Quyi darajadagi kiritish va chiqarish. Quyi darajadagi kiritish va chiqarish funtsiyalari operatsion tizim imkoniyatlaridan to`g`ridan - to`g`ri foydalanishga imkon beradi. Bu holda buferlash va formatlash bajarilmaydi. Faylni quyi darajadagi ochishda fayl bilan fayl (oqim) ko`rsatkichi emas, deskriptor bog`lanadi. Fayl deskriptori fayl ochilganligi to`g`risidagi ma`lumotni operatsion tizim ichki jadvallariga joylashtiruvini belgilovchi butun sondir. Quyi darajadagi
funksiyalar dasturga iostream.h kutubxonasini qo`shishni talab qilmaydi. Lekin bu kutubxona fayllar bilan ishlashda foydali bo`lgan ba`zi o`zgarmaslar (misol uchun fayl yakuni belgisi EOF) ta`rifini o`z ichiga oladi. Bu konstantalarda foydalanganda iostream.h dasturga qo`shilishi zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |