МОЙ КОМПЬЮТЕР ilovasi.
WINDOWS ish stolida papka yorliklar va har xil maxsus belgilar joylashadi. PAPKA -bu suz bilan nomlangan diskdagi ma’lumotlar sohasi, uning ichida boshqa papka va fayllar joylanishi mumkin. Bu sohada fayl va boshqa papkalar saqlanishi mumkin. YORLIQ - bu diskda joylashgan fayl yoki dasturgacha yullanma. Bu yullanmaga sichqoncha bilan ikkitali bosish yordamida kirsak, kompyuter yullanmaga mos fayl yoki dasturni ochib beradi. Bitta fayl yoki dastur bir nechta yorliklarga ega bo‘lishi mumkin. Maxsus yoki ish stolninng asosiy papkalar - bu Windows dastur ustidan har xil amallarni bajaruvchi maxsus dasturlarga yullanma. Ular quyidagicha:
МОЙ КОМПЬЮТЕР - yordamida sizning kompyuteringizda joylashgan disklar, papkalar va ular ichidagi fayllarni ko‘rish va ular bilan ishlash (har xil amallar bajarish) mumkin.
МОИ ДОКУМЕНТЫ - siz tomoningizdan ish jarayonida yaratilgan matn, rasm, jadval va avtomatik tarzda saqlangan boshqa fayllar turadi. Bu belgi yordamida esa shu papkaga tezkor o‘tishimiz mumkin va ular bilan ishlash imkoniyat yaratiladi)
СЕТЕВОЕ ОКРУЖЕНИЕ - yordamida sizning kompyuteringiz orqali tarmoqga ulangan boshqa kompyuterlardagi fayl, papka va disklar bilan ishlash (ma’lumotlarni ko‘rish, ko‘chirib olish) mumkin.
КОРЗИНА - yaqinda o‘chirilgan va to‘liq o‘chiriladigan fayl va papkalarni ro‘yxati joylashadi. Agar bundan ham o‘chirsak, fayl to‘liq o‘chadi. Agar o‘chirilgan faylni tiklamoqchi bo‘lsak, keraklisi tanlanib menyudan «восстановить» bandi bosiladi va fayl qayerdan o‘chgan bo‘lsa, o‘sha joyga qayta tiklanadi.
Windowsning maxsus papkalar quyidagi qismlardan iborat: Nom satri, Menyu satri, Yordamchi qurollar tugmalari satri, Ish soha, Ma’lumotlar satri, Oyna chegaralari va Ko‘rib chiqish chizgichlari. Ush bu qismlar bilan biz utgan mavzuda tanishganmiz. Ush bu papkalarning hammasida yordamchi qurollar (asboblar) tugmalari satri bir xil bo‘lib ular yordamida biz eng asosiy amallar va harakatlarni bajarishimiz mumkin. Shu tugmalar bilan yaqinroq tanishaylik.
1. НАЗАД - oynaning oldingi kuriniga utish,
2. ВПЕРЕД -oynaning keyingi ko‘rinishiga utish,
3. ВВЕРХ - yuqoridagi papkaga chiqish
4. ПОИСК - fayl, papka, kompyuterni, Internet sahifani kidirish
5. ПАПКИ - ish sohani chap tomondagi qismda papkalar ruyxatini ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik
6. ЖУРНАЛ - ish sohani chap tamondagi qismda oxirgi ochilgan va kurilgan internet sahifalar ruyxatini ko‘rsatish yoki ko‘rsatmaslik
7. ПЕРЕМЕСТИТЬ В - tanlangan obyektni boshqa joyga ko‘chirib olish
8. КОПИРОВАТЬ В - tanlangan obyekt nusxasini boshqa siz ko‘rsatgan joyga ko‘chirib olish
9. УДАЛИТЬ - tanlangan obyektni uchirish
Do'stlaringiz bilan baham: |