IV. Mustahkamlash
4.3. Timer obyektini ikki marta bosib, uning protsedurasiga quyidagi
operatorlarni kiriting:
. procedure TForm1.Timer1Timer(Sender: TObject);
begin
i:=i+1;
if i mod 12 =1 then
begin light_off;
canvas.brush.Color:=clRed;
canvas.Ellipse(20,20,70,70);
end;
if i mod 6 =0 then
begin light_off;
canvas.brush.Color:=clYellow;
canvas.Ellipse(80,20,130,70);end;
if i mod 12 =7 then
begin light_off;
canvas.brush.Color:=clGreen;
canvas.Ellipse(140,20,190,70);
end; end;
4.4. Bu protseduradan oldin light_off protsedurasini kiriting:
procedure light_off;
begin
form1.canvas.brush.Color:=clBlue;
form1.canvas.Rectangle(10,10,200,80);
form1.canvas.brush.Color:=clGray;
form1.canvas.Ellipse(20,20,70,70);
form1.canvas.Ellipse(80,20,130,70);
form1.canvas.Ellipse(140,20,190,70);
end;
4.5. Ilovani ishga tushirib, uning ishini kuzating:
20-MAVZU: “Parol kiritish oynasi” loyixasi: Edit komponenti
Reja:
Ilovaga matn kiritish
Edit komponenti
1. Ilovaga matn satrini kiritish. Edit boshqarish obyekti va uningxossalari. Har qanday ilova ma’lumotlarni chiqarishi bilan birga unga ma’lumotlarni kiritish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Delphi muhitida buning eng sodda usuli ilova oynasiga Edit (Kiritish maydonchasi) boshqarish obyektini kiritishdir. Bu obyekt boshqarish obyektlarining standart panelida oltinchi bo‘lib joylashgan va uning yorlig‘i .Bu obyektning ko‘plab xossalari ilova oynasi obyekti Formniki kabi. Unda ham Left, Top, Width, Height xossalari bor. Unda Caption xossasi yo‘q. Shuning uchun u odatda Label obyekti bilan birga ishlatiladi. Uning asosiy xossasi Text (Matn) bo‘lib, unga kiritilgan matn satri shu xossada saqlanadi. Agar bu xossaga biron bir matn satri qiymatini bersak, bu satr uning kiritish maydonchasida aks etadi.
2. Edit boshqarish obyektining boshqa xossalari. Edit obyektining yana bir foydali xossasi MaxLength deb ataladi. Uning yordamida maydonchaga kiritiladigan matn satri uzunligini chegaralash mumkin. Masalan, maydonchaga o‘quvchining tug‘ilgan yili kiritilishi kerak bo‘lsa, MaxLengthni 4 ga teng qilib olish ko‘p hollarda unga adashib boshqa ma’lumotlarni kiritib yuborishning oldini oladi. Edit obyektining yana bir foydali xossasi Font bo‘lib, uning yordamida maydonchaga kiritiladigan matn uchun shriftni, shrift o‘lchami, rangi va shriftning yana bir qator xossalarini o‘rnatish mumkin.
3. Foydalanuvchini qutlash ilovasi. Ilovada foydalanuvchi o‘z nomini va hamma uchun umumiy bo‘lgan parol: “12345” ni kiritishi kerak bo‘lsin. Buning uchun Delphida yangi ilova yaratamiz va uning oynasiga ikkita Label, uchta Edit, bitta Button obyektini kiritamiz. Ularning xossalarini obyekt inspektori (Object Inspector)da quyidagicha o‘zgartiramiz:
Form1.Caption:=’Oltinchiilova’;Label1.Caption:=’’;
Label2.Caption:=’’;Button1.Caption:=’OK’;
Edit1.Text:=’’;Edit2.Text:=’’;Edit3.Text:=’’;
Edit2.Passwordchar:=#42;Edit3.ReadOnly:=True;
Do'stlaringiz bilan baham: |