1. Ishonchlilik. Sistema o`zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo`lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu holatni tuzatishga harakat qilishi, hech bo`lmaganda esa, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zarar oldini olishi kerak.
2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o`z ishiga boshqa foydalanuvchilarning xalaqit qilishini xohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma’lumotlarini o`zgalar xatolari ta’siridan va aralashuvidan qimoya qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |