Informatika va axborot texnologiyalari fanidan darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish metodikasi reja


Informatikadan mustaqil ish topshiriqlarini tayyorlash



Download 127,1 Kb.
bet4/8
Sana31.12.2021
Hajmi127,1 Kb.
#215488
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
INF VA AT DAN DARSDAN TASHQARI MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH METODI

1.2. Informatikadan mustaqil ish topshiriqlarini tayyorlash

«Informatika‖ va ―Axborot texnologiyalari» fanlaridan o’quvchilar mustaqil ishi topshiriqlarini tayyorlashda quyidagilarga amal qilish lozim:



  • ma‘ruza mashg’ulotiga oid mustaqil ta‘lim topshiriqlarini tanlashda auditoriyada o’tiladigan mavzular bilan uzviyligini ta‘minlash;

  • uyda mustaqil ravishda o’rganiladigan mavzularni va o’rganilishi lozim bo’lgan asosiy savollarning aniq bayon etilishiga erishish;

  • amaliy mashg’ulotlar topshiriqlarini o’rganilayotgan nazariy o’quv materiallari bilan mutanosib bo’lishini hisobga olish;

  • laboratoriya ishlariga oid mustaqil ishlarni bajarishga oid metodik ishlanmalar yaratilganligini hisobga olish;

  • mustaqil ravishda yechilishi lozim bo’lgan misol va masalalarning aniq ro’yxatini tuzish;

  • mustaqil ish topshiriqlarining axborot ta‘minoti, jumladan adabiyotlar ro’yxati (betlari ko’rsatilgan holda), elektron o’quv qo’llanmalar va Internet manzili ko’rsatilishiga erishish va h.k.

Informatikada belgilangan mustaqil ta‘lim mashg’ulotlarini tashkil etishda asosiy e‘tiborni amaliy topshiriqlarga qaratish maqsadga muvofiq. Chunki, o’quvchilarda kompyuter va uning amaliy dasturlari bilan ishlay olish malakasini oshirishga e‘tibor berish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. O’quvchilar zamonaviy axborot va kommunikatsiya vositalari bilan ishlay olish malakalarini egallashlari, dunyoda bo’layotgan voqea-hodisalardan xabardor bo’lishlari, o’z bilim darajalarini yanada boyitib borishlarida Internet tarmog’i bilan ishlay olish malakalarini egallashlari muhim hisoblanadi.

Mustaqil ta‘lim uchun ajratilgan mavzularning o’quvchilar tomonidan sifatli o’zlashtirishlari uchun avvalo mavzularni o’rganish lozim bo’lgan manbalar(adabiyotlar, internet manbalari) aniq ko’rsatilsa, shuningdek o’qituvchi tomonidan ushbu ko’rsatilgan mavzular bo’yicha yetarlicha ma‘lumotlar to’plansa va ularni talabalar o’zlashtirishlariga sharoit yaratib berilsagina, ta‘lim sifati yaxshilanadi va o’quv jarayonida samaradorlikka erishiladi.

Mashg’ulot davomida o’quvchilar mustaqil ta‘limini tashkil etishda kichik guruhlar bilan ishlash ham muhim hisoblanadi. Kichik guruhlar bilan ishlash uchun guruh talabalarini bir necha mayda guruhlarga bo’lib, ularga fan mavzusiga mos topshiriqlar berilib, ularni bajarishlariga sharoit yaratib beriladi. Ma‘lum vaqtdan so’ng kichik guruhlarning berilgan topshiriq bo’yicha javoblari tinglanadi va ularni umumlashtirish, mayda guruhlar fikrlari ham eshitiladi. Bu usulda o’qituvchi menejer sifatida faoliyat olib borib, har bir o’quvchi fikrini va guruhlarning javoblarini izohlab boradi. Kichik guruhlar bilan ishlashda turli yangicha usullardan foydalanish mumkin. Bu esa o’quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, ularning mustaqil ish bajarishlariga, o’z fikrini birovlarga uqttirishga, shuningdek, boshqalar fikrini ham hurmat qilishga hamda eshitishga o’rgatadi.

Mustaqil topshiriqlar berishda «Internet va elektron pochta bilan ishlash» haqidagi topshiriqlar ham keltirilgan bo’lib, o’quvchilar topshiriqni bajarish bo’yicha tavsiya etilgan ko’rsatmalardan foydalanib internetda axborotlarni qidirish, izlab topilgan axborotlardan nusxa olish, elektron pochta ochish va u bilan ishlash malakalariga ega bo’ladilar. Natijada fanga oid mustaqil ta‘lim topshiriqlarini bajarishda ularni adabiyotlar bilan ishlash bilan birga Internet tizimidan foydalanib mavzuga oid axborotlarni izlash, ulardan nusxa olish va qayta ishlash, shu bilan birga o’qib o’rganishi natijasida o’z bilimini yanada mustahkamlashga erishadi.

Misol sifatida «Internet va elektron pochta bilan ishlash» mavzusi bo’yicha mustaqil ishini keltiramiz.


Download 127,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish