Pascal dasturlashtirish tili
Pascal dasturlashtirish tili N. Virt (SHveytsariya Informatika instituti professori) tomonidan 1968
yilda yaratilgan. 1992 yilda Borland firmasi Pascal tilining ShEHMdagi MS-DOSda amal g‘iluvchi
Turbo-Pascal dasturlashtirish paketlarini chiqardi. TP juda keng tarqaldi va dasturlashtirish tarixida
foydalanuvchilar sonining oshish sur‗ati bo‘yicha bu tilga teng keladigani yo‘q. Buni Pascal tilida
algoritmlarning fundamental va eng muhim kontseptsiyalarining oydin va tushunishga oson shaklda
berilganligi bilan tushintirish mumkin. Programma tuzish paytida programma tuzuvchi uning ixtiyoriga
dasturlashtirish tili tomonidan beriladigan kategoriyalar bilan fikr yuritadi.
Pascal tilini yaratishda ikki maqsad nazarda tutilgan:
-
tushinarli va tabiiy ravishda ifodalangan bir kator fundamental tushunchalarga asoslangan
dasturlashtirishni rgatishga qulay bo‘lgan tizimli predmet sifatida yaratish;
-
mavjud bo‘lgan hisoblash mashinalarida tilni ishlatishning ishonchliligi va samaradorligi.
Pascal dasturlashtirish tili eng muhim ikkita tamoyilga asoslangan:
- strukturali dasturlashtirish tamoyili (unga klassik strukturali dasturlashtirishning asosiy boshqaruvchi
strukturalarini amalga oshirish vositalari kiradi);
- berilganlarni tashqil qilishning strukturali tamoyili (u K. Xoar tomonidan taklif etilgan strukturali
turlarning to‘liq to‘plamini oddiy o‘zgaruvchilar, massivlar, ketma-ket fayllar, yozuvlar, variantli
yozuvlar, ko‘rsatkichlar va undan berilganning yangi turlarini yaratishning taraqqiy topgan vositalarni o‘z
ichiga oladi);
Pascal dasturlashtirish tili, zamonaviy dasturlashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan,
programmalarning to‘g‘riligini isbotlovchi analitik usullarning taraqqiy topishida katta rol uynadi. U
xozirgi kungacha dasturlashtirishning to‘g‘riligini isbotlashga imkon beradigan dasturlashtirish
sistemalariga ega bo‘lgan yagona tildir.
Pascal dasturlashtirish tili, programmaning qismlari yoki butun programma to‘g‘risida turli xil
mulohazalarni isbotlashni ta‗minlaydigan, yaxshi matematik apparatga asoslangan. K. Xoarning
aksiomatik sistemalari yordamida ifodalanadi. Programmalarni ishlashini "sozlash"ning eski usullari
o‘rniga, xozirgi paytda paydo bo‘layotgan programmalarning to‘g‘riligini tekshiradigan avtomatik
sistemalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Albatta, hamma o‘zgaruvchilarni tasvirlashni talab qilinishi ortiqcha bo‘lib ko‘rinishi mumkin,
lekin programma yozish osonligiga qaraganda, uning ishonchli bo‘lishi muhimroqdir.
1982 yil A. Eddiman rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Pascal dasturlashtirish tilining
Britaniya standarti yaratildi, u bugungi kunda xalqaro standartga ham aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |