Informatika va Axborot texnoligiyalari fanini o’qitishda ilg’or xorijiy tajribalarini qo’llash Ishning maqsadi


Informatika va AT fanini o‘qitishda masofadan o‘qitish



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana28.04.2022
Hajmi0,99 Mb.
#589404
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1KBo6PrJK54aoAbmeXCqivGbhq3JkfCHEtU0SFxq

Informatika va AT fanini o‘qitishda masofadan o‘qitish 
texnologiyasidan foydalanish 
Bugungi kunda, о‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning an’anaviy va 
noan’anaviy shakllarini qо‘llash, о‘qitishga zamonaviy yondashuvlar asosida 
shiddat bilan о‘zgarib borayotgan jamiyat talablariga mos ravishda ta’lim sifatini 
oshirish talab etilmoqda. 
Tarixdan bilamizki, XX asr boshlarida aksariyat davlatlarda maktab 
ta’limining maqsadlari odamlarni savodga о‘rgatish bо‘lgan va mazkur davrning 
birinchi yarmida yuz bergan, misol uchun, birinchi va ikkinchi jahon urushi, tabiat 
katalizmlari va ommaviy kasalliklar ta’lim sohasi taraqqiyotiga salbiy ta’sir qilgan.


XXI asrda maktab ta’limi maqsadlari о‘zgarib, о‘quvchilarda savodxonlik, 
kompetensiyalar va shaxsiy sifatlar/fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish 
ustuvorlik kasb etmoqda.
Masofaviy ta’lim texnologiyalari о‘ziga xos afzalliklarga ega. О‘quvchiga 
qulay sharoit va muhitda ta’lim olish, mustaqil dars qilish vaqti va yо‘nalishini 
tanlash (videodarslarni takror kо‘rish mumkin) imkonini beradi. 
Masalan, u kun bо‘yi turli fanlarni yoki bittasini, masalan, informatika va 
axborot texnologiyalari fanini о‘rganishi, darslikdagi ma’lumotlarni о‘qishi, biror 
mavzu bо‘yicha video taqdimotlarni tomosha qilishi, topshiriqlarni bajarishi, hatto 
kichik tajriba yoki tajribalar о‘tkazish, tajriba orqali о‘qigan bilimlarini о‘rganish 
(uy-rо‘zg‘orda kimyoviy jarayonlarni kuzatish) bilan shug‘ullanishi mumkin.
Dars qilishda ota-ona oila a’zolari kо‘magidan foydalanish, о‘zini erkin (notо‘g‘ri 
javob berib yoki vazifani notо‘g‘ri bajarib qо‘yish xavotiri bо‘lmaydi) his qilishi 
mumkin.
Maktabda bola о‘z faoliyatini baholashiga о‘rgangan, ya’ni u har doim uning 
natijalarini baholashini kutadi (о‘qituvchidan maqtov, tengdoshlarning olqishi 
kabi). 
Bunday 
fikrlash 
tarzini 
shakllantirish 
jarayonida 
bola 
о‘z 
muvaffaqiyatsizliklarini mag‘lubiyat deb biladi, agar vazifani bajara olmasa yoki 
dars mavzusini yaxshi tushunmasa, savodsiz kо‘rinishdan qо‘rqadi. Natijada, bola 
о‘qishga qiziqmay qо‘yadi, u о‘qishni faqat yaxshi baho olish, о‘qituvchi va ota-
onasi talabiga javob berish deb qabul qiladi. 
Turli ta’lim resurslaridan onlayn va mustaqil foydalanishda о‘zi uchun zarur 
sur’atni tanlaydi yoki ota-onasi bolaning shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqqan 
holda amalga oshiradi.
Masalan, о‘quv materialini о‘zlashtirish uchun kо‘p vaqt talab qiladigan 
sekin harakatlanadigan bolalar maktabda umuman hech narsa qila olmasliklari 
mumkin, ammo masofaviy ta’lim/maktabda ular tо‘liq namoyon bо‘ladi. Axir, bu 
yerda hech kim ularni baholamaydi, darsning tez tugashidan qо‘rqib, darslikdan 
yoki partadoshidan kо‘chirishga hojat qolmaydi.
О‘rta ta’lim bо‘yicha о‘quv dasturi barcha maktablar uchun bir xil bо‘lishiga 
qaramay, masofaviy о‘qitish ancha kam vaqt talab etadi. 
Maktabda dars belgilangan vaqt davom etadi (siz bilganingizdek, 45 daqiqa), 
agar о‘quvchi darsni о‘rgangan bо‘lsa va topshiriqni belgilangan muddatdan oldin 
bajargan bо‘lsa ham, u qо‘ng‘iroqni kutishga majbur bо‘ladi. Shuningdek, agar biz 
maktabga borish va aksincha (ayniqsa maktab uzoqda bо‘lsa) maktabdan qaytish 
uchun ketadigan vaqtni uyda boshqa mashg‘ulotlarga sarflash mumkin. 
О‘quvchi mustaqil ta’lim olishda о‘zini о‘zi boshqarish va о‘zini tarbiyalash 
kо‘nikmalari rivojlanadi, bunday muvaffaqiyat nafaqat maktab davrida, balki 
keyingi kasbiy faoliyatida va hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
О‘zini tartibga solish qobiliyati nafaqat о‘qish va ishlashda, balki kelajakda 
oilada, bolalarni tarbiyalashda, sevimli mashg‘ulotlarida, dо‘stlar va tanishlar bilan 
muloqotda ham zarurdir. 
Masofaviy ta’lim jarayoni ishtirokchilarining AKT foydalanish kо‘nikmalari 
rivojlanadi, axborot makoni, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash madaniyati oshadi. 


Masofaviy mustaqil ta’lim maktab ta’limiga mutloq muqobil emas, balki 
tо‘ldiruvchi sifatida samarali bо‘la oladi va ayrim kamchiliklardan ham holi emas. 
Jumladan, ota-ona tomonidan berilgan kо‘mak о‘qituvchi kо‘magidek professional 
bо‘lmasligi mumkin (ammo, masofaviy ta’limda shaxsiy omil muhim emas
о‘qituvchi bilan internetda aloqa о‘rnatishi mumkin).
О‘quvchining tengdoshlari bilan jonli muloqotda bо‘lishi, ya’ni 
ijtimoiylashuv imkoniyatlari cheklanib qoladi. Maktab о‘quvchilari uchun 
masofadan о‘qitishning asosiy kamchiligi, shubhasiz, jamiyatning a’zosi sifatida 
bolaning shaxsiyati shakllanadigan ijtimoiy muhitning yо‘qligi. Shu sababli, 
kelajakda, 
jamoada 
ishlashda 
qiyinchiliklar bо‘lishi, raqobat muhitida 
harakat qilish va mavjud sharoitlarga 
moslashish 
qobiliyati 
yetishmasligi 
mumkin.
Shuningdek, masofaviy ta’limda 
ota-ona bolaning ijobiy va salbiy 
hissiyotlari, 
о‘rganishni istamasligi, 
diqqatni jamlay olmaslik, mavzuni 
tushunmaslik, 
yomon 
kayfiyat, 
psixologik manipulyatsiyalar, masalan 
"kо‘zlarim kompyuterdan og‘riyapti", "men toza havodan nafas olmoqchiman", 
"siz qanday qilib tushuntirishni bilmayapsiz", " Men charchadim va uxlashni 
xohlayman " kabi holatlari kuzatilishi mumkin.
Ota-onalarning о‘zlari ham turli emotsional holatlarni boshidan kechiradi. 
Farzandlarining ta’lim-tarbiyaviy ehtiyojlari, yutuqlari, kuchli va zaif tomonlari 
haqida bilib oladi.
Ular ayrim paytlarda kuchsizlikdan umidsizlikka tushish va muvaffaqiyatdan 
xursand bо‘lish, zarur bо‘lsa tasalli berish, hayotiy tajribasi asosida dars berish, 
tushuntirish, bardoshli bо‘lish, qoyil qolish kabi psixologik holatlarni boshidan 
kechiradi. Bularsiz, afsuski, bolani о‘qitish texnik harakat bо‘lib qoladi, ya’ni 
tarbiyaviy ahamiyati yо‘qoladi. 
Masofaviy ta’lim jarayonida ota-onalar nazorati oqilona bо‘lishi, bolani 
majburlamaslik va unga bosim о‘tkazmaslik kerak (oddiy dangasalik va itoatsizlik 
bundan mustasno). Uning fe’l-atvori xususiyatlarini hisobga olish (ya’ni psixolog 
bо‘lish kerak), mustaqil ishlashga odatlantirish, u uchun vazifalarni bajarmaslik, 
aksincha, unga о‘z kashfiyotlarini qilish va undan zavqlanish imkoniyatini 
beradigan eng zarur narsalarga yordam berish lozim. 
Maktab о‘quvchilari uchun masofadan о‘qitish usullarining о‘ziga xosligi, 
innovatsionligi va dolzarbligini ta’kidlaydigan bir qator jihatlar mavjud, ayniqsa 
karantin davrida:

о‘quv jarayonining о‘qituvchi va о‘quvchining bevosita о‘zaro muloqotini 
talab qilmaydi;

asosan axborot almashinuvining elektron vositalari (videodarslar, elektron 
resurslar, о‘quv filmlari, virtual laboratoriyalar va b.) qо‘llaniladi;



muntazam interfaol ta’lim olish, epizodik emas va о‘quv faoliyati natijalari 
samaradorligi uchun katta mas’uliyat о‘quvchilar va ularning ota-onalariga 
yuklatiladi.
Hozirda, masofadan о‘qitish zarur chora sifatida qabul qilindi, ammo kelajakda 
u turli yoshdagi о‘quvchilar uchun qulay, rivojlantiruvchi va mustaqil masofaviy 
ta’lim olishning qо‘shimcha shakli bо‘lib qolishi shubhasiz. 
Xulosa qilinganda, masofaviy ta’lim quyidagi hollarda samarali natija beradi:
nogiron bolalar uchun;
ayrim ilg‘or maktablarda ta’lim olishni istaganlar, ammo hududning uzoqligi 
sababli yuqori malakali pedagogik yordamdan foydalanish imkoniyatiga ega 
bо‘lmaganlar;
qо‘shimcha ta’lim olish;
ta’lim faoliyatining individual sur’atlariga mos ravishda iqtidorli bolalar 
bilan ishlash;
kasallik va sabablar tufayli vaqtincha uyda ta’lim olish ehtiyoji mavjud 
bolalar uchun. 
О‘z о‘rnida, masofaviy ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish о‘qituvchi va ta’lim 
mutaxassislariga ham bir qator zamonaviy talablarni qо‘yadi: 
о‘z ustida mustaqil ishlash orqali kompetentlikni oshirishning eskicha 
yondashuvidan yangi, innovatsion yechimlariga о‘tish; 
о‘qituvchi 
о‘zining 
elektron 
kutubxonasini 
shakllantirishi, 
ya’ni raqamli axborot ta’lim 
resruslarini 
tо‘plash, 
saqlash, 
yangilash 
va 
о‘quvchilariga 
yetkazishga о‘rganish; 
kompyuter texnikasi, mahalliy 
tarmoq va internetga ulanish va 
ishlash imkoniyatlarini yaratish; 
didaktik, metodik va elektron 
ta’lim resurslardan (rasmiy ta’lim portallari va vebsaytlar) samarali foydalanish; 
ota onalar. hamkorlar va hamkasblar bilan elektron tarmoqdagi hamkorlikni yо‘lga 
qо‘yish kо‘nikmalariga ega bо‘lishlari zarur. 
Shuningdek, ayni paytda, о‘qituvchilarning AKT sohasidagi bilim va 
kompetensiyalarini 
rivojlantirish 
uchun 
qulay 
sharoit 
yaratish, 
ularda 
mediasavodxonlik va mediamadaniyatni oshirish zarurati oshmoqda.
О‘quv-tarbiya jarayonini о‘quv-metodik ta’minlash (virtual laboratoriya ishlari, 
ta’lim dasturlari, о‘quv-uslubiy materiallar va h.k.). 
Xulosa о‘rnida aytish mumkinki, masofaviy ta’lim muhiti zamonaviy 
axborot, telekommunikatsiya va vebtexnologiyalar imkoniyatlariga kо‘ra rang-
barangligi, kontentning barcha yoshdagi iste’molchilarga moslashtirilganligi bilan 
о‘ziga jalb etadi. Natijada, о‘quvchilarga karantin sharoitida mustaqil ta’lim 
olishga kо‘maklashish, elektron ta’lim resurslaridan samarali foydalanish, ularga 
yangiliklarni tezkor ravishda yetkazish imkonini berishi jarayon ishtirokchilarida 
qiziqishni kuchaytiradi. Foydalanishning oson va oddiyligi, yoshidan qat’i nazar 


barcha о‘quvchilar va ota-onalarga masofadan turib yordam berish imkonini 
ta’minlaydi. 
Masofaviy ta`limda foydalaniladigan ilovalar 

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish