Tarmoqning adresatsiyasi. Internet yoki har qanday boshqa TCP/IP li tarmoqlarga ulangan har bir
kompyuter bir –birini «tushunadigan» bo‘lishi kerak. Ushbu holat bo‘lmasa,
tarmoq xabarlarni sizning kompyuteringizda qanday yuborishni bilmaydi.
Internetdagi biron bir kompyuter bilan bog‘lanish uchun unikal Internet-
adresini bilishingiz lozim. Adreslarning ikki xil formatlari mavjaud, ular :IP-adres
va DNS-adreslardir.
Agar bir va bir nechta kompyuterda bir xil identifikator bo‘lsa, tarmoq
xabarni yubora olmaydi. Internetda kompyuter tarmoqlari (KT) Internet manzili
yoki aniqrog‘i IP-manzilini belgilash bilan aniqlanadi. IP manzili 32 bit uzunlikda
va har biri 8 bitdan iborat to‘rt qismdan tashkil topgan va har bir qismi 0 dan 255
gacha bo‘lgan qiymatlarni qabul qiladi. Qismlar bir-biridan nuqta orqali ajratiladi.
Masalan, 232.25.234.456 yoki 147. 120. 3. 28 lar IP da ikkita har xil manzilni
belgilaydi. Internet tarmoq manzili haqida gap ketganda, odatda IP manzili
tushuniladi. Agar IP - manzilida barcha 32 bit ham foydalanilsa, u holda to‘rt
milliarddan ko‘p mumkin bo‘lgan manzillar paydo bo‘lar edi. Lekin ba‘zi bir
manzillar birlashmalarning maxsus maqsadlari uchun zaxiraga olib qo‘yiladi. IP
manzili ikki qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq manzili va uning xost manzili. IP
manzilning ushbu tuzilishiga asosan har xil tarmoqlardagi kompyuter nomerlari bir
xil bo‘ladi. Shuni aytish joizki, manzillarni sonli belgilash kompyuter uchun
tushunarli bo‘lsada, foydalanuvchi uchun aniq ma‘lumotni bermaydi. Shuning
uchun ham kundalik hayotda odatda adreslashning domen usuli foydalaniladi.
Agar siz DNS – adres kiritsangiz, u avval nomlar serveriga yuboriladi, bu
server ushbu adresni mashina anglay olishi uchun 32 bitli IP – adresga o‘giradi.
DNS nomlar odatda uchta tashkil etuvchilardan tashkil topadi ( ularning soni
ko‘proq bo‘lishi ham mumkin). Domen tizimi ierarxik strukturaga egadir: yuqori
sath domenlari, ikkinchi sath va h.k. sath domenlari. Yuqori sath domenlari ikki xil
bo‘ladi: geografik (ikkita harfli - har bir davlat o‘zining kodiga ega) va
administrative (uchta harfli).
Xost kompyuterlar
Internetning
server
xizmatini
bajaruvchi
kompyuterlardir.
Xost sistema (kompyuter) Internet bilan bog‘langan aloqa xabarlarini oluvchi
va uni mos aloqa bo‘limlariga jo‘natuvchi kompyuterdir. Ko‘p hollarda xost
kompyuter lokal tarmog‘idagi oddiy kompyuterga o‘xshagan bir kompyuterdir.
Umumiy holda u Internet provayderi vazifasini bajaruvchi tashkilot modemi orqali
ulangan kompyuterdir. Xost kompyuterlarni nomlash oddiydir. Misol uchun
maripov@tash-su.silk.org elektron pochta adresida silk.org tarmog‘iga mansub
domen bo‘lsa, tashsu esa elektron pochta xost sistemasining programmalari
bajariladigan kompyuter nomidir. Domenning eng yuqori sathidagi so‘z (bizning
misolimizda org) uning sinfini aniqlaydi. U xizmat turi yoki geografik
joylashganiga qarab belgilanadi. Masalan: