Informatika va axborot texnologiyalari fanining “Dasturlash asoslari” modulini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Download 1,74 Mb.
bet6/35
Sana21.06.2022
Hajmi1,74 Mb.
#687967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Мамарузиева Хилола

Aqliy hujum texnologiyasi. Aqliy hujum texnologiyasi biror muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga keladigan samarali usullardan biridir. U to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. Aqliy hujum uslubini qo‘llashda o‘qituvchi guruh ishtirokchilarini to‘playdi, ular oldiga biror muammoli vaziyatni yechish bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirishlarini so‘raydi. Mazkur bosqichda ishtirokchilardan hech biri boshqa qatnashuvchilarning g‘oyasi, fikrini muhokama qilish yoki baholashi mumkin emas. Bildirilgan har qanday g‘oya va fikrlar hisobga olinadi, qancha ko‘p fikr va g‘oyalar bildirilsa shuncha yaxshi. Bildirilgan g‘oya va fikrlarni to‘ldirish, kengaytirish, qayta o‘zgartirish mumkin. g’oyalar yozilgan varaqlar devorga osib qo‘yiladi. Berilgan g‘oyalar asosida muammoni hal etishga yordam beradigan yechimni tiklash uchun muhokama o‘tkaziladi. Bu haqiqatan ham talabalarning ta’lim jarayonida faol ishtirok etishlari, turli g‘oyalarni bayon etish chog‘ida boshqalarni ham qizg‘in ishga yo‘llashlari, ilhom bilan ishlashlariga imkon beruvchi va unga rag‘batlantiruvchi samarali metoddir. Aqliy hujum shuning uchun ham faollashtirishning muhim usuliki, unda tanho ishlash mumkin emas, birgina g‘oya guruhning barcha ishtirokchilarini bir xilda o‘ziga tortib oladi.
O‘qituvchi mavzu yoki savolni ajratib olishi zarur, keyin esa o‘quv faolligi 5­10 daqiqa oralig‘idagi vaqt chegarasida yengillashtiriladi. Aqliy hujum turli tarzda qo‘llanilishi mumkin: masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun yangi savol qo‘yish yoki istalgan qandaydir muammoni hal etish va hokazo.
Tarmoqlar (Klaster) texnologiyasi. Fikrlarning tarmoqlanishi - bu pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarni biron bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, talabalarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi. Bu uslub biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish