Hozirgi vaqtda asosan rangli monitorlardan foydalaniladi. Monoxrom (ikki rangli)
monitorlardan maxsus elektron qurilmalarda va zarur holatlardagina foydalaniladi.
Monitorlarning asosiy parametrlaridan biri diagonal o‘lchami bo‘lib, uni dyuymlarda
keltiriladi. Hozirgi vaqtda 15 dyuym (15’’) dan 21 dyuymgacha o‘lchamdagi monitorlar mavjud.
Oddiy foydalanuvchilar uchun 17 dyuymli monitorlarda ishlash yetarli bo‘lsa, nashriyot va
konstruktorlik ishlarini bajarishda qimmat bo‘lishiga qaramasdan 21 dyuymli monitor-lardan
foydalanish zaruriyati mavjud.
Monitorning ikkinchi parametri bir xil rang lyuminafor (rang beruvchi) nuqtalari markazi
orasidagi masofa bo‘lib, bu masofa qanchalik kichkina bo‘lsa, tasvir shunchalik ravshan
bo‘ladi. Sifatli monitorlarda bu masofa 0,21–0,26 mm, o‘rta klassdagi monitorlarda 0,28 mm va
past sifatli monitorlarda 0,31–0,39 mm oralig‘ida bo‘ladi.
Monitorlarning sifatini belgilovchi parametrlardan yana biri uning imkoniyat darajasi
bo‘lib, u ekrandagi tasvirni shakllan-tiruvchi gorizontal va vertikal nuqtalar soni bilan
aniqlanadi. Masalan, oddiy 15 dyuymli monitorlarda imkoniyat darajasi 1024x768, ya’ni
gorizontali bo‘yicha 1024 ta va vertikali bo‘yicha 768 ta nuqta bo‘lishi, 17 dyuymli
monitorlarning imkoniyat darajasi 1280x1024 bo‘lishi, 21 dyuymli monitorlarda 1600x1200
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Aksariyat grafik axborotlar bilan ishlovchilarga imkoniyat
darajasi yuqori monitorlardan va videokontrolleri kuchli bo‘lgan kompyuter-lardan foydalanish
tavsiya etiladi.
Yuqorida aytilgandek, monitor ekraniga tasvir videokon-troller (videoadapter) deb
nomlanuvchi elektron qurilmada shakllantiriladi va chiqariladi. Videokontroller odatda tizimli
plataga o‘rnatiladi. Integrallashgan tizimli platalarda videokon-troller uning tarkibiga kiritilgan
bo‘ladi. Videokontroller chiqaradigan tasvirni ekranga mos ravishda turli imkoniyat darajasida
shakllantiradi (1024x768, 280x1024 yoki 1600x1200). Ekranga chiqadigan tasvirlar
videokontrollerdagi videoxotirada saqlanadi. hozirgi vaqtda videoxotiralarning axborot sig‘imi
512 MB yoki 1 GB bo‘lib, ekranga tasvir chiqarishda 16,8 mln. xil turdagi biri-biridan farq
qiladigan ranglarni chiqarish imkoniyatini beradi.
Zamonaviy grafik adapterlar (ATI, nVidia) odatda ikkita va undan ortiq videokontrollerga
ega, ular bir biriga bog‗liq bo‗lmagan ravishda hamda har biri bir vaqtda bir yoki bir nechta
displeyni boshqarib turishi mumkin.
Printerlar. Printer chop etish qurilmasi bo‘lib, kompyuter-dagi axborotni qog‘ozga
chiqarish uchun mo‘ljallangan. Printer-ga nafaqat matn ko‘rinishidagi, balki rasm va grafik
axborotlarni ham chiqarsa bo‘ladi. Kompyuter bilan ishlovchi printerlar odatda quyidagi uch xil
ko‘rinishda bo‘ladi.
Matritsali printerlar. Bu printerlar ko‘p tarqalgan bo‘lib, ularni ignali printerlar deb ham
yuritishadi. Hozirgi vaqtda bu printerlarni tomchili va lazer printerlari siqib chiqarmoqda.
Bunga asosiy sabab, birinchidan, matritsali printerlarda chop etilgan mahsulot sifati yuqorida
qayd etilgan printerlarnikidan yuqori emasligi bo‘lsa, ikkinchidan, tezligi past va faqat oq-qora
ko‘rinishda chop etadi. Shunga qaramasdan bu printerlarning ekspluatatsiyasi juda arzonligi
hamda ularning aksariyati eni keng (420 mm) A3 formatli qog‘ozga mo‘ljallanganligi sababli
ulardan hozirgi vaqtgacha foydalanib kelinmoqda.
Tomchili (struynыe) printerlar. Printerlarning bu turidan hozirgi vaqtda keng
foydalanilmoqda. Bu printerlar asosan rangli bo‘lib, ularda chop etilgan mahsulotning sifati
matritsali printerlarnikiga qaraganda ancha yaxshi. Tomchili printerlarning tezliga chop etish
rejimi va chop etilayotgan tasvirga juda ham bog‘liq bo‘lib, bir betni chop etishga 20 sekunddan
bir necha minutgacha vaqt ketishi mumkin. Tomchili printerlarning aksariyati A4 (210x297mm)
qog‘ozga mo‘ljallangan bo‘ladi. Chop etiladigan tasvirning sifati ishlatiladigan qog‘ozning
turiga ham bog‘liq bo‘lib, oddiy qog‘ozga qaraganda tomchili printerlar uchun mo‘ljallangan
maxsus qog‘ozdan foydalanganda, chop etilgan tasvir sifat jihatdan yuqori bo‘ladi.
Lazer printerlari. Lazer printerlari o‘zining tezligi va chop etish sifati bilan
boshqa printerlardan ustun turadi. Chop etish sifati asosan har bir dyuym kvadratga tushadigan
nuqtalar soniga yoki boshqacha aytganda imkon darajasiga bog‘liqdir. Masalan imkon, darajasi
600 bo‘lganda chop etish sifati uncha yuqori bo‘lmasa-da, ish yuritish hujjatlarini chop etishda
bemalol foydalanish mumkin. Imkoniyat darajasi yuqori (bir dyuym kvadratga 1200 yoki 1800 ta
nuqta) bo‘lgan printerlarda hujjat va tasvirlarning sifatini yuqori qilib chop etish mumkin. Lazer
printerlarining aksariyati alohida varoqlik A4 formatli qog‘ozga chop etishga mo‘ljallangan.
Printerlar ichida rangli lazer printer-lari alohida o‘rin egallab, ular boshqa printerlarga
qaraganda ancha qimmat turadi. Bu printerlarning ekspluatatsiyasi ham arzon emas. Shuning
uchun rangli lazer printerlaridan nufuzli hujjatlarni, rangli tasvirlarni chop etishda hamda
nashriyot ishlarida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |