Panellarni ekranga chiqarish
Ekranga ixtiyoriy panelni chiqarish yoki uni berkitish View (ko‘rinish) /
Toolbars (asboblar paneli) buyruqlarini tanlash orqali amalga oshiriladi. Ochilgan
menyuosidan kerakli panel nomi tanlanadi. Ekranlan ixtiyoriy panelni olib tashlash
kontekst menyu yordamida ham bajarilishi mumkin. Buning uchun kontekst
menyu sichqoncha o‘ng tugmasini panelning ixtiyoriy joyida bosish orqali
chaqiriladi va Hide (yashirish) buyrug‘i tanlanadi. Bundan tashqari, agar panel
suzuvchu bo‘lsa, yani asosiy oynaga biriktirilmagan bo‘lsa, uni yopish tugmasi
orqali berkitish mumkin. Asosiy panellardan farqli ravishda matemati panellarni
Math panelidagi mos tugmalarni bosib chaqirish yoki berkitish mumkin.
Matematik panellarning bor yoki yo‘qligi mos tugmalar orqali ko‘rinib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |