O‘ZBЕKISTON KOMPYUTЕR TARMOQLARI mavzusiga doir.
Ma'lumotlar uzatish milliy tarmog'i, jahon axborot tarmoqlari, tarmog'ini modernizatsiya qilish, korporativ foydalanuvchilar, tarmog'ini rivojlantirish va takomillashtirish, elektron hujjat almashish, axborot-kompyuter xizmati, milliy provayderlar, internet xizmatlari, masofali o'qitish, tarmoqlarni avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish istiqbollari.
Informatika va axborot texnologiyalari darslarida o`quvchilarni kasb- hunarga yo`naltirish va mustaqil masalalar bo’yicha tuzishni o`rgatish
Informatika va axborot texnologiyalari darslarida o`quvchilarni kasb- hunarga yo`naltirish uchun axboriy bilim beribgina qolmasdan bu bilimlarni hayotga tadbiq qilishni chuqur o`rgatish lozim.
Agar o`quvchilar har bir fandan olgan bilimlarini hayotga tadbiq etolmasa, amalda ulardan foydalana olmasa, bu fan quruq fan bo`lib qolaveradi, o`qituvchining mehnati zoye, o`quvchining vaqti behudaga sarflangan hisoblanadi.
Jamiatimizning hech bir a`zosi yo`qki, kundalik turmushida kompyuter yoki qo`l telefonidan foydalanmasin. Internet, Word, Exceldan foydalanmaydigan kishini topish qiyin, yoki umuman mumkin emas.
Axborot texnologiyadan Internet, telefon, modem, fleshka, disk, printer va xokazolarni kundalik turmushda ko`p qo`llaymiz.
Informatika va axborot texnologiyalarini o`rganish o`quvchilarda referatlar tayyorlash (yozish), jadvallar yaratish, annimatsiyalar qilish, slaydlar yaratish kabi juda ko`p ko`nikma va malakalar tarkib topadiki, bularsiz hayotda biror ish qilish qiyin.
Shuningdek dunyo habarlarini bilish ham hayotiy zaruratdir.
Kundalik turmushda uchraydigan masalalardan namunalar keltiramiz.
Internet nima?
Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jaxon global kompyuter tarmog`idir.
Uning nomi "tarmog`lararo" degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni
birlashtiruvchi axborotlashgan tizim bo`lib, ¢zining aloxida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual
to`plamdan tashkil topadi.
Internet, unga ulangan tarmoqqa kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma'lumotlar almashish
imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali internetning har bir mijozi boshqa shahar
yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini
ko`rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar
bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muammolalarini amalga oshirishi va xatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan kompyuter o`yinlarini
o`ynashi mumkin.
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jaxon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona axborotlashgan muxitga biriktirish
imkoniyati tuzildi.
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan taxlil qiladigan bo`lsak, internet birinchi navbatda tarmoq
mijozlariga o`zaro ma'lumotlar almashish, virtual muloqot qilish imkonini yaratib beruvchi
"axborotlashgan magistral" vazifasini o`taydi, ikkinchidan esa unda mavjud bo`lgan ma'lumotlar
bazasi majmuasi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Bundan tashqari internet bugungi kunda
dunyo bozorini o`rganishda, marketing ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muxim
vositalaridan biriga aylanib bormoqda.
2.1-rasmda internet va unga bog`lanishning umumiy shakli keltirilgan. Unga asosan internetga bog`lanish va undan foydalanishning asosiy texnik vositasini shaxsiy kompyuterlar tashkil etadi.
Uning imkoniyatlarini kengaytirish uchun unga mikrofon, videokamera, ovoz chiqargich (audiokolonka)
va boshqa qo`shimcha qurilmalar ulanishi mumkin. Internet xizmati "internet provayderlari"
yordamida aloqa kanallari orqali amalga oshiriladi. Aloqa kanallari sifatida telefon tarmog`i,
kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan foydalanish mumkin.
Internet tarmog`ining asosiy yacheykalari bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o`zaro bog`lovchi
lokal tarmoqlardir.
Internet aloxida kompyuterlar o`rtasida aloqa o`rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruxini
o`zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar biron-bir mahalliy tarmoq bevosita
internetga ulangan bo`lsa, u xolda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi internetga
ulanishi mumkin. Shuningdek, internetga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud.
Ularni xost-kompyuterlar (host-rahbar) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter
takrorlanmaydigan raqamli o`z adresiga ega va uning yordamida jaxonning istalgan nuqtasidagi
istalgan mijoz uni topa olishi mumkin.
Intranet - bu internet texnologiyasi, dasturiy ta'minoti va protokollari asosida tashkil
etilgan, hamda ma'lumotlar bazasi hamda elektron ma'lumotlar bilan jamoa ravishda ishlash
imkonini beruvchi korxona yoki konsern miqyosidagi yagona axborotlashgan muxitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog`idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi bilan farqlanadi. Bir yoki bir necha
serverlardan tashkil etilgan tarmoq mijozi undagi elektron ma'lumot, ma'lumotlar bazasi va
fayllardan foydalanish uchun, ularning qaysi serverda, qaysi direktoriyada qanday nom bilan
saqlanganligini, ularga kirish usul hamda shartlarini bilishi zarur bo`ladi.
Server - bu boshqa kompyuter va dasturlarga xizmat ko`rsatadigan kompyuter vositasi yoki
dasturdir. Ya'ni boshqa kompyuterlarga o`zining fayllaridan foydalanishga ruxsat beruvchi
kompyuter server hisoblanadi. Bitta kompyuterda bir necha server ishlashi mumkin.
Internetda esa bunday noqulayliklarni oldi olingan bo`lib, uning foydalanuvchisi bunday
ma'lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari internet tarmog`ida mavjud bo`lgan barcha
elektron ma'lumot va ma'lumotlar bazasini giperbog`lanishlar yordamida o`zaro bog`lab yagona
axborotlashgan muxit qurish, unda qulay axborotlashgan qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin
bo`ladi
Internetning asosiy tushunchalari:
Internet - International network - xalqaro tarmoq ma'nosini anglatadi
Veb sayt - biror bir soxaga, faoliyatga, voqea va xodisaga bag`ishlangan ma'lumotlarni
o`zida jamlagan Internet sahifalar majmui.
Internet provayder - Internet tarmog`i xizmatlaridan foydalanishni ta'minlab
beruvchi yuridik shaxs.
Elektron pochta - Internet tarmog`i orqali tezkor ma'lumotlar va xabarlar almashish
tizimi.
Chat - Internet tarmog`i orqali tezkor muloqotni yozishuv asosida tashkil qilish xizmati
Forum - Internet tarmog`i orqali turli toifadagi masalalarni o`zaro muxokama qilish
Tizimi
Internet konferensiya - Internet tarmog`i xizmatlari orqali turli anjumanlarni
tashkil etish
Trafik - bu Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma'lumotlar oqimi xajmi.
Internet manzil (URL) - Internet tarmog`ida joylashtirilgan axborot resurslarining
murojaat manzillari.
Do'stlaringiz bilan baham: |