16-MAVZU: Delphi dasturlash tilida obektlar haqida
Asosiy tushunchalar:
Delphi (talaff. délfi) — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bo'lgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob’yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi.
Maqsad platformasi[tahrir]
Avvaldan ushbu dasturlash muhiti faqatgina Microsoft Windows Operatsiyon tizimi uchun dasturlar yaratishga mo'ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix tizimlari uchun moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 versiyasidan so'ng ishlab chiqarish to'xtatildi, ko'p o'tmay esa Microsoft.NET tizimini qo'llab quvvatlashi to'g'risida e'lon qilindi.
Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili Delphi dasturlash muhitida GNU/Linux, Mac OS X va Windows CE platformalari uchun dasturlar yaratishga imkon beradi.
Dasturlash tili tarixi[tahrir]
Delphi — Paskal dasturlash tilining rivojlangan davomchisi boʻlmish Turbo Paskal tilining rivojlanishi natijasi hisoblanadi. Paskal tilida butunlay Proceduralar yordamida dasturlar tuzilgan. Turbo Paskal 5.5-sonidan boshlab obyektga moʻljallangan xususiyatlarni qoʻshdi, delphi — obyektga moʻljallangan dasturlash tili esa Introspekiyani, yaʼni metodli klasslari xususiyatlari hamda ulardan tashkil topuvchilarining kompilyatsiya kodi tarkibiga qoʻshdi.
17-MAVZU: “Qisqa xabar” oynasini hosil qilish: ShowMessage.
Reja:
Boshqarish tugmasi
“Qisqa xabar” oynasini hosil qilish:
ShowMessage obyekti
1. Ilova oynasiga boshqarish tugmasini joylash. Oldingi darsdagi birinchi ilovamiz hech qanday vazifani bajarmaydi. Endi bu kamchilikni bartaraf qilamiz.
Yangi ilova yaratamiz va uning o‘lchamlarini 225 ga 400 qilib o‘rnatamiz. Sarlavhasini esa ikkinchi dastur deb o‘zgartiramiz. Ilova oynasiga boshqarish obyekti: boshqarish tugmasini o‘rnatamiz.
2. Boshqarish tugmasining xossalarini o‘rnatish. Ilova oynasining xossalari bo‘lgani kabi unga joylangan boshqarish tugmasining ham o‘z xossalari bor. Ularni ham o‘zgartirish mumkin. Bu ikki obyektning ko‘pgina xossalari bir xil vazifani bajarishi bu ishni ancha osonlashtiradi. Dastlab boshqarish tugmasi: Button1ni uning ustida sichqonchaning chap tugmasini keltirib tanlab olamiz. Obyektlar dispetcheri (Object TreeView) da Button1 ajralib turadi va Obyekt inspektori (Object Inspector) oynasida Button1 obyektining xossalari ro‘yxati paydo bo‘ladi. Unda dastlab Caption xossasida tugmaning sarlavhasini ‘++’ ga o‘zgartiramiz.
3. Boshqarish tugmasiga hodisalarni bog‘lash. Button1 tugmasi ilovada biron bir vazifani bajarishi kerak. Uni bosganimizda ilova o‘z oynasining o‘lchamlarini 16 va 9 ga kattalashtirsin.
Bajarish. Topshiriqni bajarish bu tugmani ikki marta bosishdan boshlanadi. Natijada ekranda dastur kodi oynasi paydo bo‘ladi. uning kursor turgan joyiga
Do'stlaringiz bilan baham: |