Informatika o‘qitish metodikasi fanidan o‘quv-metodik majmua
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN DARSDAN TASHQARI MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH METODIKASI
REJA:
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari ishlarni tashkillashtirish tamoyillari.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni rejalashtirish va o’tkazish metodikasi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanidan dars tahlilini o’tkazish metodikasi.
Tez o’zgarib boruvchi axborot kommunikatsion texnologiyalar va bilimlarning yangilanishi zanonaviy sharoitlarga moslashish ko’nikmasiga ega bo’lish va yangi bilimlarga intilishni talab etadi. Buning uchun talabalarni yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirishga o’rgatish kerak.
Mustaqil ta‘lim - belgilangan o’kuv topshiriqlarini tahsil oluvchilarning mustaqil va ijodiy bajarishlari asosida o’tadigan o’kuv faoliyatidir.
Mustaqil va muntazam ta‘lim olish bugungi kun uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, uzluksiz ta‘lim kontseptsiyasining o’zgarish bosqichida ―butun hayoti uchun bilim olishdan – butun hayoti davomida bilim olish‖ talabini qo’yadi.
Mustaqil ta‘limning mavjudligi ko’rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
talabaning har xil manbalardan yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtirish ko’nikmasi va yangi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi;
o’zlashtirilgan bilim va malakalarni keyingi mustaqil ta‘lim olish uchun qo’llash malakasi;
har qanday hayotiy muammolarni hal qilishi uchun ularni amaliy faoliyatda qo’llash imkoniyati.
Mustaqil ta‘lim negizini mustaqil ishlar tashkil etadi.
Mavzuni bayon etishda mustaqil ishdan foydalanishning asosiy bosqichlarini qo’yidagicha belgilash mumkin:
Ma‘lum bo’lgan mavzuni o’tishda savol-javob, muammoli vaziyat, mustaqil ish asosida tushuntirish.
Tanish bo’lmagan va oson anglanadigan mavzularni o’tishda savollarga og’zaki va yozma javob berish, mavzu yuzasidan lug’at tuzish, yozma ishlar mavzuini bayon qilish uchun reja tuzish.
Tushunish qiyinrok bo’lgan mavzularni o’tishda:
matnni bulib-bulib uqitish;
har bir bosqich yuzasidan savol-javob;
tushuntirish va mustaqil ish;
O’tilgan mavzuni takrorlashga doir mustaqil ishlar.
Yangi mavzuni o’tish oldidan uyushtiriladigan mustaqil ishlar:
savollarga-javob topish;
mavzuga mos holatni tanlash;
Yangi mavzuni mustaxdamlash. Mustakil ish talabaning individual ishiga aylanadi.
talabalar bilimini mustaxkamlash va kengaytirish;
nazariy bilimini amaliyot bilan boglash va amalda ko’llash malakasini mustaxkamlash;
mashqlar bajarish;
ijodiy tavsifdagi mustaqil ishlarni tashkil etish;
darslik materiallari buyicha savol-javob, topshiriklar.
Kursatma va didaktik tarqatmali materiallar asosidagi mustaqil ishlar dare samaradorligi oshiradi.
Informatika ta‘limidan xatolarni oldini olish va tugatishga doyr mustaqil ishlar.
xatolarni oldini olish - talabalarning mustaqil ishlarida yul quygan xatolari ustida ish olib borishni ta‘minlashdir;
mustaqil ishlashda vaqtni tugri taqsimlash, xato ustida ishlashga e‘tibor berish, bilim saviya, qobiliyatini hisobga olish, tabaqalashtirilgan topshiriqlardan foydalanish va hokazo.
Mustaqil ishlarini reja tuzish, konspekt yozish, referat tayyorlash, esse ravishda bajarish mumkin.
Har birini qarab o’tamiz.
Reja tuzish
Reja tuzish – eng qisqa yozma matn:
fikrlar ketma-ketligini o’zida mujassam etadi va umumlashtiradi;
matn mazmunini ochib beradi;
manba mazmunini xotirada tiklaydi;
konspekt va tezislar o’rnini bosadi;
har xil turdagi yozishmalar, ma‘ruza, xabarnoma, hisobot tuzishga yordam beradi;
amaldagi yozmani yaxshilaydi;
o’z-o’zini nazorat qilishni tezlashtiradi;
e‘tiborning bir nuqtada bo’lishligiga va mashg’ulotlarni rag’batlantirishga imkon beradi;
yaxshi tanish matnning xotirada paydo bo’lishida foydalaniladi.
Lekin: haqiqatdagi mazmunni uzatmaydi, faqat unga yo’nalish beradi va uzatish sxemasini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |