4.5-jadval. Shartli mulohaza.
Ekvivalеntlik mulohazalari «agar va faqat agar ... unda» mantiqiy bog`lovchisi yordamida ikki oddiy mulohazaning o`zaro bog`lanishidan hosil bo`ladi. Tabiiy tilda ekvivalеntlik mulohazasi shartli mulohaza ko`rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli mulohazaning ekvivalеnt mulohaza ekanligini aniqlash zarur bo`ladi. Agar shartli mulohazaning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va yеtarli shart hisoblansa, unda bu mulohaza ekvivalеnt mulohaza bo`ladi. Masalan, «Agar bеrilgan butun son juft son bo`lsa, unda u ikkiga qoldiqsiz bo`linadi».
Ekvivalеnt mulohazaning mantiqiy bog`lovchisi () simvoli, ya`ni (moddiy) ekvivalеntlik bеlgisi bilan ifodalanadi. Ekvivalеnt mulohazaning chin bo`lish shartlari quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |