«Начните работу с нажатия этой
кнопки»
(―Ishni shu tugmachani bosishdan boshlang‖) degan yozuv chiqadi. So‗ngra
sichqonchaning chap tugmachasi (keyin-chalik «sichqoncha tugmachasi») bosilganda ekranda
bosh menyu ko‗rinadi. Bu amalni klaviaturadan
Ctrl+Esc
tugmacha-lar kombinatsiyasini bosib
bajarsa ham bo‗ladi. Bosh menyu va uning bandlarining vazifalari 2.3-rasmda keltirilgan.
2.3-rasm.
«Пуск» menyusidagi bandlarning vazifalari.
e)
Til indikatori
–
ham masalalar panelida joylashgan bo‗lib, uning yordamida joriy
alifboni tanlash mumkin. Bu piktogrammaga sichqoncha ko‗rsatkichi keltirilib tugmachasi
bosilganda kompyuterga o‗rnatilgan tillar ro‗yxati (menyusi) quyidagi ko‗rinishda chiqadi:
Bu menyudan kerakli til tanlanib, joriy qilinadi, ya‘ni menyuning kerakli bandida
sichqoncha tugmachasi bosiladi. Boshqa til o‗tilganda til indikatoridagi belgi ham mos ravishda
o‗zgaradi.
f)
Vaqt indikatori
– joriy vaqtni ko‗rsatib turish uchun xizmat qiladi. Agar unga sichqoncha
ko‗rsatkichi keltirilsa, uning yuqori qismida joriy sanani ko‗rish mumkin.
Masalalar panelida yuqorida keltirilgan belgilar bilan birgalikda
ko‗rinishdagi
piktogramma ham mavjud bo‗lib, unda sichqonchaning chap tugmachasi bosilganda ekrandagi
bar-cha ochilgan darchalar yig‗ilib, masalalar paneliga (piktogramma ko‗rinishida) tushirib
qo‗yiladi.
Bulardan tashqari, qulaylik uchun masalalar paneliga foydalanuvchi o‗zining xohishiga
qarab boshqa obyektlarning ham piktogrammalarini qo‗yishi mumkin. Masalan, tovush
dinamigini sozlash, elektron pochta, antivirus dasturlari va h.k.
Windows 7 operatsion tizimini
Windows 7 operatsion tizimi 2009-yilda ishlab chiqarilgan
bo'lib sotuvga 2010-yilning 22-oktabrida chiqarilgan.
U dizayn buyicha Windows VISTAdan va tezlik buyicha Windows XP dan o'zib ketdi. "7" soni
Microsoft Windows korporatsiyasini yangi Operatsion tizimi ekanligini bildiradi. Windows 7 ni
o'rnatish haqida gapiradigan bo'lsak ushbu maqolani printerdan chiqarib olib qo'llanma sifatida
ishlatishingiz tavsiya qilinadi.
Texnik talablari:
Xar qanday dasturni kompyuteringizga o'rnatishdan oldin uning texnik
talablari bilan tanishib chiqishingizni maslaxat bergan bo'lardim. Bu ayniqsa OT o'rnatguncha
muhim ahamiyatga ega. Windows 7 OT ni to'liq talablari bilan mana bu yerda tanishishingiz
mumkin.
Qisqacha (odatdagi) talablar:
x32 yoki X64 razryadli protsessor. Ish chastotasi 1 Gigagers (1GHh) yoki undan yuqori;
1GB (x32 uchun) yoki 2 GB (x64 uchun) operativ xotira (OZU);
16 GB (x32 uchun) yoki 20 GB (x64 uchun) vinchesterda bo'sh joy;
Videokarta DirectX 9 WDDM 1.0 versiyasi bilan yoki undan yuqori.