliy metodlari va usullarini tanlashga imkon beradi.
Umumiy fanlarni, maxsus fanlarni o’rgatish oliy o’quv yurtlari talabalariga nazariy ta’lim berishning asosini tashkil etadi. Bu ta’lim amaliyot bilan mustahkam bog’lanishda amalga oshiriladi hamda talabalarni o’rganayotgan kasbini chuqur, har tomonlama va ongli o’zlashtirib olishi uchun zarur bo’lgan ilmiy-texnik va texnikaviy bilimlar bilan qurollantiradi. Nazariy ta’lim o’quvchilarning kasbiy bilim doirasini kengaytiradi, ularda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodning shakllanishiga, aqliy qobiliyatlarning rivojlanishiga yordam beradi.
O’quv va ishlab chiqarish amaliyoti ta’limi bo’lajak kadrning ixtisosligi bo’yicha tayyorgarligi asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarish ta’limi jarayonida talabalar ishning belgilangan muddatda sifatli bajarilishini ta’minlaydigan mustahkam kasbiy malakalarni, zamonaviy texnika va ilg’or ish metodlarid to’g’ri foydalangan holda yuksak unum bilan mehnat qilish usullarini egallab oladilar.
O’quv materiallarini tahlil qilishda didaktik xatti-harakatlar muhim o’rin tutadi.
Didaktik xatti-harakatlar deganda, o’qituvchining ta’lim jarayonini didaktika va metodika bilimlarini qo’llash orqali tashkil etish xatti-harakatlari tushuniladi.
Ular o’zaro bog’liq va aylanma harakatda amalga oshadigan o’qitish tadbirlari modeliga asoslangan, ya’ni ular mashg’ulot jarayonida yoki ish o’rnida o’qituvchi tomonidan muntazam ravishda takrorlanadigan tadbirlarni bildiradi. Ular biror-bir jarayonning barcha qismlarini qamrab oladi. Misol uchun aniq bir nazariy darsni o’tkazish yoki yo’l-yo’riq berish (instruktaj) uchun «Tayyorgarlik ko’rish - O’tkazish - Baholash» kabi harakatlar kerak bo’ladi.
Didaktik xatti-harakatlar quyidagi savollar bilan uzviy bog’langan:
Kimlar o’qitadi?
Kimlarni o’qitish kerak?
O’qitish orqali qanday maqsadlarga erishish lozim?
Maqsadlarga erishish uchun qanday mavzularni o’qitish kerak?
Nazariy yoki amaliy darsda qaysi usullar yordamida o’qitish zarur?
Nazariy yoki amaliy darslarni qanday sharoitda o’tkazish kerak?
O’qishni qanday tashkil qilmoq darkor?
Ko’zlangan maqsadga erishilganini tekshirish uchun natijalar qanday baholanadi?
Nazariy bilimlarni o’qitish bo’yicha quyidagi didaktik xatti-harakatlarni ko’rsatish mumkin:
Nazariy dars yoki yo’l-yo’riqqa oid dastlabki shart-sharoit va tayyorgarlikni baholash.
O’quv maqsadi va mazmunlarini belgilash.
Nazariy dars va yo’l-yo’riq rejalarini ishlab chiqish.
O’quv-didaktik materiallarni tayyorlash.Nazariy dars va yo’l-yo’riq berish.
Nazariy bilimlarni baholash.
Didaktik xatti-harakatlar amaliy qobiliyatlar va ko’nikmalarni shakllantirish sohasida tegishli bosqichlarga bo’linishi mumkin. Bu erda bizga «Mukammal kasbiy harakat modeli» ma’lum. Uning 6 bosqichi esa Germaniya ta’lim tizimida
«Yo’naltiruvchi matn usuli» nomi bilan yuritiladi. Bu 6 bosqichni talabalar har bir amaliy ish-harakatni bajarish uchun mustaqil amalga oshirishlari kerak, faqat (zarur bo’lganda) yo’riqchining rahbarligida. Ushbu bosqichlar quyidagilardan iborat:
Ma’lumot to’plash. Talaba berilgan ish topshirig’ini tahlil qiladi va kerakli hamma ma’lumotlarni mustaqil ravishda to’playdi.
Reja tuzish. Talaba mustaqil ravishda barcha kerakli ish bosqichlaridan iborat ish rejasini tuzadi.
Qaror qabul qilish. Talaba o’qituvchi bilan birgalikda ish rejasini amalga oshirish to’g’risida qaror qabul qiladi.
Amalga oshirish. Talaba ish rejasi asosida ishni mutsaqil bajaradi.
Tekshirish. Talaba ish natijasini mustaqil tekshiradi va «Baholash varag’i»ni to’ldiradi.
Xulosa chiqarish. Talaba va o’qituvchi birgalikda ish jarayonini, shuningdek, ish natijalarini tahlil qilishadi va xulosa chiqarishadi.
Har tomonlama kamol topgan mutaxassis tayyorlash masalasi avvalo o’qitish jarayonida hal qilinadi.
O’qitish jarayoni pedagogning va u rahbarlik qilayotgan talabalarning bilim, uquv hamda malaka tizimini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga qaratilgan izchil harakatlari majmuidan iborat.
Oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim talabalar shaxsini shakllantirishning, ularni aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng muhim vositasidir.
O’qitish jarayoni davomida talabalarning bilish kuchlari ri-vojlantiriladi.
O’qitish o’qituvchining talabalarga bilim, o’quv va malaka tizimi berish, ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatidir.
O’qish - talabalarning o’quv fani materialini o’zlashtirish borasida qiladigan muntazam va ongli mehnati.
O’qitish ikki tomonlama jarayondir: u o’qituvchining faoliyati va talabalar faoliyatini o’z ichiga oladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon qilishdan, talabalarda fanga qiziqish, fikrlar va e’tiqodni tarkib toptirishdan, talabalarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat.
O’qitish jarayonining ikkinchi tomoni o’quvchining faoliyati bo’lib, u o’quv fani materialini o’zlashtirishdan hamda bilimlarni o’zlashtirish jarayonida fikrlar va e’tiqodni hosil qilish yuzasidan olib boriladigan muntazam mehnatdan iborat.
O’qitish mazmuni hamma vaqt tegishli o’quv fani dasturi bilan belgilanishini, talabalarning o’qishini esa o’qituvchi yo’lga solib turishini nazarda tutib, muvaffaqiyatli ta’lim berishning asosiy sharti ta’lim berish mazmuni, o’qitish va o’qish orasidagi chambarchas uzviy bog’lanish deb hisoblamoq kerak.
O’quv jarayonining to’g’ri qo’yilishi shu bilan ifodalanadiki, har qaysi bosqichda talabalar o’rganiladigan materialni tushunib oladilar, uquv va malakalarini takomillashtiradilar, birorta yangi narsani idrok etadilar.
Ammo har xil bo’g’inlar ayni paytda muayyan yumushni bajaradi hamda o’ziga xos ko’rinish va metodlar bilan ifodalanadi.
O’quv jarayonining har bir bo’g’inini oliy o’quv yurtlarida umumta’lim va mutaxassislik fanlarini o’rganishga tatbiqan batafsil ko’rib chiqish ushbu metodikaning mazmunini tashkil etadi.
O’qitishning tashkiliy ko’rinishlari deganda, o’qituvchi va talabalarning maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o’tadigan faoliyati tushuniladi.
O’qitishning u yoki bu tashkiliy ko’rinishi talabalar guruhini va har bir talabai o’qitishning har xil ko’rinishlarida qo’shib olib borilishi, o’qitishda talabalar mustaqilligining turli darajasi, talabalarning o’qishiga o’qituvchi rahbarligining har xil usullari bilan ifodalanadi.
Oliy o’quv yurtlarida informatika fanini o’rganishda odatda «qo’sh» darslar ya’ni, har biri 45 minutdan bo’lib, orasida 5 minut tanaffus qilinadigan ikki davrdan iborat darslar qo’llaniladi. Bu hol mashg’ulotlar tizimini rejalashtirishni osonlashtiradi va darslarda mustaqil grafik ishlar va hisoblashlar, mashqlar va shu kabilar o’tkazishni engillashtiradi. Pedagogika adabiyotlarida darslarni ularning belgilovchi har xil alomatlari asosida tasniflashning turli variantlari keltiriladi. Bunday alo-matlardan biri o’rganiladigan materialning mazmunidir. Bu alomatga ko’ra tasniflash informatika faniga shu darslarni eng to’la tavsiflab bera olgan bo’lur edi. Darslarni tasniflashning boshqa bir alomati ularni o’tkazish usullaridir. O’tkazish usullari deganda o’qituvchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyatida, darsni o’tkazish metodikasida ifodalangan tashkiliy va boshqa momentlar majmuyi tushuniladi. Shu nuqtai-nazardan darslarning quyidagi turlari bo’ladi:
- ma’ruza darsi,
-suhbat darsi,
-ekskursiya darsi,
-videotasvir,
-talabalarning mustaqil ishi darsi,
-laboratoriya ishi darsi,
-amaliy ish,
-aralash dars va h. k.
Ko’p hollarda darslarni asosiy didaktik maqsadiga ko’ra tasniflashni eng ma’qul deb hisoblamoq kerak, chunki bunda boshqa hamma narsalardan tashqari, darsning o’quv jarayonidagi o’rni ham hisobga olinadi. Bu alomatga ko’ra darslarning quyidagi turlari mavjud:
-yangi bilimni bayon etish darslari,
-bilimni puxtalash, takrorlash va umumlashtirish darslari,
-o’quvchilarning bilim va malakalarini tekshirish darslari,
- aralash darslar.
Informatika o’qitish metodikasida asosiy o’rinlardan yana birini o’qitish metodlari(usullari) egallaydi. O’qitish metodi (metod grekcha metodos – so’zidan olingan bo’lib, biror narsaga yo’l ma’nosini bildiradi) – ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi o’qitish maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchining bir-biri bilan bog’langan faoliyatining tartiblangan usullaridir. O’qitish metodlarining muammolarini «Qanday o’qitish kerak?», «Nima uchun o’qitish kerak?», «Nimalarni o’qitish kerak?» va «Kimlarni o’qitish kerak?» kabi savollar orqali ifodalash mumkin.
O’qitish metodlarini an’anaviy va noan’anaviy metodlarga bo’lish mumkin.
An’anaviy metodlar sifatida quyidagilardan foydalanilmoqda:
Amaliy metodlar – tajriba, mashqlar bajarish, mustaqil ish, laboratoriya ishi.
Ko’rgazmali metodlar – illustratsiya, kuzatish.
Og’zaki metodlar – tushuntirish, hikoya qilish, suhbat, ma’ruza.
Kitob bilan ishlash – o’qish, tez ko’rib chiqish, tsitata olish, bayon etish, qayta so’zlab berish, konspekt qilish.
Video metod – ko’rib chiqish, mashq qilish.
Hozirgi kunda akademik Yu.K.Babanskiy tavsiya etgan o’qitish metodlari keng tarqalgan. Unda o’qitish metodlari uchta katta guruhlarga bo’lingan:
o’quv – bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari;
o’quv – bilish faoliyatini nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari;
o’quv – bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivatsiya metodlari.
O’quv – tarbiya jarayonida o’qitish metodlari asosida qo’yidagi vazifalar amalga oshiriladi:
o’rgatuvchi;
rivojlantiruvchi;
tarbiyaviy;
istak tug’diruvchi yoki motivatsiya;
nazorat-korrektsion.
O’qitishning noan’anaviy metodlarini qiziqtiruvchi va interaktiv metodlariga bo’lish mumkin. O’qitishning qiziqarli metodlariga krossvord ko’rinishdagi so’rov va rebus shakllarini misol qilish mumkin.
O’qitishning interaktiv metodlari o’quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishda juda katta ahamiyatga ega. Interaktiv so’zi inglizcha «interact» so’zidan olingan bo’lib, «inter»-o’zaro, «act»-ish ko’rmoq, ishlamoq degan ma’nolarni anglatadi. Interaktiv deganda o’zaro ish ko’rish, faoliyat ko’rsatish yoki suhbat tartibida kim bilandir muloqot holatida bo’lish tushuniladi.
Interaktiv (interfaol)o’qitish muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va o’quvchi orasida o’zaro ta’sir amalga oshiriladi. Interaktiv o’qitishda o’quv jarayonida barcha o’quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. O’qitishning interaktiv metodlariga Venna diagrammasi, klasterlar, insert texnologiyasi, T-sxema, katta aylana, Aqliy hujum, Chigal mantiqiy zanjirlar, 6*6*6 metodi, Rolli o’yinlar, Besh minutlik esse kabi metodlarni misol qilish mumkin.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishininig asbablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi- talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa,zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.Ta’lim jarayonida o’quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi.
Shuning uchun oliy o’quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari-interaktiv metodlar, innovatsion
texnologiyalarning o’rni va roli benihoya kattadir.Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchi-talabalarni bilimli, etuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation)–yangilik kiritish, yangilikdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi.Interaktiv metodlar –bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi.Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchi-talabalarningbirgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
o’quvchi-talabalar dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
o’quvchi-talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlash;
o’quvchi-talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirish;
pedagog va o’quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.
Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o’rganayotgan o’qitvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya – bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq, hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan TSO, kompyuter, masofali o’qish, yoki turli xil texnikalarjan foydalanish deb belgilandi.Bizning fikrimizcha, pkdagogik texnologiyaning eng asosiy negizi- bu o’qituvchi va o’quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq deb hisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’li texnologiyasi o’qituo’chi vao’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijag erisha olsa, o’quv jarayonidao’quvchi –talabalar mustaqil firlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga,guruh esaularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu, o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi.Har bir dars,mavzu, o’quv predmetiningo’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’qo’uvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltitilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilagan pedagogik jarayondir.
O’qituvchi va o’quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishiga qaratilagan,bunda o’qvchi-talabaning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar,axborot texnologiyalari kerak bo’lar,bular o’qituvchi va o’quvchi-talabaga bog’liq.
Shu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, TSOni, eng asosiysi, o’quvchining imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin.Qisqa qilib aytganda, o’quvchi-talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko’ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo’lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak.Bunda o’qitvchiga u tomonidan bo’lajak darsni texnologik xaritasinituzib olish katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o’qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o’qvchi-talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham ilm-fan taraqqiyoti natijalari, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy qilinishi turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda. Ta’lim oluvchilar axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda yangi bilimlarni tezda o’zlashtirib olishlari uchun o’quv adabiyotlarining turli shakllaridan foydalanishlari talab etiladi. O’quv adabiyotlarining mazmuni ta’lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni takomillashtirish, yangi bilimlarni turli o’quv adabiyotlaridan izlab topish ko’nikmalarini hosil qilishni ta’minlashi kerak.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi Farmoniga asosan, Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2002 yil 6 iyunda Qaror qabul qilingan edi. Unda ta’lim sifatini oshirish maqsadida ta’lim standartlariga muvofiq elektron o’qitish bazasini yaratish vazifasi yuklatilgan.
O’quv adabiyotlari muayan ta’lim turi o’quv rejasida qayd etilgan fanlar bo’yicha tegishli o’quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o’zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan manba bo’lib, ikki shaklada tayyorlanadi: an’anaviy (bosma) o’quv adabiyotlari va elektron o’quv adabiyotlari.
An’anaviy (bosma) o’quv adabiyotlari – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog’oz sifati, muqova turi va boshqa ko’rsatkichlarni hisobga olgan qog’ozda chop etiladigan manbadir.
Elektron o’quv adabiyotlari – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo’lgan manbadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi o’quv-tarbiyaviy jarayonida o’quv adabiyotlarining quyidagi turlari qo’llaniladi: darslik, o’quv qo’llanma, lug’at, izohli lug’at, ma’lumotlar to’plami, lektsiyalar kursi, lektsiyalar to’plami, metodik ko’rsatma, metodik qo’llanma, sharh, dayjest, elektron dasrlik, ma’lumotlar banki va boshqalar.
Darslik-o’quv fani, uning biror yo’nalishi yoki tarkibiy qismining davlat standartlariga va o’quv dasturiga mos holda, yuqori ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan sistemali ravishda bayon etilgan o’quv maxsulotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |