9
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi ―Kompyuterlashtirishni
yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida‖gi PF-
3080 sonli farmonining 5-bandiga muvofiq O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
tashkil etilgan. Keyinchalik ushbu agentlik O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16
oktyabrdagi PF-4475-son Farmoniga muvofiq O'zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish
va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo'mitasiga aylantirildi. Qo'mita faoliyatining
asosiy vazifalari va yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
axborotlashtirish sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta'minlash,
axborot texnologiyalarini rivojlantirishning jahon darajasi, axborotni muhofaza qilish va undan
foydalanishni
hisobga
olgan
holda,
zamonaviy
axborot
va
telekommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha kompleks milliy dasturlarni
ishlab chiqish va amalga
oshirish;
axborot resurslari, axborot tizimlari va tarmoqlari, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar,
ularni ta'minlash va himoyalash vositalari bozorini jadal rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni
yaratishga qaratilgan umumqabul qilingan xalqaro normalar va standartlarga muvofiq aloqa,
axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida qonun hujjatlari va
normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar
ishlab chiqish;
aloqa, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish va samarali
ishlashining, shu jumladan xalqaro va tarmoq standartlari, mamlakat iqtisodiyotining
tarmoqlari va sohalarini axborotlashtirish darajasini baholash mezonlari va indikatorlari
tizimini joriy qilish, shuningdek telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni litsenziyalash
mexanizmlari orqali davlat boshqaruvi va nazoratini amalga oshirish va boshqalar.
Maqsadli dasturlar va ustuvor izlanishlar kiritilgan ko‘pgina axborot tizimlari loyihalash
va amalga oshirish bosqichida turibdi. Bunday
tizimlarga soliq organlari, Vazirlar Mahkamasi,
Markaziy bank, Тashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Тashqi ishlar vazirligi, Makroiqtisodiyot
va statistika vazirligi, Davlat mulk qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va boshqalarning
kompyuter tizimlarini kiritish mumkin. Bir qator yirik loyihalar, jumladan,
Тashqi iqtisodiy
faoliyatni axborot bilan ta‘minlashning yagona avtomatlashtirilgan davlat tizimi, Fan-texnika
axborotining respublika tarmog‘i, Aholi bandligi xizmatining kompyuter tizimi, Ichki ishlar
organlarining yagona axborot tizimi, Adliya vazirligining axborot
tizimi va boshqalar ishlab
chiqilmoqda.
Тexnologiyani tashkil etuvchi tizim jarayonlarida va ular orasidagi axborot almashinuvini
tashkil etishda kompyuterlardan foydalanish mazkur texnologiyani samaradorligini oshiradi. Bu
texnologiyaga kompyuterni qo‘llash uchun mazkur texnologiyada axborotlar almashinuvini,
jarayonlar tizimini boshqarishning axborot ta‘minotini tahlil etish zarur. Shularga qarab bu
texnologiyaning unga mos axborotli modeli tuziladi. Ushbu modelda texnologiyaning bajarilishi
jarayonida yuz beradigan hamma axborot almashinuvlari, axborotlar ustida bajariladigan
amallar, axborot manbalari va jarayonda qatnashadiganlarning imkoniyatlari to‘liq aks etdiriladi.
Bu modelning algoritmini tuzib shu asosda texnologiyani bajaruvchi dastur tuziladi.
Тexnologiyaning ana shu dasturli variantini yangi axborot texnologiyasi deb yuritiladi.
Shunday qilib, axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va yangi
axborotni yaratish bilan
shugullanuvchi texnologiyalarni kompyuter asosida joriy etish yangi axborot texnologiyalarini
vujudga keltiradi. Axborot texnologiyasida markaziy o‘rinda kompyuter turadi. U axborotlarni
qayta ishlash uchun texnik vosita bo‘ladi.
Har bir o‘qimishli inson asosiy fanlarning asosini bilganidek axborot texnologiyasining
asosini ham bilishi kerak.
Zamonaviy mutaxassis quyidagi narsalardan xabardor bo‘lishi va amaliy ishlarda ulardan
foydalanish yo‘llarini bilishlari kerak:
-
Dasturiy va texnik vositalarning asosiy ishlash tamoyillari va kompyuter tizimlarida
berilganlarni tashkil qilish yullarini;
-
Shaxsiy kompyuterda ishlashni;
-
Zamonaviy axborot texnologiyasining
asosiy elementlarini, matnli hujjatlarni qayta
10
ishlashni, ma‘lumotlar jamg‘armasi bilan ishlashning tamoyillarini;
-
Hozirgi jamiyatda turli sohalarda kompyuterni qo‘llash yo‘nalishlarini.
Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallashi uchun zamonaviy
axborot (kompyuter) texnologiyalarini hayotimizning barcha jabxalariga keng joriy etish zarur.
Buning uchun, birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish,
davlat
muassasalari va xo‘jalik sub‘ektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot
xizmatini yo‘lga qo‘yish. Ikkinchidan, ilm, fan, ta‘lim, texnika, iqtisodiyot, ijtimoiy, xalq
xo‘jaligi va uni boshqarish sohalarida axborot tizimlarini shakllantirish.
Uchinchidan,
respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishini ta‘minlash kerak.
Axborotlashtirish jarayonlarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ushbu
jarayonlarning huquqiy-me‘yoriy asoslarini takomillashtirishdir. Bugungi kunga kelib ushbu
yo‘nalishda ham salmoqli ishlar amalga oshirildi, jumladan, O‘zbekiston Respublikasining
Do'stlaringiz bilan baham: